Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ijara qoidalarida keskin o‘zgarish

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

FIFA transferlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihani hayotga tatbiq etish bilan mash­g‘ul.

2017 yili boshlangan harakatlar ta’sirida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi-bermoqda. Jumladan, futbolchilarning jamoalarga kelishlari, boshqasiga o‘tishlarini nazorat qiluvchi yagona elektron tizim joriy etildi. Yaqin orada FIFA tomonidan beriladigan mukofot pulini avtomatizasiya yordamida taqsimlanishiga mas’ul kliring palatasi ishga tushirilishi kerak. Keyin navbat agentlar ulushini tartibga solish bo‘yicha o‘zgarishlarga keladi: yaqin kelajakda vositachilar tegishli lisenziyaga ega bo‘lishlari, daromad miqdori haqida hisobot berishlari va muayyan transfer summasining 10 foizidan ortiq pul olmasliklari talab etiladi. To‘g‘ri, pandemiya ta’siri tufayli islohotlar jarayoni sekinlashdi. Deylik, ijara kelishuvlariga oid yangi normativ-huquqiy bazani 2020 yiliyoq ishga tushirish rejalashtirilgandi. Amalda esa hujjat shu yil mart oyida tasdiqlandi. Hozircha faqat xalqaro ijaralar ko‘zda tutilgan, mahalliy kelishuvlar qoidasini esa milliy assosiasiyalar keyingi 3 yilda ishlab chiqadi.


IJARAGA OID YANGI QOIDALAR 

Kelishuvlar muddati va soni bo‘yicha qat’iy cheklov. FIFAning asosiy maqsadi - yosh iqtidorlar rivojlanishiga muhit va raqobatli balans yaratish. Oddiy aytganda, futbolchilarning muayyan klubda to‘planib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik. Hujjatga muvofiq, badavlat klubning saviyali o‘yinchilarni yig‘ib olib, ularni o‘rtahol raqiblarga ijara asosida yuborishiga barham beriladi. Bu borada bir qator qoidalar ishlab chiqilgan:

*** Muddati va moliyaviy shart­lari bayon etilgan yozma kelishuv taqdim etilishi shart;

*** Ijara muddati ko‘pi bilan 1 yildan oshmasligi kerak. Minimal muddat - ikki qayd etish davri o‘rtasidagi vaqt;

*** Ijara asosida olingan futbolchini boshqa klubga shu shart bo‘yicha yubormaslik;

*** Ikki jamoa o‘rtasida ijara kelishuvlari soni 3tadan oshmasligi kerak.

Eng muhimi - bir mavsumga mo‘ljallangan umumiy cheklovlar. Dastlabki 2 yil o‘tish davri vazifasini o‘taydi, yangi qoidalar jamoalarni transferlar siyosatini o‘zgartirishga majbur qiladi:

*** 2022 yil 1 iyul - 2023 yil 30 iyun oralig‘ida bir klub ko‘pi bilan 8 nafar futbolchini ijaraga olishi|berishi mumkin;

*** 2023 yil 1 iyul - 2024 yil 30 iyun oralig‘ida bir klub ko‘pi bilan 7 nafar futbolchini ijaraga olishi|berishi mumkin;

*** 2024 yilning 1 iyulidan e’tiboran  bir klub ko‘pi bilan 6 nafar futbolchini ijaraga olishi|berishi mumkin.   

Bunda 21 yosh va undan kichik futbolchilar, shuningdek, akademiyalar tarbiyalanuvchilari (15-21 yoshli payti kamida 3 yil klub tizimida shug‘ullanganlar) bu cheklovga kirishmaydi.


IJARA AMALIYOTI TARIXI

Ijara instituti ancha avval paydo bo‘lgan. Uning ijodkori - «Chelsi». Aynan London klubi ulkan ijara tarmog‘i kashfiyotchisi hisoblanadi. Ko‘p sonli ijara kelishuvlari xususida gap ketganida ham aynan «Chelsi» yodga olinadi. Ko‘pincha amaldagi strategiya Marina Granovskaya bilan bog‘lanadi. Go‘yoki, futbolchilarni tajriba to‘plash uchun yoppasiga boshqa jamoalarga jo‘natish g‘oyasi undan chiqqandek. Lekin sobiq texnik direktor Eddi Nyutonning ta’kidlashicha, bu amaliyotni Maykl Emenalo tatbiq etgan: «Bir kuni Eddi meni o‘z kabinetiga chorlab, jamoada yoshlar juda ko‘pligi, ular U-23 uchun ajo­yib nomzod ekanliklari, ammo asosiy tarkibga tortmasliklarini aytdi. Keyin ularni ijara safariga yuborib, avvalgidan samaraliroq ishlashimiz mumkinligini ta’kidladi. Qisqasi, Eddi g‘oya berdi, men esa ishni oxiriga yetkazdim. Keyinchalik amaliyotni jahon miqyosiga olib chiqish ustida ishladik». Rejadan ko‘zlangan asosiy maqsad - yuksak salohiyatli iqtidorlarni saralab, kelajakda ular orqali mo‘may pul topish yoki asosiy tarkibga jalb etish. Xullas, londonliklar eng salohiyatli iqtidorlarni ijara safariga yuborib, ularning rivojlanish jarayo­nini diqqat bilan kuzatishardi. Klub bunda «iqtidorlar chashmasi» sifatida Niderlandiya (ayniqsa, «Vitess») va Germaniyani tanlagandi.

Bu tizim ko‘p tanqidlarga duch keldi. Chunonchi, yillab ijara safarida yurgan ba’zi futbolchilar (masalan, Lukas Pia­zon) «Chelsi» libosini kiyish imkoniyatiga umuman ega bo‘lmadilar. Asosiy jamoaga chiqish faqat sanoqli iqtidorlar - bo‘lajak yulduzlarga nasib etdi. Shu tariqa jamoatchilikda «Chelsi» ijara institutidan yoshlarni rivojlantirish emas, balki daromad topish maqsadida foydalanadi» qabilida tushuncha yuzaga keldi. Klub esa tanqidlarga e’tibor bermadi, tizim chindan ham, barqaror moliyaviy holatni ta’minladi. Qolaversa, «Chelsi»ga daromad keltirishdan tashqari, Meyson Maunt, Ruben Loftus-CHik, Trevo Chaloba va Ris Jeyms kabi munosib nomzodlarni tayyorlab berdi. Mana, eng serdaromad kelishuvlar:

***Mario Pashalich («Xayduk»­dan 2,5 mln. yevroga olingan) - «Atalanta» 14,5 mln. yevro to‘ladi;

*** Natan Ake (tarbiyalanuvchi) - «Bornmut» 22,8 mln. yevro to‘ladi;

*** Fikayo Tomori (tarbiyalanuvchi) - «Milan» 28,8 mln. yevro to‘ladi;

*** Mark Gexi (tarbiyalanuvchi) - «Kristal Pelas» 23,34 mln. yevro to‘ladi;

*** Temmi Abraxam (tarbiyalanuvchi) - «Roma» 40 mln. yevro to‘ladi.

Ijara safarida ma’lum darajada tajriba to‘plagan, lekin «Chelsi» sotib yuborganidan keyin yulduzlik maqomiga ko‘tarilgan futbolchilar toifasiga Kevin de Bryuyne, Tibo Kurtua va Muhammad Salohni kiritish mumkin. Ular - murabbiylar falsafasi qurbonlari (ma’lum vaqtda jamoa uslubiga moslasholmaganlar). Cheki yo‘q «surgun»larda hech narsaga erisholmay, holdan toygan va yakunda arzimas (2-5 mln. yevro) summada sotilgan iqtidorlar ham yetarli. «Doimiy ijara safaridan ma’no yo‘q - har qanday o‘yinchini charchatadi. 22 yoshda umrimni turli jamoalarda o‘tkazayotganimda biror ijobiy jihat sezmadim. Tarkibdan joy olishning iloji yo‘q. Chunki har bir jamoaning o‘z o‘yinchilari bor», - degandi Piazon alam bilan. O‘tgan qishda ham «Chelsi» ixtiyoridagi 21 nafar yigit ijara safarida edi. Ularning 10 nafari 21 yoshdan katta: Natan Bakster, Jeyk Klark-Solter, Emerson Palmeri, Mettyu Miazga, Baba Rahmon, Xuan Kas­tilyo, Dujon Sterling, Tyemue Bakayoko, Denni Drinkouter, Mishi  Batshuayi. Shulardan 4 nafari klub tarbiya­lanuvchisi ekanligi hisobiga «Chelsi» yozga cheklov qoidalarini buzmagan holda yetib keldi. Ayni payt «ko‘klar»ning 13 nafar vakili «surgun»da bo‘lsa, faqat 3 nafari yangi qoidalar talabiga mos. 

«Atalanta» ham yangi qoidalarga moslashishda qiynaladi. Binobarin, hozir Bergamo jamoasiga tegishli 35 nafar futbolchi (oldinroq ikki baravar ko‘p edi!) ijara safarida. Nyutonning aytishicha, vaqtida boshqa klublar bu masala yuzasidan «Chelsi»ga murojaat qilgandi. Qishgacha «Atalanta» tizimidagi 64 nafar futbolchi ijara kelishuvi bo‘yicha o‘ynaganini inobatga olsak, jamoa londonliklar ko‘magidan samarali foydalangan. Bergamoda keng ko‘lamli islohotlar 2016 yili, Jan-Pyero Gasperini davrida boshlandi: klub avvaliga yosh iqtidorlarni o‘z akademiyasida tarbiyalashni mo‘ljallagan, lekin bu oson emasligini tezda tushunib, siyosatni o‘zgartirgandi. Gasperiniga jismonan baquvvat va aqlan yetuk iqtidorlarni topishda «Chelsi» tizimi qo‘l keldi. «Atalanta» Wallabiles skautlik xizmati bilan hamkorlik o‘rnatib, yosh futbolchilar bozoriga chiqdi. Natijada 2019 yili klub tizimida shug‘ullanayotgan 76 nafar futbolchi (!) ijara safariga jo‘natildi. Asosiysi, strategiya ish berdi:

*** Alessandro Bastoni (31,1 mln. yevro) va Roberto Galyardini (20,5 mln. yevro) «Inter»­ga yo‘l oldilar;

*** Frank Kessiye 32 mln. yevro evaziga «Milan»ga ketdi;

*** Deyan Kulushevski uchun «Yuventus»dan 35 mln. yevro olindi.

Umuman, so‘nggi yillar ijara kelishuvlari ortidan hech qaysi jamoa «Atalanta»dek katta daromad topgani yo‘q. Klub hattoki, koronavirusli 2020 yili ham musbat balansda edi. «Atalanta» ijara shartnomalari soni bo‘yicha ham top-klublar orasida yetakchilik qilmoqda. Aksariyat futbolchilar - akademiya bitiruvchilari va 21 yoshdan oshmagan iqtidorlar. Muhimi, ularga talab yuqori. Har holda, «Atalanta» maktabining nufuzi chakki emas, kamtarin jamoalarda futbolchilarga nisbatan qiziqish kuchli, ularning o‘zlari ham tezroq maydonga tushishga moyillar. Italiya klubi hozircha yangi qoidalarga rioya qilmoqda, chunki uning futbolchilari asosan mamlakat ichida ijara muddatini o‘tashmoqda. Hattoki, Aleksey Miranchukning o‘tishi ham bunga ta’sir etmaydi.

«A» seriyada «Inter» ham yaxlit ijara tizimiga ega, faqat ishlar hajmi «Atalanta»nikidan kamroq. Qishda 47 nafar «neradzurra» ijara safarida edi, hozir bu son 29 nafarga tushdi. Shuningdek, «Yuventus», «Sassuolo», «Jenoa» va «Napoli» ham ijara kelishuvlarida faol. 


QOIDANI QANDAY CHETLAB O‘TISH MUMKIN?

«Manchester Siti» va «RB Leypsig» klublari ortiqcha xavotirga tushmasa ham bo‘laveradi. 21 yoshdan kichik mahalliy tarbiyalanuvchilarga berilgan yengillik bu klublarga ijara siyosatida erkin ish tutish imkoniyatini beradi. Biroq qoida barchasini qayta shakllantirishni talab etadi, baribir. Bu ijara asosida futbolchi oluvchiga ham, beruvchiga ham muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Yangi qoidalarni chetlab o‘tish mumkin, ayniqsa, bitta homiy tasarrufidagi jamoalar. Masalan, «Manchester Siti» o‘z o‘yin­chilarini bemalol City Football Group konsorsiumi tarkibidagi jamoalarga yuborishi va qaytarib olishi mumkin. Guruh tarkibida esa naq 12ta klub bor - «Nyu-York Siti», «Palermo», «Jirona», «Trua», «Mumbay Siti»... Shuningdek, «Red Bull» tasarrufidagi «RB Leypsig» va «Zalsburg» ham bu imkoniyatdan foydalanishga haqli. Avvallari bu klublar ijara shartnomasi asosida futbolchi almashardi, endi qisqa muddatli transferni rasmiylashtirish imkoni ham bor.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:30, 11.10.2022. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик