Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Mes» — Lyuksemburg futboli tayanchi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu yil Liga 1da o‘z o‘rnini saqlab qololmagan «Mes» klubi va Lyuksemburg o‘rtasida uzoq yillik mustahkam aloqa borligini bilasizmi?

Qiziq, kamtarin klub va mamlakatni nima o‘zaro bog‘lab turadi? Qalin rishtaning asosi nima? Lyuksemburg milliy jamoasi tarkibidagi har uch futbolchining biri qanaqasiga «Mes» safidan joy olgan? Miralem Pyanichning bu hamkorlikka qanday daxli bor? Sports.ru saytining quyidagi maqolasidan ana shu qiziqarli savollarga javob topish mumkin.

ENG SHINAM VA QULAY MASKANI

Mes - 120 ming aholisi bor mo‘’jazgina va xushmanzara shaharcha. Uning asosiy ustun tomoni - geografik joylashuvi: Germaniya, Belgiya va Lyuksemburgga  avtomobilda atigi 1 soatda borish imkoni bor. Qolaversa, Mesni Shveysariya yoki Niderlandiya chegaralaridan bor-yo‘g‘i 3 soatlik yo‘l ajratib turadi. Xullas, lyuksemburglik tarbiyalanuvchilar to‘rt atrofdagi mamlakatlarga borib, rang-barang uslublarni o‘rganish, turli futbol maktablarida tahsil olayotgan bolalar bilan kuch sinashib ko‘rish imkoniyatiga egalar. «Mes» klubi akademiyasi esa dunyo bo‘ylab noyob iqtidorlarni qidirib topish hadisini o‘zlashtirgan. Deylik, jamoa Senegal, Xitoy, Hindiston, Singapur va Kanadada o‘z filiallarini ochishga ulgurgan. Sadio Mane - «Mes» akademiyasining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri. Fransiya jamoasi murabbiylik kurslari va filiallar tarbiyalanuvchilari uchun yig‘inlar tashkil etish asnosida faoliyatini tobora kengaytirmoqda. 

18 yoshli lyuksemburgliklar - «Mes»ning ishongan «tog‘lari». Ular uchun akademiyaning o‘zida bir necha bosqichli mashg‘ulotlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan:

8-9 yoshli bolalar uchun - haftada 2 mahal mashg‘ulot, yengil yuklama, 1-2ta nazorat o‘yini;

10 yoshli bolalar uchun - haftada 3 mahal mashg‘ulot, sal ko‘proq yuklama, yuqori bos­qichga o‘tish tayyorgarligi;

11-13 yoshli bolalar uchun - haftada 4-5 mahal mashg‘ulot, turnirlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari, maktab darsliklarni o‘zlashtirish darajasi monitoringi, ota-onalar bilan muloqot (bu yosh toifalarida xorijliklar yo‘q hisobi, lekin o‘ta noyob iqtidor sanalgan 12 yoshli Vensan Till Lyuksemburgdan jalb etilgan);

14-15 yoshli bolalar uchun - Fransiya sharqi va Lyuksemburgda ko‘riklar, tizimli das­tur asosida ish;

15-18 yoshli bolalar uchun - jiddiy tayyorgarlik jarayoni, haftasiga 5-7 mahal mashg‘ulot, U-17- U-19 toifasida mahalliy musobaqalar, haftalik tibbiy ko‘riklar (aynan shu yosh guruhida Lyuksemburgda topilgan iqtidor sohiblari ko‘p, chunki klub skautlari qo‘shni mamlakatda asosan aynan katta futbolga yaqinlashgan yigitlarni kuzatishadi;

Akademiya tarbiyalanuvchilari umumta’lim maktablarida to‘liq saboq oladilar, rahbariyat bolalarning hayotdan, reallikdan ajralib qolishlarini istamaydi. «Mes» 2015 yili yotoqxona binolari, maydonlarni ta’mirlash va akademiya texnik imkoniyatini oshirishga katta sarmoya sarfladi. Bunda ayniqsa, katta guruhga e’tibor kuchli. Chunonchi, 19-20 yosh toi­fasi tarbiyalanuvchilar uchun professional futbolga qadam tashlash bosqichi hisoblanadi. Umuman, filiallarda shug‘ullanayotgan tarbiyalanuvchilar ham ayni shu yoshda «Mes» tizimiga qo‘shiladilar. Ma’lum muddatdan keyin eng sara bitiruvchilar Fransiya chempionati 4-ligasida o‘ynaydigan «Mes-B» jamoasiga yo‘llanma oladilar. Tanlovdan o‘tolmaganlar yoki talabga javob berolmaganlar esa sport ixtisosligi bo‘yicha shahar universitetida o‘qish imtiyoziga ega bo‘ladilar. Katta futbolga Rober Pires, Lui Saa, Emmanuel Adebayor, Maksvell Korne, Miralem Pyanich, Kalidu Kulibali va Sadio Mane kabi yulduzlarni tortiq etgan «Mes» akademiyasi ayni payt Yevropadagi tayyorlov markazlari orasida yetakchi 10talikda bormoqda. Xususan, Papiss Sisse va Rigober Songni ham Yevropaga «Mes» skautlari olib kelishgan. Frank Riberi esa faoliyatidagi shiddatli parvozni shu jamoada boshlagan.

 

«MES» - LYUKSEMBURG RISHTALARI

Ikkinchi jahon urushidan keyingi 77 yilni olsak, «Mes»ning asosiy tarkibida 17 nafar lyuksemburglik futbolchi to‘p surdi. Ulardan 4 nafari (Gyustav Kemp, Fernand Jeyts, Jeff Shtrasser va buyuk Niko Braun) klub tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Gyustav Kemp - «gol mashinasi». Qanot vakili hisoblangan bu futbolchi 1946-1948 yillarda 35 o‘lchamli mitti oyoqlarining zambarak zarbalari bilan 57ta gol urgandi. Afsuski, Gyustav 1948 yilning aprel oyida ro‘y bergan avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Fernand Jeyts - 10 yillik faoliyatining naq yarmini sardorlik bog‘ichida o‘tkazgan, «Mes» sharafini 359ta o‘yinda munosib himoya qilgan futbolchi. Jeff Shtrasser klubdagi 6 yillik faoliyatida Fransiya chempio­nati kumush medaliga sazovor bo‘lgan va o‘z davrining bosh­qa sensasiyasi - «Kayzerslautern»ga yo‘l olgan. U Bundesligadagi uzoq faoliyatdan keyin «Mes»ga qaytib, muhim futbolchilar safidan joy olgandi. Niko Braun - «Mes»­ning tirik afsonasi, jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘p­urar (193ta o‘yinda 108ta gol), Lyuksemburg futbolidagi eng nufuzli shaxs.

Aslida «Mes» va Lyuksemburg futbol federasiyasi hech qachon qandaydir rasmiy hujjatlar asosida hamkorlik yuritgan emas. Braunning so‘zlariga qaraganda, lyuksemburglik yosh iqtidorlarning Fransiyaga talpinishlari - tabiiy hol. Ular uchun «Mes» orqali professional futbolga qadam qo‘yish eng maqbul variant hisoblanadi. Bundan 10 yilcha avval Lyuksemburg milliy jamoasi safida atigi 1 nafar professional futbol bor edi. Hozir jamoaning barcha a’zolari shunday maqomga egalar, bir qator o‘yinchilar Bundesligada to‘p surishmoqda, Sebastyen Til esa CHLda, yana «Bernabeu»da «Real» darvozasini ishg‘ol qildi. Savol tug‘iladi: Lyuksemburg futbolining rivojlanishida «Mes»ning ulushi nechog‘li katta? Jamoa ta’siri juda kuchli! Raqamlarda aytsak, hozirgi terma jamoada «Mes» tizimida shug‘ullangan kamida 7 nafar futbolchi bor. 

Lyuksemburgda futbol saviyasining ko‘tarilishida sobiq Yugoslaviyadan kelgan migrant­lar ta’siri ham sezilarli, albatta. Jumladan, urush dahshatlaridan uzoqroq yurishni lozim topgan Pyanichlar oilasi ham aynan shu mo‘’jaz yurt­dan qo‘nim topgandi. Futbol bilan yarim professional maqomida shug‘ullangan oila boshlig‘i o‘g‘liga yoshligidan to‘g‘ri saboq bergani ortidan u boshidan tengdoshlari davrasida yaqqol ajralib turardi. Miralem 13 yoshda aynan «Mes» tizimiga o‘tganini aytish o‘rinli. Eslatma, Pyanich 16 yoshda terma jamoadan chorlov olgandi. 

 

HOZIRGI HOLAT

Lyuksemburg yoshlar futbolining hozirgi darajasi qanday? Iqtidorlar hamon «Mes»ga alohida ishtiyoq bilan intilishyaptimi? 2022 yili klubning asosiy tarkibida ham, o‘rinsobarlar safida ham lyuksemburglik futbolchi qolmadi. Bu normal holat. Chunki Leandro Barreyro («Mayns»ning yetakchi o‘yinchisi, terma jamoaning eng qimmatbaho a’zosi) parvozidan ilhomlangan Germaniya klublari lyuksemburg­lik iqtidorlar uchun kurashda «Mes» bilan raqobatlasha boshladi. Qisqasi, iste’dodli o‘smirlar qayergadir g‘oyib bo‘lishmagan, shunchaki, ularning oqimi ikki o‘zanga bo‘lindi. Lyuksemburg U-17 termasi mart oyida angliyalik o‘smirlarni 2:0 hisobida mahv etdi, o‘tgan yili esa Belgiya jamoasi ustidan g‘alaba qozongandi. Hozirda Lyuksemburg o‘smirlar termasining ikki vakili «Mes» tizimida shug‘ullanmoqda, «Rasing Yunion» (Lyuksemburgdagi yosh iqtidorlar konveyeri) esa yangi guruhni Fransiya safariga tayyorlamoqda.

I.YUSUFJONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:30, 15.07.2022. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.