Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2023 yildan ijarada to‘p surayotgan futbolchilar masalasida yana bir o‘zgarish kuchga kiradi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu haqda O‘zPFL 19 sentyabr kuni Coca-cola Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari hamda liga ijroqo‘mi a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Ikki yil avval O‘zPFL Reglamentga 10.11-bandi orqali ijaraga beriladigan futbolchilar masalasini kiritgandi. Unga ko‘ra, bir klub boshqa klubga futbolchini ijaraga berish yo‘lida tuziladigan shartnomaga mazkur futbolchining shu klubga qarshi o‘ynashini taqiqlash bo‘yicha band kiritishga haqli emasligi ko‘rsatilgan, bunday shartnomalar O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tmasligi belgilangandi. Sababi so‘nggi yillarda bu odat urfga kirib, futbolchilar ijara orqali sharafini himoya qilayotgan klub safida o‘zining asl jamoasiga qarshi to‘p surish imkoniyatidan mosuvo qilinayotgandi.

Bunda O‘zPFL ikki klub tomonidan tuziladigan shartnomadan faqatgina taqiqni olib tashlagandi. Klublar o‘zaro shart evaziga yuqoridagi holatni tartibga solishi mumkin edi. So‘nggi ikki mavsum davomida klublar bunga rioya qildi. Ba’zi hollarda biror klub futbolchi zaxirada qolib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan kelib chiqib, o‘z futbolchisini bepul ijaraga beradi. Bunday holatda tabiiyki, ikkinchi klub mazkur futbolchining xizmatidan o‘zaro o‘yinlarda foydalanishni istasa, ma’lum miqdorda pul to‘lashi lozimgi ko‘rsatiladi. 

FIFA so‘nggi vaqtlarda bu masalaga e’tibor qaratdi. Uchinchi tomonlarning aralashuvi masalasi ancha dolzarb bo‘lib, bunda futbol jamoatchiligi ikkiga bo‘linib ulgurgan. Ba’zilar o‘zaro o‘yindagi harakat uchun alohida shart qo‘yilishi kerak deb hisoblaydi. Qolganlar esa bunga qarshi chiqadi. FIFA tomonidan ilgari surilayotgan so‘nggi o‘zgarishlardan kelib chiqib, O‘zPFL mazkur holatni 2023 yilgi mavsumdan boshlab o‘zgartirishga qaror qildi. Endilikda ijaraga berilgan futbolchi hech bir qarshiliksiz asl jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

O‘zPFL mazkur holatga futbol jozibadorligini oshirish rakursi bilan qaraydi. Birinchi galda murabbiylar va klublar ijaraga berilayotgan futbolchi masalasida mas’uliyatni yanada aniqroq his qiladi. Ikkinchi tomondan o‘zi asl klubiga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rayotgan futbolchilarga o‘zini namoyon qilish uchun to‘liq imkoniyat beriladi. 

FIFA iyul oyidan boshlab ijaraga berilayotgan futbolchilar soni hamda bir klubga ijaraga beriladigan futbolchilar sonini tartibga solish masalasiga e’tibor qaratgan. Qayd etish kerak, O‘zPFL 2020 yildan boshlab bu kabi bandlarni Reglamentga kiritgandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:02, 21.09.2022. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик