Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bavariya»ning rekordchi debyutanti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundesliga doirasidagi «Bavariya» - «Shtutgart» qarama-qarshiligida maydon egalarining 17 yoshli hujumchisi Matis Tel o‘yin qahramonlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida yosh debyutant Alfonso Devisning uzatmasiga «labbay» deb javob qaytargan holda hisobni ochdi.

Ha, Myunxen grandi yana muhim ochkolarni havoga uchirdi: 90-daqiqada 2:1 hisobida oldinda borayotgan mezbonlar himoyachisi de Ligt jarima maydonchasi ichida o‘yin qoidasini buzdi, hakam 11 metrli jarima zarbasini belgiladi, mehmonlar hujumchisi Seru Girassi esa uni golga aylantirdi - 2:2. Shu tariqa «Bavariya» qatorasiga 3-durangga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Tabiiyki, jamoa muxlislarini joriy mavsum startidagi natijalar mutlaqo qoniqtirmasliklari aniq. Ustiga-ustak, grand qimmatli ochkolarni boy berish bilan yakunlangan 3ta o‘yindan keyin o‘rtamiyona «Augsburg»dan dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Natijada Bundesligadagi intriga yanada kuchayib ketdi.

Lekin shaxsan Matis Telning mazkur omadsizlikda aybi yo‘q - oxirgi o‘yinda u maydonga tushmadi. Aniqrog‘i, tushirilmadi. Vaholanki, Yulian Nagelsmann noyob iqtidor sohibidan mavsumda kamida 10ta gol kutishini bayon etgandi. Demak, «Bavariya»ning yangi a’zosi bilan yaqindan tanishish payti keldi:

-  Matis 17 yosh, 136 kunlik paytida Bundesliga uchrashuviga boshlang‘ich tarkibda tushdi va gol urdi. «Bavariya»ning asosiy tarkibidan bu qadar barvaqt joy olish va gol urish klub tarixida shu paytgacha hech qaysi futbolchiga nasib etmagandi;

-  Sal avvalroq Tel Germaniya Kubogi turnirining 1-raundida Kyolnning «Viktoriya» jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi. O‘shanda navqiron hujumchi 17 yosh, 126 kunlik edi. Bu ham «Bavariya»ning mazkur musobaqadagi eng yosh goli bo‘ldi. (Hisob-kitob 1965 yildan beri yuritilmoqda)

Matis Tel myunxenliklar safiga shu yilning yozida keldi: u uchun jamoa «Renn»ga 20 mln. yevro to‘ladi. Bundan tashqari, yana 8,5 mln.li bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Ehtimol, hozir Matis dunyoning eng qimmatbaho 17 yoshli futbolchisidir - «Borussiya» Jud Bellingem uchun 25 mln. sarflagandi, Telning bahosi esa bonuslar bilan 28,5 mln.ga boradi.

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning kayfiyati chog‘: «Biz yosh va iqtidorli futbolchilarni topishga intilamiz. Maqsadimiz , ularni jahon miqyosidagi professionallar qatoriga olib chiqish. Yaqin kelajakda Tel har mavsumda 40tadan gol uradigan to‘purarlar safidan joy olishiga ishonaman. Joriy mavsumda 10ta gol ursa, behad mamnun bo‘lardim».

Murabbiyning fikricha, Matis oldingi chiziqda istalgan pozisiyasida samarali o‘yin ko‘rsatishga qodir. Klub mutasaddilari uni Mbappega tenglamoqdalar.

Tel 13 yoshli paytida himoya markazida to‘p surardi. «Renn»da u hozir «Real»da o‘ynayotgan Kamavingadan avvalroq o‘z debyutini nishonlagandi. «Renn»ga o‘tishidan avval u «Parij»ning himoya chizig‘ida skautlar e’tiborini tortgandi. Agent Gadiri Kamara o‘sha paytdayoq «Renn»ga olib kelgan bo‘lsada, yoshi Liga1 talabiga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli, yana 2 yilni poytaxtda o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.

Yangi jamoada iqtidorli himoyachi hujum chizig‘iga tezda moslashib oldi.

«Biz Telning qat’iyatli o‘yinchi ekanligiga, gollar urib, o‘yin taqdirini hal qila olishiga ishonch hosil qilgandik. Aynan shu qobiliyati unga oldingi chiziqqa o‘tish imkoniyatini berdi. Hozir Matis samarali universal o‘yinchiga aylandi: hujumda ham, o‘rta chiziqda ham sermahsul o‘yin ko‘rsata oladi», - deydi Kamara.

«Telning yorqin faoliyat yuritishini ta’minlaydigan oladigan ixtisosni hozircha aniqlay olmadik. Nazarimda, u «o‘ntalik» pozisiyasida o‘zini erkin his etadi», - degandi agent 1 yildan keyin.

Hozir Telni ko‘proq hujum markaziga mos deyishmoqda.

Matis bolalik yillaridan beri Tyerri Anrining muxlisi. Uni Liga1dagi noyob iqtidorlarning biri deb hisoblashadi. Matis o‘tgan mavsumda, Eduardo Kamavingadan 1 oy oldin o‘z debyutini nishonlagandi. Ya’ni, 2021 yilning avgustidagi «Renn»ning «Brest»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushganida, 16 yosh, 110 kunlik yigitcha edi. Liga1ning 11-eng yosh debyutanti tez orada 2024 yilgacha mo‘ljallangan dastlabki professional shartnomani rasmiylashtirdi.

«Renn»ning asosiy jamoasida Matis 10ta o‘yinda 79 daqiqa to‘p surib, natijaga erisha olmadi. Lekin o‘rinbosarlar jamoasidagi 6 uchrashuvda 6ta gol urdi.

Bundan tashqari, Tel Fransiya 17 yoshlilar terma jamoasining sardori edi (9ta o‘yin, 5ta gol). U o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida yorqin o‘yin ko‘rsatib, chempionlikka 2tadan gol va samarali uzatmalari bilan hissa qo‘shgandi.

Sobiq ustozlarining fikricha, Matis Telning o‘yinlari kamchiliklardan xoli, faqat ayrim jihatlari hozircha mukammallik darajasidan pastroq.

«Matisda asl bahodirlarga xos fazilatlar bor. U o‘z yoshiga nisbatan ancha baquvvat. Matis juda tez va ko‘p yugurishga qodir. g‘oyadan ko‘zlagan asosiy maqsadimiz , uning o‘yinni ko‘ra olish qobiliyatini 360 gradusga yetkazish, sezgirligini yanada oshirishdan iborat», - degandi «Renn» o‘rinbosarlar jamoasi murabbiyi Romen FerrYE.

Aftidan, Nagelsmanning mavsumdagi 10ta gol orzusi ro‘yobga chiqadigandek - Tel asosiy jamoadagi faoliyatini boshlab yubordi. Uslub jihatidan u Robert Levandovskiga umuman o‘xshamaydi. Lekin polshalik goleador yo‘qligi oqibatlarini bartaraf eta oladi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:58, 20.10.2022. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик