Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Onam mening qo‘limda vafot etdi". Blashikovskining ayanchli hikoyasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 Yakub Blashikovskini kamida 5 yil ilgari futbol tomosha qila boshlagan muxlislar ham tanisa kerak. Uning faoliyatidagi eng yuqoi cho‘qqi "Borussiya Dortmund" bo‘lgan. Uning faoliyatidan ko‘ra hayot hikoyasi ko‘proq mashxurlikka erishgan. Quyida "Kuba"ning shaxsiy hayotida sodir bo‘lgan ayanchli voqea haqida so‘z yuritamiz.

Yakub o‘zi o‘ynagan jamoa muxlislarining sevimlisi edi va shuningdek, Polsha terma jamoasi sardori ham bo‘lgan. Blashikovski har safar gol urganida qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, osmonga ishora qiladi. Kuba - muxlislari uni shunday chaqirar edi. Maydonda uning kurashuvchanligi doim muxlislarga yoqqan. U yengilish haqida o‘ylamas edi. Yakub bolaligidan shunday bo‘lgan, chunki 10 yoshida u dahshatli fojiani boshdan kechirgan va guvohi bo‘lgan. 

"Onam so‘nggi nafasini quchog‘imda oldi"

Kuba Polsha janubidagi Truskolaj nomli kichik shaharchada o‘sgan. Bir necha ming kishilik qishloqda hamma bir-birini taniydi, shuning uchun qo‘shnilarning e’tiboridan hech narsani yashirishning iloji yo‘q edi. Shunday qilib,  mahalliy bozorda Zigmund Blashikovski (Yakubning otasi) mast holda yurgani haqidagi gaplar qishloqda ko‘p ovoza bo‘lardi.

Bir kuni Zigmund Blashchikovskiga qarindoshlarining to‘yida bir erkak uning xotini bilan noz-karashma qilayotgandek tuyuldi. Yoqubning otasi o‘sha erkakni urib to‘yni buzdi (bizning ba’zi to‘ylarda uchrab turadigan janjal kabi). Shu tufayli u ishidan: mahalliy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi lavozimidan bo‘shatilgandi.

Yana ichkilikbozlikdan keyin uyga kelgan Zigmund xotinini kaltaklashni boshlagan. Shu daqiqalarda uning ikki o‘g‘li shunchaki o‘z xonasiga yashirinib shunchaki yig‘lashardi, chunki ular otalariga qarshilik ko‘rsatish uchun juda kichkina edilar. Odatda hamma narsa yuzga shapaloq urish bilan cheklanar edi. Lekin qachondir buning oqibati og‘ir bo‘lishi turgan gap edi.

Men ikkinchi qavatda o‘ynab yurgan edim, ota va onamning janjallashayotganini eshitdim. Deraza ochiq, hovlida ular nima haqida gapirayotganini eshitib turardim. Otam onamga baqirardi. Keyin onamning qichqirig‘ini eshitdim. Men darhol pastga yugurdim. Otamning qo‘lida pichoqni ko‘rdim. Onam yerda yotar edi. Men darhol hamma pastga tushsin deb baqirdim, chunki onam qonga belangan edi. Yugurib onamning oldiga kelib, qon oqayotgan qo‘lini oldim. U oxirgi uch nafasini oldi... va keyin jimjitlik. Sukunat. Onam mening qo‘limda vafot etdi", - deb eslaydi Kuba o‘z tarjimai holida.

Zigmund xotinini pichoqlab qo‘ygan edi. Pichoq aorta tomirini kesib o‘tgandi. Kuba bu voqeaning guvohi bo‘lganda o‘n yoshda edi. Keyin ancha vaqt Kuba o‘ziga kela olmagan. Shu vaqt davomida uning boshidan bitta savol ketmadi: «Nega?». Ota 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, bu vaqt davomida o‘g‘li uni hech qachon ko‘rmagan.

Blashikovskini buvisi va amakisi Yerji Bechek tarbiyalagan, u o‘zi futbolchi bo‘lgan va Polsha terma jamoasida o‘ynagan. Aynan u jiyanining "Krakov Visla"ga o‘tishiga hissa qo‘shgan, yarim himoyachi keyinchalik «Borussiya» klubiga o‘tgan. 

Blashchikovski o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan

Kuba 14 yoshida uydan qochib ketgan. Avvaliga futbol u uchun ko‘p nrsa bermagan, u o‘zining yo‘ldan ozganligi va qo‘pol xarakteri uchun akademiyalardan haydalgan. Blashikovski uydan qochib odamlar yo‘q joyga borgan. U yerda bo‘sh shisha topib, uni sindirdi, keyin ... Qo‘lidagi qonni ko‘rib, u shisha parchasini tashlab yuborgan. O‘smir vahimaga tushib, xato qilayotganini anglagan. Bilagidagi chandiqlar hamon o‘sha kunni eslatadi.

"Onamning o‘limidan so‘ng men yashashga bo‘lgan umidimni yo‘qotdim. Bu sinov paytida men xatolarga yo‘l qo‘yganman. Va yaralar buni unutishga imkon bermaydi. Buvim va amakim menga yordam berishdi va men doimo minnatdorman. "Qiyinchiliklar meni yanada kuchliroq qildi, irodamni chiniqtirdi", deydi Blashikovski.

Zigmund 2011 yilda qamoqdan ozod qilingan. Kuba otasini hech qachon kechirmagan va u bilan birga yashashni istamagan. Ammo ko‘p o‘tmay, ular Polshadagi futbol turnirlarining birida tasodifan uchrashishdi, u erda Blashikovskining akasi to‘p surardi. Yarim himoyachi otasiga faqat bitta savol berdi: "Nima uchun?" U javob eshitdi: "Bu sizlar o‘ylagan narsa emas". Shundan so‘ng Kuba otasi bilan umuman ko‘rishmagan.

Bu ularning onalari vafotidan keyingi yagona suhbati edi. O‘sha uchrashuvdan bir yil o‘tib Zigmund vafot etdi. Qamoqxonada u jigar sirrozi bilan kasallangan va og‘ir kasalligi sabab qamoqdan ozod qilingan.

"Men o‘zimdan tez-tez so‘rardim, agar men kuchliroq va kattaroq bo‘lganimda, qotillikning oldini olardimmi? Lekin oychan kayfiyatdagi bu savollardan foyda yo‘q edi. Men har doim aytaman: hayotning haqiqiy qiymatini bilish uchun siz qiyinchilikni his qilishigiz kerak. “Albatta, men dunyodagi eng og‘ir taqdirga ega odam emasman.

Kuba mahalliy klubni qutqardi

Blashikovskiga qiyin damlarda uni buvisi va amakisi qo‘llab-quvvatlab, jamiyatga qaytishiga yordam berdi. Ammo hamma ham yordam berishga tayyor bo‘lgan yaqin odamlarni topa olmaydi. Kuba  pul ishlashni boshlashi bilanoq, u darhol Polshada yordam fondini ochdi.

Jamg‘arma zo‘ravonlikka uchragan va o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylagan voyaga etmagan bolalarga yordam beradi. Kuba kambag‘al o‘smirlarga muntazam ravishda moddiy yordam beradi, yigitlarga normal hayot kechirishlariga imkon beradi, shuningdek, barchaga psixologik yordam ko‘rsatadi.

Kuba o‘z ona shahridagi "Visla" futbol jamoasiga ham yordam ko‘rsatdi, u 2019 yilda tug‘ilib-o‘sgan joyiga qaytib keldi. Futbolchi oyiga 100 yevro maosh evaziga futbol o‘ynashga rozi bo‘lgan - Polsha qonunlariga ko‘ra, eng kam maosh 100 yevro bo‘lgan va bundan kam oylik berish ta’qiqlangan. Klubning ishi yanada og‘irlashganda, Blashchikovski kerakli miqdorda pul topib, jamoani qarzlari bilan birga sotib oldi va uni bankrotlikdan qutqardi.

Endi Kuba ham futbolchi, ham «Visla»ning egasi, klubni Polsha oliy divizioniga qaytarish niyatida. Polyakning karyerasi ko‘pchilik uchun allaqachon tugagan, lekin u hali madonga tushadi, hali gol urish instinktini yo‘qotgani yo‘q. Har bir urilgan goldan keyin u qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, osmonga ishora qiladi va onasini hotirlaydi.

Mirjalol Pardaboyev internet materiallari asosida tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:13, 17.10.2022. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик