Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Elitadan 7-divizionga... yoxud g‘aroyib sayohat

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2009 yilda Ben Grinxal Sky One kanalining «Porlayotgan futbol yulduzi» nomli yangi realiti-shouda ishtirok etish huquqini beruvchi tanlovda g‘olib chiqqan va Milanning «Inter» klubi bilan orzu kontraktini imzolagandi.

O‘shanda 17 yoshli yigitcha 2000 nafar futbolchini ortda qoldirib, Mourinyo jamoasi bilan 6 oylik kelishuvni rasmiylashtirgandi. Keyinroq jamoa Grinxalga yana bitta bir yillik shartnomani taklif etgan, u dastlabki kelishuv muddati nihoyasiga yetganidan keyin kuchga kiradigan va «Komo»dagi 4 oylik ijara bilan boshlanishi kerak edi.

Grinxal «Komo» tarkibidagi 12 uchrashuvda 8ta gol urdi, ammo «Inter» 2011 yilda u bilan shartnoma muddatini uzaytirmadi. Chunki futbolchi asosiy jamoaga chiqa olmadi.

Garchi Grinxal asosiy jamoa tarkibida maydonga tushmagan bo‘lsada, Italiyadan YECHLning g‘oliblik medali bilan qaytdi. Boisi, 2010 yilda «Bavariya» bilan bo‘lgan finalning safar uchrashuvida u qaydnomadan joy olgandi.

Ben Angliyaning «Uelling Yunayted» klubiga qaytgach, yana ber necha jamoalarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi. Nihoyat, 7-divizion vakili bo‘lgan «Kent» jamoasiga o‘ynovchi murabbiy sifatida yo‘l oldi.

Yashil maydon tashqarisidagi faoliyatida futbolchi reklamada Ronalduning dublyori vazifasini ado etgan davrlar ham bo‘ldi.

«16 yoshli paytimda ikki marta reklama roliklarida ishtirok etdim», - degandi Grinxal 2020 yildagi interv­yusida. «Ulg‘aygach, Krishtianudek harakatlanadigan bo‘lib qoldim. Men fintlarni o‘rganishni yaxshi ko‘radigan hujumchi edim. Ko‘pchilikning fikricha, unga taqlid qilishga intilgan va oz bo‘lsada, o‘xshata olganman».

Grinxal shuningdek, «Chelsi»ning sobiq hujumchisi Diyego Kostaning o‘xshashi bo‘lishga ham urinib ko‘rgan va u maydonda va uning tashqarisida o‘ta betayin yigit ekanligini ta’kidlagandi: «Bunaqa odamni hech qachon ko‘rgan emasman. U xuddi ulkan gavdaga jo bo‘lgan mitti bolakayni eslatadi. Menimcha, aynan shu sababli «Chelsi» u bilan aloqani uzdi, Konte uni o‘z izmiga bo‘ysindira olmadi».

Hozir o‘ttizga chiqqan Grinxal murabbiylik kasbini qunt bilan o‘rganmoqda. Shuningdek, u «Inter» bilan 6 oylik shartnoma imzolagani «Tottenxem»ning 2 yillik kelishuvidan judo qilganini ham e’tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «taqachilar»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Garri Rednappning o‘g‘li Jeymi Angliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi edi va Realiti-shouda murabbiy vazifasini ado etayotgandi.

«Jeymining aytishicha, agar men tanlovda g‘olib chiqmaganimda, «Tottenxem» bilan 2 yillik shartnomani rasmiylashtirgan bo‘lardim. Biroq men hech qachon ortga nazar tashlamayman. Futbol sizni umuman kutilmagan sayohatlarga yo‘llashi hech gapmas», - dedi futbolchi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 17.08.2022. O'qildi: 1640 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик