Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldagi dastlabki ayol-hakamlar

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Erkaklar futbolida ayol hakamlar hozirgi Anastasiya Pus­tovoytova hamda Bibiana Shtayxauslardan salkam 1 asr muqaddam paydo bo‘lishgan.

Edit Klinger 1930-yillarda tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan, lekin unga doimo xalal berishgan.

Klinger ayollar futbolini joriy etgan va Mitrop Kubogini orzu qilgandi

O‘tgan asrning birinchi yarmida Avstriya futboli rivojlangan davlatlarning biri edi. Aynan shu mamlakatda 1924 yili Yevropa qit’asidagi dastlabki professional ligaga asos solindi. Umuman, Avstriyada o‘ta jadallik bilan bo‘lmasada, ayollar sporti rivojlana boshladi. Avstriyaliklar Birinchi jahon urushidan keyinoq futbol o‘ynaganlari tarixdan ma’lum. 1923 yilda «Montag Frauyen» gazetasining tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rikda 150 nafarga yaqin ayollar ishtirok etishgandi. Turnirlar hech bo‘lmaganda, 1926 yilga qadar o‘tkazib turildi, ammo ayollar futboli jamoatchilik tomonidan yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmadi. Shu sababli dastlabki klublar tezda tar­qalib ketishdi.

Mamlakatda yana ayollarning yashil maydonga qaytarish uchun bir necha yillik tinimsiz harakatlar talab etildi. Nihoyat, 1934 yilda velosportchi Ferri Dusik mamlakatning boshqa bir nashri, «Sport Telegraf»ning tavsiyasi bilan Venada «Kolossal» (keyinchalik «Vena» nomiga o‘o‘zgartirilgan) jamoasini shakllantirdi. Tez orada «Vindobona» (shahar o‘rnidagi qadimiy qabila nomi) va «Tempo» (o‘sha davrda shakllanib ulgurgan «Rapid»ga shama) tashkil topishdi. «Tempo» 24 yoshli Edit Klingerning jonbozligi evaziga yaratildi. Avvaliga o‘z jamoasini o‘ta sodda «Venaning dastlabki ayollar futbol klubi», - deb nomlagan Edit ayollarning sportda ham teng huquqli bo‘lishlari tarafdorlaridan biri edi.

Klinger futbolni erkaklardan o‘rganishning uyatli yeri yo‘q, deb hisoblagan, o‘sha pallada Avstriya dunyoning yetakchi terma jamoalari safida edi. Mashhur «Vundertim» o‘yinchilari bilan til topishish borasida radiosharhlovchi va jurnalist Villi Shmiger Klingerga baholi-qudrat yordam bergandi. Ularni futbolga jalb etish g‘oyasi Villiga juda yoqib qolgan, chunki ayollar boshqa jamoaviy sport turlarida binoyidek ishtirok etayotgan edilar.

1936 yilda Klinger Ayollar Futbol Ittifoqini tuzdi. Ammo rejalari yanada kengroq edi. U erkaklar jamoalarining 1929 yilda tashkil etilgan dastlabki xalqaro turniri Mitrop Kubogidagi o‘yinlarini havas bilan kuzatib borardi. Musobaqada Avstriya, Chexoslovakiya, Italiya, Vengriya va Yugoslaviya klublari ishtirok etishardi. Edit ayollar o‘rtasida aynan shunaqa turnirni tashkil etishni orzu qilgandi.

Klinger erkaklar jamoalari uchrashuvlarida arbitr maqomida ishlagan. Yakunda lisenziyadan mahrum etilgan

Edit Klingerning birinchi ayol-referi ekanligi xususida aniq ma’lumot mavjud emas. Lekin uning o‘tmishdoshlari bo‘lgan taqdirda ham, nomlarini hech kim bilmaydi. 1935 yil aprelida Klinger AFIning arbitrlar kursini a’lo baholar bilan tamomlagan, ungacha birorta ayol lisenziya olgan emas.

Edit erkaklar ligasining quyi divizionlar jamoalari uchrashuvlarini boshqargan, Chexoslovakiyada bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bellashuvi faoliyatining yuksak cho‘qqisi bo‘lgandi. O‘shanda u qo‘shni mamlakatda mahalliy «Brno» va Venaning 2-divizion jamoasi «Ostmark» o‘yinini bosh­qargan. Ikki yildan keyin uni yana Chexoslovakiyaga taklif etishgan, bu safar mahalliy «Rusinov» Avstriyaning «Mallersdorf»ini qabul qilgandi. O‘sha yilning kuzida AFI Klingerning lisenziyasini bekor qildi va u nafaqat erkaklar, balki ayollar jamoalari uchrashuvlarini ham boshqarish huquqidan judo bo‘ldi.

O‘sha davrda Avstriya totalitar davlatga aylangan, hokimiyat Kurt Shushing yetakchiligidagi o‘ng radikallar ixtiyoriga o‘tgandi. Shushing Benito Mussolini tuzumida ish yuritgan, umuman, Avstriya fashizmi Italiyanikidan farq qilmasdi. Faqat ma’naviy qadriyatlar bir oz o‘zgacha edi, xolos. Yangi sharoitda Klinger o‘z faoliyatini davom ettira olmasdi.

1936 yil oktyabrida AFI ayollarga futbol o‘ynashni man etdi. Bir qator klublar faoliyatni davom ettirgan bo‘lsalarda, uchrashuvlarni kichik stadionlarda o‘tkazishar, ko‘pincha polisiya ularni quvib yuborardi. Hakamlik qilishning ham iloji bo‘lmay qoldi: Editdan lisenziyani qaytarib olishdi, u xokkey arbitri sertifikatini olishga urinib ko‘rdi. Biroq bu sohaning kelajagi ham mavhum edi - Avstriya tuzumi barcha ayollar jamoaviy sportini zug‘um ostiga olgandi.

1938 yil fevralida Klinger ayollar FIni tark etdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, Avstriya davlati ham barbod bo‘ldi - Gitler Germaniyasi uni bosib oldi. Edit Klingerning keyingi taqdirini hech kim bilmaydi.

30 yildan keyin Klinger ishini Leya Kampos takrorladi. U go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi va amaldorlarni fikridan qaytardi

Edit Klingerning faoliyati Avstriya diktaturasi tufayli barvaqt so‘lgan bo‘lsa, qattiqqo‘l tuzum Leya Kamposga qo‘l keldi. 1969 yilda Braziliyada hokimiyat general Emilio Garrastazu Medisi tasarrufiga o‘tgandi. O‘n yillik yakuniga qadar mamlakatni harbiy xunta boshqardi. Biroq prezidentlik tuzumiga qaytish vaziyatning ijobiy o‘zgarishini ta’minlay olmadi. Oppozisiyaga qarshi ayovsiz kurash va o‘lim jazosining qayta tiklanishi bevosita Medisi bilan bog‘liq.

Lekin Leya Kamposni siyosat unchalik qiziqtirmasdi. U futbol hakami bo‘lishni orzu qilardi. Leya 1945 yilda, Braziliyada ayrim sport turlarida faqat erkaklar ishtirok etishi haqidagi qonun joriy etilganiga 4 yil bo‘lgan davrda dunyoga kelgandi. Leyaning orzusi bo‘lgan futbol esa, aynan taqiqlangan sport turlarining biri edi. Mazkur o‘zgarish FIFAning bo‘lajak prezidenti, ayni pallada Braziliya FKning rahbari lavozimidagi Joao Avelanjni to‘la qoniqtirgandi.

Kampos esa taqiqlarga zid ravishda hovlida zavq bilan to‘p surar, buni ko‘rgan ota-onasi shunday chiroy va qomat bilan go‘zallik tanlovida ishtirok etish yaxshiroq ekanligini ta’kidlashardi. Taajjubki, aynan shu maslahat Leyaga o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish eshiklarini ochdi. Tanlovlardan birida g‘olib chiqqach, uni «Kruzeyro» klubi matbuot xizmatiga ishga oldi. 1967 yilda Leya arbitrlar kursida tahsil ola boshladi. Lekin rasman hakamlik qilishning iloji yo‘qligi bois, havaskor jamoalar o‘yinlarini boshqarish bilan kifoyalandi. Kamposning so‘zlariga ko‘ra, u muntazam ravishda polisiya nazoratida bo‘lgan, bir necha marta hibsga olingandi. Biroq 1971 yilda to‘satdan uni Meksikada tashkil etilgan ayollar turniriga taklif etishdi. Lekin tashkilotchilar Avelanjdan ruxsat olishni uning zimmasiga yuklashdi.

Buni uddalash oson emasligini yaxshi bilsada, doimo hakamlikni orzu qilgan Leya urinib ko‘rishga qaror qildi va uddaladi. U go‘zallik tanlovi sohasidagi tanishlari ko‘magida prezident Medisi bilan 3 daqiqaga uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldi va mamlakat rahbariga vaziyatni tushuntirdi. Bir necha kundan keyingi takroriy uchrashuvda Kampos Braziliya prezidenti qo‘lidan mamlakat FK prezidenti unga futbol hakami maqomida ishlash huquqini berganligi haqidagi hujjatni taqdim etdi.

«Kruzeyro» va «Atletiko Mineyro» yoshlar jamoalari o‘rtasida 1972 yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuv Leya Kampos faoliyatidagi eng yorqin o‘yin bo‘lib qoldi. Ikki yildan keyin u o‘ta og‘ir halokatni boshdan kechirdi, uzoq vaqt muolaja bilan band bo‘ldi va hakamlikdan voz kechdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:02, 08.10.2022. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик