Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng halol futbolchilar har doim muxlislari yodidan chiqmaydi — ular simulyasiyaga deyarli aralashmagan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Quyida e’tiboringizga simulyasiyalardan yiroq va halol futbol sari harakat qilgan o‘yinchilarni havola etamiz.

Jon Terri

Angliyalik himoyachi, "Chelsi"ning sobiq sardori, besh karra Angliya chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi. Jon «Chelsi» safida 715 ta o‘yin o‘tkazdi, bu klub tarixidagi eng yaxshi uchinchi ko‘rsatkichdir. Terri ko‘plab janjallarda ishtirok etgan, lekin hech qachon o‘zini yomon tomonlama ko‘rsatmagan va simulyasiya holatlarini deyarli qayd etmagan.

Eden Azar

Belgiyalik yarim himoyachi, "Real Madrid" futbolchisi. "Chelsi"dagi ajoyib o‘yinidan so‘ng Eden Ronalduning o‘rnini bosish uchun Madridga ko‘chib o‘tdi. Afsuski, futbolchi jarohatlar tufayli o‘z o‘yinini ochib berolmadi, avvalgi formasiga qayta olmadi. Shu sababli o‘z muxlislarini ranjitsada, raqiblariningda ko‘ziga yomon ko‘rinmagani diqqatga sazovor.

Filippe Koutinyo

Braziliyalik yarim himoyachi, "Barselona" futbolchisi, hozirda "Aston Villa"da o‘ynamoqda. Juda chaqqon futbolchi, bo‘yi 172 santimetr, katta iste’dodga ega. U buni Kloppning "Liverpul"ida to‘liq amalga oshira oldi. "Barsa"ga o‘tganidan so‘ng, biz bilganimizdek, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Ueyn Runi

Angliyalik hujumchi, "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, Angliyaning besh karra chempioni, Chempionlar Ligasi g‘olibi, Angliya va "Manchester Yunayted"ning eng yaxshi to‘purari. Ueyn faoliyati davomida sariq va qizil kartochkalarning ajoyib to‘plamini yig‘ib chiqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning reportyorida biz raqibni tirsak bilan urish, simulyasiyalar va provokasiyalar kabi qo‘pol qoidabuzarliklarni ham, ochiqchasiga qilingan kulgili nayranglarni ham topishimiz mumkin. Ammo simulyasiyalar uning yoshligida qolib ketdi, keyinchalik Ueyn simulyasiya qilishni to‘xtatdi. Balki o‘sha paytda u bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronalduga qarab, u fikrini o‘zgartirgandir.

Lorenso Insinye

Italiyalik hujumchi, butun faoliyatini "Napoli"da o‘tkazgan futbolchi, Yevropa chempioni. Uning bo‘yi 163 santimetr. Shu sababli baland bo‘yli himoyachilar undan to‘pni tortib olishlari qiyin. Asist va uzatmalardan foydalanish qobiliyati sababli muxlislar tomonidan Lorenso Il Manifiko laqabini oldi.

Marko Roys

Germaniyalik yarim himoyachi, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi. Marko - "Borussiya Dortmund"da sodiqligining yaqqol ramzi sifatida ko‘rinadi. Birin-ketin foydali takliflarni rad etgani barchamizga sir emas, hattoki "Real"dan ham. Bundan tashqari, u hech qachon soxtalik qilmaydi va atrofdagi eng halol futbolchilardan biridir. Afsuski, futbolchi doimo jarohatlar bilan qiynalib kelishi uning muxlislarini tashvishga soladi.

Dirk Kyuyt

Gollandiyalik hujumchi, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi, o‘z avlodining eng yaxshisi bo‘lmasa-da, hurmatga sazovor futbolchilaridan biri. U ko‘pincha adolatsizliklar girdobiga tushib qolgan. Shunga qaramasdan o‘z davrining eng kuchli himoyachilari yig‘ilgan davrda ham o‘z mavqeyini yo‘qotib qo‘ymagan.

Karles Puyol

Ispaniyalik himoyachi, "Barselona"ning sobiq futbolchisi, olti karra Ispaniya chempioni, Chempionlar ligasining uch karra g‘olibi, buyuk "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi davrining ramzi, klubga sodiqlik ramzi. Karles Puyol faoliyatini ancha erta yakunladi - u 32 yoshida terma jamoani tark etdi, klubda shundan biroz ko‘proq o‘ynadi. Bunga sabab uning olgan ko‘plab jarohatlari edi, chunki Karles hech qachon maydonda o‘zini ayamamagan. Biroq shunga qaramay uning ishtirokida hech qachon mug‘ombirlik holatlarini ko‘rmaysiz.

Roy Kin

Irlandiyalik yarim himoyachi, "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, 7 karra Angliya chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi. Roy Kin ingliz futbolida eng ko‘p qizil kartochka olish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi - 13. To‘g‘ri, u buni Roy Makdonu va Stiv Uolsh bilan bo‘lishib turibdi. Ulardan farqli o‘laroq, Kin o‘z nomini boshqa jihatlari bo‘yicha ko‘rsatib qo‘ydi. Uni muxlislar halol futbolchilar qatorida ko‘rishadi.

Lionel Messi

Argentinalik hujumchi, "Barselona" afsonasi, hozirda "PSJ" futbolchisi. Lionel jiddiy va xavfli vaziyatlarga borganida raqib unga zarracha tegsa ham yiqilmaydi, doim himoyachilar qurshovidan oxirigacha chiqib ketishga harakat qiladi. Ajoyib inson, ajoyib futbolchi. To‘g‘ri emasmi?

Kiritildi: 17:30, 17.09.2022. O'qildi: 5063 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик