Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL klublari uchun super tarzda o‘tgan yozgi transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropaning barcha top-ligalarida, shu jumladan, Premyer-ligada ham transfer oynasi yopildi. Endi hisob-kitob qilish vaqti keldi. Jamoalar pandemiya ta’siridan qutulganga o‘xshaydi va yana o‘yinchilar uchun katta mablag‘ sarflamoqda: "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Tottenxem", "Nottingem", "Vulverxempton" va "Nyukasl" alohida yoz uchun jami xarajatlar bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladilar. Umuman olganda, jamoalar 1,3 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladilar.

"Manchester Siti"

Erling Xoland APL doirasidagi 6 o‘yinda 10ta gol urgan, shu jumladan, ikkita xet-trik. U “shaharliklar”ga 60 million yevro evaziga yo‘l oldi. Narx va sifat jihatidan bu katta farq bilan ligadagi eng yaxshi transfer. O‘tgan mavsumda Gvardiola jamoasi ko‘plab o‘yinlarga nominal hujumchisiz chiqishdi. Aftidan, sobiq “Borussiya” futbolchisi Pep uchun jumboqning so‘nggi qismiga aylandi.

"Siti" himoyachi uchun ortiqcha to‘lashni istamay, "Brayton"dan Mark Kukurelya transferini rad etdi, ammo chap qanot himoyachisi lavozimiga "Anderlext"dan Serxio Gomesni taklif qildi. Yoz boshida "shaharliklar" Fernandinyo o‘rniga Kalvin Fillipsni xarid qilishdi.

Umuman olganda, transfer oynasi “Citi” uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi: Raxim Sterling, Gabriel Jezus va Oleksandr Zinchenko jamoani tark etishdi, ammo tarkib faqat yaxshilandi va sotuvlar klubga 230 million yevrodan
ko‘proq daromad keltirdi.

"Liverpul"

“Qizillar” Sadio Manening “Bavariya”ga sotilishiga javoban “Benfika”dan Darvin Nunyesni sotib oldi. Darvin uchun 75 million yevro, biroq urugvaylik futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan barcha bonuslarni faollashtirsa, klubning rekord xaridiga aylanadi. Xoland transferi fonida bu xarid unchalik zo‘r ko‘rinmaydi. Ammo mersisaydliklar asosiy raqiblariga javob qaytarishdi.

"Liverpul" shuningdek, "Fulxem"dan yosh hujumkor futbolchi Fabio Karvalyuni ham sotib oldi, u allaqachon zaxira o‘rindig‘idan o‘zining yorqin chiqishlarini qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoaning haqiqiy muammosi - o‘rta chiziq. Klub "Real Madrid"dan Aureliyen Tchuamenini tortib ololmadi va yarim himoyani "Yuventus"dan Artur Melo bilan mustahkamladi.

“Chelsi”

Agar raqobatchilar Roman Abramovichning ketishi bilan "ko‘klar" transfer bozorida sustlashishiga umid qilgan bo‘lsa, bu amalga oshmadi. ‎Uesli Fofana (80,4 mln yevro), Mark Kukurelya (65,3 mln yevro), Raxim Sterling (56,2 mln yevro), Kalidu Kulibali (38 mln yevro), Karni Chukvuemeka (18 mln yevro), Pyer-Emerik Obameyang (12 mln yevro), Gabriel Slonina (9,1 mln yevro) bular yozda jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar.

Transfer oynasining so‘nggi kunida Zakariya va Obameyang bilan shartnoma imzolanishi imkonsizlikdan qilingan yechim kabi ko‘rinadi, ammo klubdagi vaziyatni (yangi xo‘jayin va sport direktori yo‘q) hisobga olsak, "Chelsi" yaxshi ish qildi.

"Tottenxem"

“Shporlar” braziliyalik Richarlisonni “Everton”dan sotib oldi. So‘nggi mavsumlarda hujumchiga kuchli klublar qiziqqan, shuning uchun 58 million yevrolik kelishuv katta muvaffaqiyatdir. U hujumga raqobat va tajovuzkorlikni qo‘shadi.

Antonio Konte "Tottenxem"ni chempionlikka da’vogarga aylantirish uchun ko‘proq transfer oynalarini so‘radi, ammo italiyalik Daniel Levining qo‘llab-quvvatlashidan mamnun bo‘lishi kerak: taniqli funksioner uchun noodatiy faol yoz bo‘ldi. Klubga 33 yoshli Ivan Perishich kabi futbolchilar kelishdi. Bu aniq murabbiyning ko‘rsatmasiga binoan amalga oshirildi.

"Arsenal"

“Kanonirlar” mavsum boshida Premyer-ligada yetakchilik qilmoqda, buning sababi asosan yozgi faollik tufayli. Markaziy hujumchi topish klub uchun birinchi navbatdagi ustuvor vazifa edi va ular xato qilishmadi. Gabriel Jezus Londonga "Manchester Siti"dan ko‘chib o‘tdi.

Jesus va Oleksandr Zinchenkolar bir zumda jamoaga kirib ketishdi va uni yanada yaxshilashdi. "Kanonirlar" 22 yoshli Fabio Viyeyra uchun "Portu"ga 35 million yevro ham to‘lashdi. "Arsenal" sotuvlardan o‘zlari xohlagancha daromad olmadi, lekin maoshni munosib ravishda tushirdi.

"Manchester Yunayted"

“Qizil iblislar” transfer oynasini davrida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘ldi. Muxlislar baxtiga Adryen Rabyo va Marko Arnautovich takliflarni rad etdi. Shundan so‘ng jamoa Kazemiro, Antoni va Lisandro Martines bilan shartnoma imzoladi. "Yunayted" nihoyat yuqori darajadagi himoyachiva yarim himoyachiga ega bo‘ldi.

"Manchester" Frenki de Yongni 14 hafta davomida ta’qib qildi, lekin Erik ten Xag ko‘proq orzu qilgan futbolchini qo‘lga kirita olmadi, ammo Krishtianu Ronalduni saqlab qoldi. Portugaliyalik esa murabbiyda faqat “bosh og‘rig‘iga” sabab bo‘lmoqda. "Yunayted" bir nechta erkin agentlarni birlashtirdi, ammo savdodan atigi 11,5 million yevro ishlab oldi.

Kiritildi: 12:16, 04.09.2022. O'qildi: 3379 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик