Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Erling Xoland: «Tashqi gaplar ahamiyatsiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Manchester Siti»ning norvegiyalik yangi superhujumchisi Erling Xoland Four-FourTwo nashriga bergan eksklyuziv intervyusida hayotga qarashi haqida atroflicha to‘xtaldi.

 U shuningdek, «MYU»ga munosabati, «Real» prezidenti gaplari haqidagi savollarga ham baralla javob berdi.

- Erling, oldingda bu so‘zlarni tilga olish yoqimsiz, lekin majburmiz - «Manchester Yunayted»...

- Yo‘q, bu yerda hazil ortiqcha, har holda, shaxsan men bu atamaga oddiy qarayman. Manchesterda «Yunayted» muxlislarini tez-tez uchratyapman va doimo bir-birimiz bilan hazillashamiz. Buni zinhor jiddiy qabul qilmaslik kerak. Deylik, Norvegiyada ham, ona shahrimda ham «Yunayted» muxlislari juda ko‘p. Aytishim joiz, hamisha ular bilan kurashishga majbur edim. Qisqasi, turli tortishuvlarga o‘rganib qolganman, muhimi, bunday bahs-munozaralarga qarshi emasman. Faqat ayrim gaplarimni jiddiy qabul qilmasalar, bas. Chunki gohida ko‘ngil haqiqiy muxlisdek gapirishni tusab qoladi. Aks holda, hammasi biroz zerikarli tuyuladi, shunday emasmi?

- Asosiy bahs eski tanishing - «qizil iblis» Jeydon Sancho bilan-mi?

Dortmundda u bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham o‘zaro yaxshi chiqishardik, munosabatlarimiz ajoyib edi. Ammo Jeydon endi boshqa jamoada. Manchesterning ikki lagerida ekanmiz, endi yashirincha uchrashishimizga to‘g‘ri keladi. 

- APLga yanada o‘sish uchun kelganing tayin. Istiqbolingni qanday ko‘ryapsan?

- Kelajakda nima bo‘lishi hech kimga ayon emas, bilganim shuki, inson hamisha o‘rganish, rivojlanish haqida bosh qotirishi shart. Hech qachon yanada yaxshiroq o‘ynash masalasida izlanishdan to‘xtamaslik kerak. Ana, «Real»dagi Karim Benzemaga qarang. 34 yoshni urib qo‘ygan futbolchi so‘nggi ikki yil ichida to‘satdan yanada xavfliroq hujumchiga aylandi - bu namuna! Men ham har doim o‘sish ustida ishlashni xohlayman.

- Xo‘sh, o‘yin uslubing bo‘yi­cha APLga qanchalik mos tushasan?

- «Manchester Siti»ga kelishdan oldin APL o‘yinlarini yetarli darajada ko‘p kuzatganman. Fikrimcha, bu yerda so‘nggi bir necha yil davomida sof «9-raqam» ijrochisi kam uchradi. Shu ma’noda aytsam, bu ham menga qo‘shimcha motivasiya beradi. «9-raqam» men uchun asosiy pozisiya, qisqasi, har doim hujum uchida harakatlanishni xohlardim. Chindan ham, bu pozisiyada bor salohiyatimni ko‘rsatishim mumkin.

- APLda seni Virjil van Deyk kabi jismonan baquvvat himoyachiga qarshi o‘yin kutmoqda...

- O‘yinlarga muayyan futbolchilar qarama-qarshiligi sifatida qaramaslik kerak. Axir maydonda faqat Virjil bilan to‘qnashmayman-ku. O‘yin har doim 11ga 11 shaklida boshlanishini unutmaslik kerak. Ha, bilaman, o‘zaro «duel»larga katta e’tibor qaratiladi. Lekin misol uchun, o‘sha «Liverpul»ni olsak, uning tarkibida van Deykdan tashqari, Alisson bor, boshqa baquvvat himoyachilar ham yetarli. Demoqchimanki, zamonaviy futbolda birinchi darajaga chiqish uchun avvalo, jamoa sifatida shakllanish zarur. Tabiiyki, buning uchun birgalikda ko‘p ter to‘kish talab etiladi. Umuman, shaxsiy qarama-qarshiliklar o‘z yo‘liga, bor e’tiborni shunga qaratgan futbolchi jamoaga yetarlicha yordam berolmasligi mumkin. Ha, tan olaman, maydonda eng kuchli raqiblar bilan to‘qnashish yoqimli, van Deyk esa shunday ijrochilardan biridir. Fao­liyatim davomida unga qarshi bir necha bor o‘ynadim va bemalol ayta olaman, gap qoyilmaqom yigit va ajoyib himoya­chi haqida ketmoqda. Ochig‘i, Virjilga qarshi o‘ynashdan cho‘chimayman, aksincha, bu yoqadi. Chunki u dunyodagi eng yaxshi himoyachidir ehtimol. Muhimi, «Enfild»da gol urganman, qolaversa, Norvegiya milliy jamoa­si safida ham niderlandlar darvozasiga yo‘l topdim.

- Tanqid va salbiy fikrlarga munosabating qanday? Mana, «Real» prezidenti Florentino Peres yozda seni sotib olishga hojat yo‘qligini g‘alati ohangda izohladi: «Karim Benzema bor ekan, Erlingning zaxirada o‘tirishiga to‘g‘ri keladi».

- Futbolda shunday. Tabiatan hazillashishga moyilman, lekin tashqi gap-so‘zlarga ko‘pam ahamiyat beravermayman. Kimningdir bahosi yaxshi sport formasida emasligimni anglatmaydi, bu diqqatimni jamlashimga ham xalaqit bermaydi. Ba’zan tashqi munosabatlardan shunchaki, ko‘z yumish kerak. Lekin miriqib kulib olishning zarari yo‘q. Hechqisi yo‘q, axir biz o‘zaro do‘stlarmiz...

- Erling, hozir shon-shuhratga ko‘milyapsan. Mashhurlik ta’siri sezilyaptimi? Deylik, so‘nggi yillarda nechog‘li o‘zgarding?

- To‘g‘ri, ko‘chadan kelgan oddiy yigit emasman. Bo‘­yim uzun, soch turmagim chiroyli, o‘zim sarg‘ishman. Qisqasi, endilikda hammaning e’tiboridaman, ammo bundan umuman shikoyat qilmayman. Otam o‘z tajribasidan kelib chiqib, mashhurlik yukini to‘g‘ri taqsimlashimda yaqindan yordam beradi. Tan olaman, shon-shuhratga aslo qarshi emasman. Agar o‘zgargan bo‘lsam, buni faqat otam emas, balki atrofimdagi odamlar ham aytishardi. Ona shahrim va u yerdagi odamlar men uchun juda muhim. Qisqasi, qayerdan kelganimni hamisha yodda tutaman. Oddiy aytganda, hech qachon o‘zgarmayman. Buning uchun o‘zimni va xatti-harakatlarimni nazorat qilish qo‘limdan keladi.

Xoland va Sancho APLda

Erling Xoland APLdagi dastlabki 6ta o‘yinida 10ta gol urdi. Taqqoslash uchun aytsak, Dortmund «Borussiya»sida u bilan ajoyib tandem hosil qilgan Jeydon Sancho «MYU»dagi dastlabki 35ta o‘yinida raqiblar darvozasiga atigi 5 marta yo‘l topdi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 11.09.2022. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик