Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tartib-intizom qo‘mitasi 16 ta uchrashuvdagi vaziyatlarga o‘z qarorlarini e’lon qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

“Neftchi” — “Qizilqum”

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Qizilqum” bahsi yakuniga yetganidan so‘ng mehmonlar futbolchisi Ignatiy Nesterov muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ignatiy Nesterovga (“Qizilqum”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Lokomotiv”

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan. Shunda so‘ng murabbiy hakamni turtib yuborgan, bu esa “Nasaf” klubining boshqa a’zolari tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima, shuningdek, “Nasaf” klubiga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

AGMK — “Surxon”

Superliga doirasidagi AGMK va “Surxon” uchrashuvi yakuniga yetganidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes Perez AGMK klubi ma’murining bel qismidan itargan va raqib jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qo‘l uzatgan paytda “No Respect” deya baqirib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Angex Lopes Perezga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — AGMK

O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Andijon” — AGMK bahsida mezbonlar muxlislari tomonidan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov zaxiraga olingan paytda uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgan. Uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng muxlislar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Lokomotiv”

O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” bahsining 42-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kahi Maxaradze uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqiblarining oldiga yugurib kelib ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, “Nasaf” klubi vakillari Azamat Soyibov va Umidjon Ergashev hamda “Lokomotiv” futbolchisi Asilbek Amanovlar texnik zonani tark etib, provokasion harakatlar qilishgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kahi Maxaradze, Asilbek Amanov (“Lokomotiv”) hamda Azamat Soyibov va Umidjon Ergashevga (“Nasaf”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Paxtakor”

O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” bahsining 92-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Davron Rahimov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga yugurib chiqqan va ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Davron Rahimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf farm” — “Bunyodkor farm”

Birinchi liga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf farm” — “Bunyodkor farm” uchrashuvining 51-daqiqasida “Nasaf farm” futbolchisi Anvar Turobov uchrashuv to‘xtab turgan vaqtda raqib o‘yinchisining yuz qismiga kafti bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Anvar Turobovga (“Nasaf farm”) nisbatan 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Shahrixonchi”

Birinchi liga 17-turidan o‘rin olgan “Aral” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 3-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Jamshid Qobulov oyog‘ining tag qismi bilan raqibining yelka va bo‘yin qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jamshid Qobulovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qumqo‘rg‘on-1977”

Birinchi liga 16-turidan o‘rin olgan “Aral” — “Qumqo‘rg‘on-1977” uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kamronbek Abdullayev raqibining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kamronbek Abdullayevga (“Qumqo‘rg‘on-1977”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Paxtakor”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Paxtakor” bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shohruhxon Muxsinov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shohruhxon Muxsinovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Qo‘qon-1912”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Qo‘qon-1912” bahsining 70-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Boxirbek Bo‘riyev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Boxirbek Bo‘riyevga (“Qo‘qon-1912”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Mash’al”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Mash’al” bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Komoliddin Karimov raqibiga qo‘li bilan zarba bergan, 72-daqiqada esa Otabek Ahadov bosh hakamning oyoq qismiga tepgan. 81-daqiqada “Mash’al” futbolchisi Arturbek Sadullayev raqib futbolchisining bo‘yin qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Komoliddin Karimov va Otabek Ahadov (har ikkisi “So‘g‘diyona”) hamda Arturbek Sadullayevga (“Mash’al”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “Surxon”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Dinamo” — “Surxon” bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Oybek Hamraqulov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib futbolchisi Jamshid Saydullayevning ko‘krak qismiga zarba bergan. Bunga javoban u Hamraqulovning yuz qismiga zarba bergan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Oybek Hamraqulov (“Dinamo”) va Jamshid Saydullayevning (“Surxon”) har ikkisiga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

AGMK — “Navbahor”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi AGMK — “Navbahor” bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburxo‘ja Zokirxo‘jayev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba oyog‘ining tag qismi bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Boburxo‘ja Zokirxo‘jayevga (AGMK) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

FUTZAL

“Maksam Chirchiq” — “Paxtakor”

Futzal Oliy ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Maksam Chirchiq” — “Paxtakor” uchrashuvining 18-daqiqasida mehmonlar vakili Muhammad Zoirov raqibining qorin qismiga ataylab zarba bergan. Shuningdek, mezbonlar vakili Javlon Anorov esa Muhammad Zoirovning yuz qismiga qo‘li bilan zarba berishga uringan. Ularning har ikkalasi maydondan chetlashtirilgan.

Bundan tashqari, tanaffus paytida “Paxtakor” vakili Ilxom Komilov raqib futbolchisi Abdulla Miyassarovning yuz qismiga mushti bilan zarba berib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan. “Paxtakor”ning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchisi Sevatyan Mojayev muxlislar o‘rindig‘ini tark etib, futbolchilar oldiga yugurib kelgan va raqibining yuz qismiga musht bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javlon Anorov (“Maksam Chirchiq”) 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. “Maksam Chirchiq” jamoasiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: UFA.UZ
Kiritildi: 13:44, 11.09.2022. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar: 30 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.