Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishsiz yurgan top murabbiylar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yangi mavsumga tayyorgarlik asta-sekin boshlanmoqda. Klublar tarkibni sifatli futbolchilar bilan to‘ldirish uchun transfer bozorida faol ishlamoqda. Lekin nafaqat futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolangan. “Manchester Yunayted”, “Ayaks”, “Marsel”, “PSJ” va boshqa klublarga yangi murabbiylar tayinlandi. Keling hozirda ishsiz yugan top murabbiy haqida gaplashamiz.

Zinedin Zidan

"Real Madrid" hamon mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi yagona klub bo‘lib qolmoqda. “Qaymoqranglilar”ning boshqaruvida Zidan shu qadar yuqori shaxsiy natijani o‘rnatdiki, va u bir yildan ortiq jamoasiz yuribdi. Darhaqiqat, Chempionlar ligasida ketma-ket 3 marta g‘olib chiqqan murabbiy har bir taklifni qabul qilmaydi. Turli vaqtlarda fransuz murabbiyi "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "PSJ" bilan bog‘langan, ammo u hali ham ishsiz qolmoqda. Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish istagini yashirmayapti, ammo Didye Desham jahon chempionatidan keyin o‘z o‘rnini bo‘shatishi aniq emas.

Rafael Benites

Zidandan farqli o‘laroq, Benites klublarni tanlab o‘tirmaydi. Mutaxassis hatto Xitoyda ishlashga ham ulgurdi. Tajribali ispaniyalikning so‘nggi klubi “Everton” bo‘lib, u yanvarda klubni tark etgan. Frenk Lempard jamoa uchun to‘g‘ri murabbiy yoki yo‘qligini aytish hali ham qiyin. Mutaxassis hech bo‘lmaganda jamoani Premer-ligada saqlab qoldi va bu muhim natija. Benitesga kelsak, u hali biror klub bilan bog‘lanmadi. Ammo “Liverpul” boshchiligida 350 ta o‘yin o‘tkazib, Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan mutaxassis uzoq vaqt ishsiz qolmaydi, degan umiddamiz.

Yoaxim Lyov

Lyov 2004 yildan beri klub darajasida ishlamadi. Mutaxassis 15 yil davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan va u bilan jahon chempioni bo‘lgan. Nemis deyarli bir yildan beri ishsiz. Ajablanarlisi shundaki, bu vaqt ichida u top-klublar bilan aloqaga chiqmadi. Eng ko‘p tilga olingan jamoa esa “Fenerbaxche” bo‘ldi. Ammo bunday malakali murabbiyga ishlash uchun bu joy mos kelmaydi. Lyovning o‘zi avvalroq faoliyatini hali yakunlamoqchi emasligini ma’lum qilgandi. Demak, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozini Bundesteamda bo‘lmasa ham ishda yana ko‘rish imkoniyati bor.

Maurisio Pochettino

O‘tgan mavsum davomida Pochettinoning kelajagi muhokama qilindi. Shunga qaramay, mutaxassis “PSJ”dan chetlatildi. Parijliklar uning o‘rniga Kristof Galtiyeni tayinlashdi. Argentinalikning qanchalik tez ishga qaytishini oldindan aytish qiyin. Fransiya poytaxtidagi davr uning uchun oson kechmadi, ammo shartnomani muddatidan oldin bekor qilganlik uchun tovon puli munosib bo‘lishi kerak. Hatto Pochettino “PSJ”dagi davrida ham u APLga qaytishni istayotgani xabar qilingandi. Premyer-ligada hali hech qanday menejer iste’folari yo‘q, lekin Angliyada vaziyat tezda o‘zgarishi mumkin, ayniqsa murabbiylar uchun.

Marselo Byelsa

Byelsa ham mart oyidan beri dam olmoqda. O‘tgan mavsum davomida mutaxassis APLdan tushib ketish arafasida turgan "Lids"ni tark etdi. "Oqlar"ga o‘zgarish kerak edi. Ammo, bunday ajralishga qaramay, argentinalik uzoq vaqt davomida klub tarixida qoladi. Uning rahbarligida jamoa 16 yil ichida ilk bor Premyer-ligaga chiqdi. Mutaxassis Yorkshirning ko‘p qismida hamon qahramon bo‘lib qolmoqda, ammo menejerning klublar bilan tarixi ertami-kechmi tugaydi. Byelsaning "Lids" bilan faoliyati 170 dan ortiq o‘yindan iborat bo‘ldi. Argentinalik murabbiy 66 yoshda, ammo u hali faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamaydi. Bundan tashqari, u allaqachon yangi klub izlamoqda. “Atletik”ga qaytish varianti bor edi, ammo bu ish bermadi. Bu murabbiyni dunyoning istalgan nuqtasida ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 14:59, 13.07.2022. O'qildi: 7253 marta. Fikrlar: 25 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик