Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Metin irodali jamoalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bilasizmi? Buyuk g‘alabalarga erishish yo‘li juda notekis. Shu bilan birga murakkab. Buning uchun tinimsiz mehnat, iloji boricha xatolarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Qolaversa, yillar davomida orttirilgan tajriba ham ulkan g‘alabalarga erishish uchun juda qo‘l keladi. Qadimgi Xitoy donishmandi Konfusiy aytganidek, yagona va mudhish xato avvalgi xatolarni to‘g‘rilamaslikdir.

Braziliya Xorvatiya darvozasini ishg‘ol qildi. Jindek xotirjamlikka berildi. Natijada munosib jazolandi. Holbuki biz yarim finalda Janubiy Amerika el-klassikosini kutayotgan edik. To‘g‘ri, Braziliyaning tarkibi kuchli edi. Lekin o‘z vaqtida pentakampeonlarda  bundan ham kuchli tarkiblar bo‘lgan. Sokrates, Ziko, Falkao, Junior, Josimar, Toninyo Serezo kabi yulduzlar o‘ynagan tarkib o‘z davrida dunyoning eng kuchli jamoasi edi desam yanglishmayman. Ular bosh murabbiy Tele Santana boshchiligida hamma musobaqalarda favorit edilar. XX asrning eng kuchli o‘nta jamoasi safiga kiritishdi bu jamoani. Faqat hal qiluvchi lahzalardagi omadsizlik Braziliyaning bu oltin avlodini sovrinsiz qoldirdi. Shunday jamoa birorta sovrin yutmaganligiga ishonasizmi? Vaholanki, Ziko jamoadoshlari JCH- 1978, JCH-1982, JCH-1986 musobaqalarining yaqqol favoriti edilar.

Argentina terma jamoasi. Necha yillardan beri Leo Messi va uning jamoasi dunyoda birinchi bo‘lish uchun intilib keldi. Buning uchun mukammal jamoa kerak, albatta. Shaxsan o‘zimda JCH-2022'da o‘ynagan tarkib ana shu ta’rifga munosibdek ko‘rindi. JCH-2018'dagi muvaffaqitsizlikdan to‘g‘ri xulosa chiqargan "albiseleste" ajoyib jamoa shakllantiribdi. Izlangan imkon topadi deydi-ku. 35 yoshni qarshi olgan Leo Messi ayni 25-26 yoshlik davridagidek harakat qildi va jamoasini finalgacha yetaklab bordi.

Bu chemponatning o‘ziga xos tomonidan biri Afrika jamoasi birinchi marta yarim finalga chiqdi. Tag‘in ham kimlarni yarim yo‘lda qoldirib ketdi deng: Belgiya, Ispaniya, Portugaliya.

Mag‘ribliklarning o‘z kuchiga ishonchi tufayli Krishtianu Ronaldudek yulduz azaliy orzusiga yetolmadi. Endi Kilian Mbappe ham ularning imtihonidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu jamoaning shiddati menga JCH-1986'dagi Marokashning shiddatini eslatmoqda. O‘shanda arablar Angliya, Portugaliya, Polsha jamoalari bor "o‘lim guruhi" dan birinchi o‘rin bilan chiqib, nimchorak finalda bo‘lajak vise-chempion Germaniya terma jamoasi bilan tengma-teng kurash olib bordi. Ayrim vaziyatlarda Bundestim darvozaboni Xarald Shumaxer mahorat ko‘rsatdi. Faqatgina 87-daqiqaga kelib nemislar yetakchisi Lotar Matteus jarimadan ajoyib gol kiritib jamoasini chorak finalga olib chiqdi.

Keyin JCH-1994, JCH-1998'da Marokashning ajoyib jamoalarini ko‘rdik. JCH-1994'da Niderlandiya, Belgiya, Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahslarda birorta ochko ololmagan bo‘lsa ham jamoa o‘yin taraflama o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Marokashning haqiqiy kuchini JCH-1998'da ko‘rdik. Jamoa tarkibida Mustafo Hoji, Abduljalil Xadda, Nuriddin Naybet, Salohiddin Bassir, Toxar al-Xollaj kabi yetakchilar Marokashni uzoqroq manzilga olib borishlari mumkin edi. Braziliya, Norvegiya, Shotlandiya terma jamoalari orasida yo‘qolib qolmagan mag‘ribliklar oxirgi daqiqalarda yo‘llanmani boy berishdi. So‘nggi turda Marokash-SHotlandiya o‘yinida 3:0 hisobi qayd etilayotgan paytda, Braziliya so‘nggi daqiqalarda Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunday qilib chempionatda eng chiroyli o‘yinlardan birini ko‘rsatgan, barcha muxlislar hurmatini qozongan JCH-1998'dagi Marokash terma jamoasi alam bilan guruhda qolib ketdi.

Marokashning bugungi g‘alabalari o‘sha alamli xotiralar mahsuli bo‘lgan bo‘lsa ne ajab?

Amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasi ko‘pgina yo‘qotishlar, jarohatlar bilan chempionatda ishtirok etdi. Bu shunday yo‘qotishlar ediki, bu futbolchilarning o‘zidan yana bitta jamoa tuzsa bo‘lardi. Mayk Menyan, Pol Pogba, N'Golo Kante, Lyuka Ernandes, Kristofer  Nkunku, Presnel Kimpembe, Karim Benzema... Bu nomlar bilan Fransiya jahon chempioni ham bo‘la olardi. Yaxshiki, mamlakatda iqtidorli futbolchilar talaygina ekan.

Xorvatlar va Luka Modrich. Mana bunisi boshqa mavzu. 37 yoshda xuddi yosh yigitlardek o‘ynayotgan Modrich haqiqatan ham hurmatga sazovor. Nima bo‘lganda ham Qatar mundiali sizu bizga uzoq vaqt eslab yuriladigan onlarni taqdim etdi. Shunisiga rahmat!

Safarali Siddiqov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:41, 14.12.2022. O'qildi: 2574 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик