Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Mash’al" murabbiyi: "Maydonga ishonchsiz va qo‘rquv bilan chiqyapmiz"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Intervyular
A A A

“Mash’al” – “Andijon” (1:2) uchrashuvidagi keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev sog‘ligida muammo paydo bo‘lgani sababli ishtirok eta olmadi. Uning o‘rniga yordamchi murabbiy Otabek Narzullayev qatnashdi.

— O‘yin xususida fikringiz?
— Bu uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilardik. Bizga g‘alaba suv va havodek zarur edi. “Andijon”ning standartdan o‘ynashini bilardik. Shunga qarshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bu – futbol. Futbolni aldab bo‘lmaydi. Yigitlarga rahmat, ular qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Bizga ozgina omad yetishmadi. Nima deymiz? Futbolchilarga muvozanat yetishmadi. Oxirgi nuqtani qo‘yadigan futbolchilar bo‘lmayapti. Imkoniyatlar boru, ammo foydalana olmadik.

— Jamoa “So‘g‘diyona” va hatto safarda “Andijon”ga qarshi ham yaxshi o‘ynagandi. Bugun birinchi bo‘limda bo‘shroq, ikkinchi bo‘limda boshqacha...
— Xuddi ikkinchi taymda tushib gol urib yutib ketamiz, degandek harakat qilishyapti. O‘zlaridagi bor ishonchni namoyish eta olmayaptilar. Jamoamizdagi barcha o‘yinchilar iqtidorli. Jamoamiz yomon emas. Faqat yigitlarga biroz ishonch yetishmayapti. Negadir biz maydonga qandaydir ishonchsiz va qo‘rquv bilan chiqyapmiz. Agar qo‘rqsak futbol o‘ynay olmaymiz.

— Birinchi bo‘lim sokin o‘tdi, ikkinchi bo‘limda zo‘r bo‘ldi. “Mash’al”ni oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Natija uchun doim murabbiy javobgar. Endi “Mash’al” Superligani maqsad qilmasa ham bo‘ladi, shunaqami?
— Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. Hali kuchli beshtalikka alohida tayyorlanamiz. To‘g‘ri, raqiblar ham ochko yo‘qotishi kerak va buning uchun biz ham har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz lozim. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bizning maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Balki 3-o‘rinni olib pley off orqali chiqishimiz ham mumkin. Yoki 2- yoki 1-o‘rin bilan ham chiqishimiz hech gap emas. Xudo biladi. Yutqazsa murabbiy aybdor bo‘ladi. Yutsa jamoa yutadi. Hayot davom etadi va ishlashni davom ettiramiz. Futbolchilarga e’tirozlar yo‘q. Ular qo‘ldan kelganicha harakat qilishdi. Futbolchilar o‘zlariga ishonishsa bo‘ldi, biz o‘ylagan maqsadimizga erishamiz. O‘yinchilar o‘zlariga to‘liq ishonmayotgani uchun birinchi bo‘limda shunaqa vaziyatlar kelib chiqyapti. O‘ylaymanki, ikkinchi bo‘limda raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlarni yaratdik. Gol urolmadik. Darvozabon yaxshi o‘ynadi. Yana ba’zida zarbalarga aniqlik yetishmadi va mahorat ham kamlik qildi.

— Hisobni tenglashtirish uchun jismoniy holat ham pand berdimi?
— O‘ylaymanki, jismoniy tomonlama yutqazmadik. Har bir uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz. Jismoniy tarafdan hech bir jamoaga yutqazmadik. “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvda 2:0 ni 2:2 ga aylantirdik. Yakunda yutqazdik.

— Pro liganing barcha klublari bilan o‘ynadinglar. Sizingcha, pro ligada eng kuchli jamoa qaysi?
— Birorta kuchsiz jamoani aytib bo‘lmaydi. Har bir o‘yin juda muhim. Osonlikcha g‘alabaga erishib bo‘lmayapti. Oldingi yillarga qaraganda pro liga ancha kuchaydi. Superliga darajasiga deyarli tenglashib qoldi. Bu yerda saviya ko‘tarildi. Hech qaysi klubni ajratib ko‘rsata olmayman. Bizni ham o‘zimizga yarasha maqsadimiz bor edi.

— “Mash’al”da moliyaviy tomondan qarzdorlik bo‘lmasa kerak. Barcha sharoitlar bor. Xullas, rahbariyat tarafidan Superligaga chiqish uchun sharoitlar yaratib berilgan. Mabodo, mavsum yakunigacha shu sharoitlardan kelib chiqib oldiga qo‘ygan maqsadi – Superligaga chiqish vazifasini uddalay olmasa, jamoada qon almashishi, murabbiylar shtabi o‘zgarishi kerakmi?
— Bu savolga aniq javob bera olmayman. Ha, bizda moliyaviy tarafdan hech qanaqa qarzdorlik yo‘q. Hammasi vaqtida. Sentyabr oyigacha oylik maosh va mukofot pullari bo‘yicha hisob-kitob qilingan. Klubni qarzi yo‘q. Klub rahbarlariga va homiylarga shuncha shart-sharoit yaratib berganiga rahmat aytamiz. Hech qanaqa kamchilik yo‘q.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:39, 07.09.2022. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик