Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 46
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 36
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chiroqni o‘chiring, «svet»ni tejang

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sanksiyalar va Yevropaning 40 foizini gaz va neft mahsulotlari bilan ta’minlaydigan Rossiyada bu mahsulotlarni chetga chiqarish pasayib ketganligi bir qator mamlakatlarda kommunal xizmatlar bahosining bir necha barobar oshib ketishiga sabab bo‘ldi.

Fevral oyida Germaniyadagi 1 oylik elektr haqi o‘rtacha 127,78 yevro bo‘lsa, avgust­da 469,35 yevroga yetdi. Angliyada kommunal xizmatlar bahosi 80 foizga ko‘tarilishi (yiliga 2500 funt) taxmin qilingandi. YEI a’zolari energosektorga tushayotgan nagruzkani yengillatish maqsadida turli chora-tadbirlarni ishlab chiqdilar va ishlab chiqmoqdalar. Masalan, Germaniya uy xo‘jaliklari, kichik va o‘rta biznes korxonalariga gaz uchun 1 oylik to‘lovni joriy etib, uni amalga oshirish uchun 96 mlrd. yevro ajratishni mo‘ljallamoqda. Britaniyada elektr quvvati uchun yagona to‘lov tizimi ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolarni uylaridagi isitish moslamalarini bir necha gradusga pasaytirish, jamoat joylarida termostatlar, issiq suv berish manbalarini o‘chirib qo‘yishga chorlab, umumiy tejamkorlikka erishish mo‘ljallanmoqda. 

Yevropa davlatlaridagi energiya tanqisligi futbol klublariga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamoalar kirib kelayotgan qish faslidan chiqib olish yo‘llarini izlamoqdalar. OAV hozirgi vaziyatni so‘nggi chorak asrdagi eng murakkab davr sifatida e’tirof etmoqdalar. Eng badavlat kishilar ham hozirgi sharoitga moslashishga urinmoqdalar.


Futboldagi chora-tadbirlar: o‘yinlar vaqtini o‘zgartirish, projektorlar evaziga tejamkorlikka erishish

Yevropadagi ko‘pchilik ligalar stadionlarda projektorlardan iloji boricha kamroq foydalanishga qaror qildilar. Arenalarni yoritish reglamenti turli ligalarda bir-biridan farq qilsada, oliy divizion jamoalariniki 1500dan 2500 lyuks energiya talab qiladi. UYEFA standartiga ko‘ra, YECHL uchrashuvlarini qabul qiladigan arenalar yorug‘ligi 2000 lyuksdan yuqori bo‘lishi shart. Bundesligadagi minimal yoritilganlik 1600, 2-Bundesliganiki 1200 lyuks. Futbol maydonining o‘lchami 7140 kv.m. (105x68). Demak, arenani yoritish uchun 14280000 (7140x200) lyumen yoki 150,300 kvt. energiya talab etiladi. Standartga ko‘ra, barcha stadionlarda projektorlardan foydalaniladi. Hatto uchrashuv 12:00da boshlansa ham, projektorlar ishlaydi. Chunki teletasvirlar doimo bir xil bo‘lishi lozim.

Endi top-chempionatlardagi tejamkorlik tadbirlari bilan tanishamiz.


Italiya

«A» seriyasi mutasaddilari o‘yin bo‘ladigan kunlarda projektorlardan foydalanish uchun 4 soatlik limit belgiladilar: agar uchrashuvlar 12:30dan 18:00gacha bo‘lgan vaqtda boshlansa, projektorlarni o‘yin boshlanishidan 1 soat avval yoqiladi. 18:00dan keyin boshlanadigan o‘yinlarda yoritgichlar 1,5 soat avval yoqiladi. Ilgari doimo 1,5 soat avval yoqilardi. Yangi qoida qudratli yoritish moslamalaridan foydalanish vaqtini taxminan 25 foizga kamaytiradi.

Lorenso Kazini, «A» seriyasi prezidenti: «Hozirda stadionlarni yoritish zarurati jumladan, VAR tizimi va golni aniqlash uskunalarining to‘g‘ri ishlashi uchun ham kerak. Shu bois, biz yoritish tizimidan o‘yindan avval va keyin imkon qadar ozroq foydalanishga intildik. Bu faqat boshlanishi. Biz energiya tanqisligidek og‘ir damlarda boshqalarga ibrat bo‘lishimiz lozim».

«S» seriyasida umuman, barcha uchrashuvlarni kunduzgi vaqtlarga ko‘chirib, elektr iste’molini iloji boricha kamaytirishga qaror qilishdi. «Verona» rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda: o‘tgan mavsumda stadionning energota’minoti 450000 yevroni tashkil etgandi, joriy mavsum yarmiga yetmay turib, xarajat 900000ga yaqinlashib qoldi. Lekin «A» seriyasida TV kontraktlar tufayli o‘yinni kunduzgi vaqtga ko‘chirishning iloji yo‘q.


Germaniya

Olmon yurtida ham projektorlardan foydalanish borasida cheklovlar joriy etilgan. Nyurnberg shahar kengashi stadiondagi chiroqlar uzog‘i bilan 21:00ga qadar yonishini belgilab qo‘ygan. Shu sababli mahalliy klub uy uchrashuvlarini vaqtliroq o‘tkazmoqda.

10 oktyabrda bo‘lib o‘tgan «Gerta» - «Frayburg» bellashuvida tribunalardagi yoritish uskunalari o‘chirib qo‘yildi, faqat maydonni yoritildi. «Biz 15:30da boshlanadigan o‘yinlarda bir nechta projektorlarni qisqartirdik. Endi 17:30da boshlanadigan o‘yinlarda buni sinab ko‘ramiz», - dedi «Gerta» vakili Markus Yung.

Xuddi Italiyadagi kabi, Bundesligada ham tejamkorlik yo‘lidagi cheklovlarni tatbiq etishning iloji yo‘q. Chunki ayrim arenalar klub ixtiyorida emas. Lekin jamoalar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa variantlardan foydalanishmoqda.

Lekin muammolar baribir mavjud va ancha jiddiy. Ha, 1 oyga cho‘ziladigan JCH-2022 turniri klublarga sezilarli tejamkorlik imkoniyatini beradi, ammo undan keyin o‘yinlari o‘tkazilishi shart. DFLning sobiq direktori Andreas Rettig tub o‘zgarishlar variantini taklif etdi: chempionatni «Bahor-kuz» tizimiga o‘tkazish.

«Siz martdan dekabr oyigacha o‘ynaysiz va projektorlar, maydon ostini va xonalarni isitish uchun sarflanadigan neft va gazni tejab qolasiz», - dedi u.


Angliya

APL klublaridan tejamkorlikka oid biron-bir rasmiy bayonot olingani yo‘q. Lekin ularga projektorlar ish vaqtini kamaytirish xususida ko‘rsatma berilgani haqida xabar bor. Chempionship, 1- va 2-ligalar tasarruffini o‘z zimmasiga olgan Angliya futbol ligasi (EFL) barcha jamoalar bilan uchrashgach, «Mensfild» uy uchrashuvlarini 15:00da emas, 13:00da boshlaydigan bo‘ldi. Boshqa jamoalar shu kabi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kirishdilar. Biroq liga ularni shoshma,shosharlik bilan qaror qabul qilmaslikka chaqirdi. EFLdagilar fikricha, o‘yinlarni barvaqt boshlash bir qarashda to‘g‘ri qarordek tuyuladi: o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishni yo‘lga qo‘yish mumkin (hozir 15:00dan 17:00gacha bo‘lgan o‘yinlar TVda namoyish etilmaydi), ammo ikkinchi tomondan, chiptalar sotuvi va matchdeydan tushadigan daromaddan judo bo‘linadi. Bundan tashqari, jamoa o‘yin arafasida mehmonxonada tunashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa qo‘shimcha xarajat, yakunda tejamkorlik nolga aylanadi.


Ispaniya

Biroq hamma ligalar yangi voqe’likka moslashish niyatida emaslar. Masalan, Ispaniyada energoresurslarni tejashga oid biron-bir chora ko‘rilgani yo‘q. Ular pandemiyadan ibrat olmoqdalar. O‘shanda hukumat futbolga o‘ta ko‘ngilchanlik qilgandi. Chunki aynan futbol uchrashuvlariga yo‘l olish kishilarni birlashtiradi va dunyoda yuz berayotgan noxushliklardan chalg‘itadi.

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 03.11.2022. O'qildi: 2772 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.