Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joriy mavsumda Joau Felish qanday o‘ynamoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uch yil avval «Atletiko» o‘zi uchun rekord bo‘lgan 127 mln. yevro evaziga «Benfika»dan Joau Felishni xarid qilgandi.

Uch yil avval «Atletiko» o‘zi uchun rekord bo‘lgan 127 mln. yevro evaziga «Benfika»dan Joau Felishni xarid qilgandi. Bu Neymar (222 mln.), Mbappe (180 mln.) va Koutinyo (135 mln.)lardan keyingi 4-qimmatbaho kelishuv. Endi Joau o‘ta nochor vaziyatga tushib qoldi.

Joriy mavsumda Felish qanday o‘ynamoqda?

Hozir hujumchi 4-mavsumni «matraschilar» libosida o‘tkazmoqda. Shu davr ichida Joau YECHL va ichki chempionatda muhim rol o‘ynagan uchrashuvlar ham bo‘ldi. Biroq hozir u boshlang‘ich tarkibdan chetda, o‘yin amaliyoti juda pasayib ketdi. Joriy mavsumda 12 marta maydonga tushgan bo‘lsada, birorta gol ura olmadi. Vaholanki, «Xetafe»ga qarshi start bellashuvida 3ta assistni amalga oshirib, muxlislarda sermahsul mavsumga umid uyg‘otgandi. Oradan ikki oy o‘tgan bo‘lsada, natija o‘zgarmadi.

Avvaliga Simeone portugaliyalik shogirdiga yetarli imkoniyat berayotgandi, ammo u ishonchni oqlay olmadi.

Oktyabrda Felish atigi 37 daqiqa to‘p surdi. Bosh murabbiy uni zaxirada qoldirib, «Sevilya»ga qarshi 3, «Bryugge»ga qarshi 10, «Jirona»ga qarshi 16, va «Atletik»ka qarshi 8 daqiqaga maydonga tushirdi. Ikki uchrashuvda Joau maydonga tushirilmadi. Birorta o‘yinda u ko‘proq o‘ynashga loyiq ekanligini isbotlay olmadi, oldingi chiziqdagi raqobatchilaridan ortda qolib ketdi. Xullas, murabbiyning qarorlari o‘rinli edi.

Qayd etilgan natijalar ham Felish foydasiga emas. Joriy mavsumda Morata 5ta, Grizmann 4ta, Korrea 3ta gol urdi, Joau esa hamon «quruq». Simeonedek «suvni ko‘rib etik yechadigan» mutaxassis uchun uni zaxirada qoldirishga ishonchli dalil. Murabbiy portugaliyalik shogirdidan sportchilarga xos badjahllikni, maydonga tushishga haqli ekanligini isbotlash uchun mashg‘ulotlarga zo‘r berishini kutgandi. Biroq Felish biron-bir intilishni namoyish etmadi. «Bryugge» bilan kechgan YECHLning 4-tur bellashuvida (0:0) murabbiy so‘nggi o‘yinchini almashtirgach, yana maydonga tushirilmagan Joau jahl bilan ichki libosini maydonga uloqtirdi. Portugaliyalik futbolchining bu bema’ni qilig‘i xususidagi kasbdoshimiz savoliga Simeone xotirjamlik bilan javob qaytardi: «Men hech narsani ko‘rganim yo‘q. Bu borada umuman gaplashishni istamayman».

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi qanday o‘ynashi lozimligiga Korrea ideal misol bo‘la oladi. U Felishga nisbatan ancha oz (596ga qarshi 420 daqiqa) vaqtni maydonda o‘tkazgan bo‘lsada, 3ta gol urishga ulgurdi. «Jirona» bilan bo‘lgan bellashuvda (2:1) Simeone Anxelni boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushirdi, shogirdi esa dubl bilan javob qaytardi.

«Anxel ko‘pincha zaxiradan maydonga tushadi, ammo doimo talab darajasida to‘p suradi. Maydon tashqarisidagi darg‘azablik alamini u o‘yindan oladi. Mana shu munosabati bilan jamoamizdagi yuksak talabga javob berishga intiladi», - degandi Simeone mamnunlik bilan.

Ko‘pchilik bu e’tirofni Felishga yo‘llangan da’vat sifatida qabul qilishdi. Portugaliyalik hujumchi zaxira o‘rindig‘ida Korrea bilan yonma-yon o‘tirsada, fe’l-atvori tamoman o‘zgacha. Maydonga u qandaydir g‘amgin kayfiyat bilan tushadi, hafsalasizlik bilan harakat qiladi va kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmaydi. «Jirona»ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Korrea o‘rniga maydonga tushganida, «Atletiko» muxlislari uni hushtakbozlik bilan kutib olishgandi. Boisi, Joau jamoa o‘yinini kuchaytira olmayapti.

Ispaniyadagilar Felish haqida qanday fikrdalar?

«Felishning o‘yin vaqtiga nazar tashlasangiz, «Yo tavba, bu qanaqasi?» deya xitob qilgingiz keladi. Afsuski, Joauning hozirgi saviyasi klub talablariga mos kelmaydi. Agar sen maydonga kam tushayotgan bo‘lsang, es-hushingni yig‘ib olginda, kamchiliklaringni tuzatishga intil, murabbiy senga imkoniyat bermay, xato qilayotganiga ishontir. Felishda shunaqa intilish yo‘q. Agar uni sotib yuborish varianti ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, bu hujumchiga qaysi nodon katta mablag‘ ajratishi asosiy bosh og‘rig‘i bo‘ladi», - degandi ispaniyalik jurnalist Aris Gabilondo.

«Ehtimol, u hozirgi «Atletiko» tarkibidagi eng iqtidorli o‘yinchidir. Uni o‘z nomini klub tarixiga zarhal harflar bilan bita oladigan o‘yinchi sifatida xarid qilgan edilar. U esa zaxira o‘rindig‘ini isitishdan boshqasiga yaramayapti. Felish mavsumni o‘ta muvaffaqiyatli boshlagandi. Biroq keyin batamom aynidi. Hujumchi jiddiy muammolar changalida. Bu nafaqat sport jihatlari, balki ruhiyatiga ham taalluqli. «Atletiko» Felishni xarid qilganida, Simeone «Grizmanning yangi nusxasi»ni ko‘rishdan umidvor bo‘lgandi. Har bir futbolchi - o‘zgacha olam. Joauga nimadir bo‘ldi. O‘ta iqtidorli va nostandart o‘yinchi Madriddagi salkam 4 yil davomida o‘z salohiyatini yuzaga chiqara olmayapti. Ayrim yorqin harakatlari tufayli, unga porloq kelajakni bashorat qilishgandi. Ammo u Grizmann emasligi aniq. Fe’l-atvori ham, o‘ynash qobiliyati ham o‘zgacha. Felishning Simeonedan doimiy noroziligi futbolchi bilan murabbiy o‘rtasidagi qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda», -  deb yozdi Mundo Deportivo nashri. 

«Atletiko»ni Diyego Simeonesiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Ha, o‘yin jihatidan olganda, «matraschilar» o‘ta jozibador jamoa emas. Ammo natijaga erisha oladi. Uni nafaqat Ispaniya, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham hurmat qilishadi. Felishning muammosi shundaki, raqobatchilar o‘ta kuchli o‘yinchilar. Bundan tashqari, Joau faqat o‘zini o‘ylaydi», - dedi ispaniyalik yana bir kasbdoshimiz Migel Martin Talavera.

Endi nufuzli AS ning yuzaga kelgan vaziyatga bergan bahosi bilan tanishing: «7 sentyabrda YECHL doirasidagi «Portu»ga qarshi bellashuvda  Simeone Felishni alishtirganda, muxlislar bu voqeani hushtakbozlik bilan kutib oldilar. Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, hujumchi maydonda ko‘rinmay qoldi, bunda murabbiyning aybi yo‘q. Ochig‘i, Joau jamoaning 5-hujumchisiga aylandi. Vaholanki, mavsum startida buni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Hujumchi hamon talab darajasida o‘ynay olmayapti.

Klub ham ikki o‘t orasida. Simeone ulkan vakolatlarga ega bo‘lgan taniqli mutaxassis. Haqiqat shuki, Felishning nufuzi tobora pasayib bormoqda. Murabbiy bilan yetakchi o‘yinchilardan biri o‘rtasidagi kelishmovchilik hech kimni qiziqtirmaydi. Aftidan, hozir va JCH tufayli yuzaga keladigan tanaffusgacha muammoga oydinlik kiritish lozim. Felish vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartiradi yoki jamoani tark etadi».

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:09, 14.12.2022. O'qildi: 1696 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик