Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 40
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Sanderlend 26 37
11 Nyukasl 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Brayton 26 32
14 Kristal Pelas 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishki qaynoq transferlar: biri chempion, biri ishsiz, yana biri...

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida Yevropada sodir bo‘lishi kutilgan qishki transferlar haqida so‘z yuritamiz. JCH-2022 qahramonlari qayerga borishi mumkin? Ro‘yxatda birdaniga uchta jahon chempioni bor, yuqoridagi ikki futbolchi esa hozir ishsiz.

Tez orada Yevropaning yetakchi ligalarida transfer oynasi ochiladi. Qoidaga ko‘ra, qishda yozga qaraganda ancha kam mashhur bitimlar mavjud. Ammo noodatiy vaqtda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati muhim o‘zgarishlar sonini yuzaga keltirishga qodir. Futbolchilardan qaysi biri yaqin kelajakda klubni o‘zgartirishi mumkin?

Krishtianu Ronaldu: erkin agent — «An-Nassr»

Yulduz futbolchi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida erkin agent maqomida edi. Kutilganidek, shov-shuvli intervyu «MYU» rahbariyatini g‘azablantirdi – ular futbolchini ortiq klubda olib qolishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi. Ronaldu shunday futbolchiki u qayerda bo‘lmasin, bu juda qiziq bo‘ladi.

AS xabariga ko‘ra, hozircha Krishtianu faqat bitta rasmiy taklif olgan. U ham bo‘lsa arab diyoridan. Saudiyaning «An-Nassr» klubi porugalyalik yulduzni pulga «ko‘mish»ga tayyor (mavsumiga taxminan 200 million yevro), ammo futbolchining o‘zi hali yakuniy qarorga kelmagan.

Saudiyaliklarning o‘ziga yarasha manfaati bor – ular bunday shov-shuvli transfer ularga 2030 yilgi jahon chempionati uchun mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritishiga yordam beradi, deb hisoblaydi. «An-Nassr» Ronaldu yil oxirigacha taklifni qabul qiladi degan umidda. Portugaliyalik Rojdestvo ta’tilini Dubayda o‘tkazadi - omadsiz jahon chempionatidan keyin tiklanish kerak. Ronaldu keyingi turnirda ham o‘ynashni xohlaydi, garchi bu vaqtgacha u o‘zining 41 yoshini nishonlagan bo‘lsa ham.

Kodi Gakpo: «PSV» — «Manchester Yunayted»

Jahon chempionatiga safar oldidan Gakpo «PSV»da o‘zini yorqin ko‘rsatdi. 23 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismida juda ajoyib statistikaga erishdi - 24 uchrashuv, 13 gol, 17 golli uzatma. Qatarda esa iqtidorli gollandiyalik guruh bosqichidagi har bir o‘yinda gol urgan bo‘lsada, pley-offda samarali harakatlar qila olmadi. «Manchester Yunayted» Gakpoga JCH-2022 oldidan ham qiziqish bildirgan va endi ular «PSV»ning bank hisobini 50 million yevro bilan to‘ldirishga tayyor.

Gollandiya klubi bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Kodi qishki transfer oynasidayoq boshqa jamoaga o‘tishini istisno qilmadi: «Agar menda tanlov bo‘lganida, yozda Gakponing ketishini afzal ko‘rardim, ammo qishki transfer oynasi ham yaxshi variant. Ba’zida shunday nuqtalar bo‘ladiki, unga yo‘q deya olmaysiz».

Aleksis Mak Allister: «Brayton» — «Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Atletiko Madrid»

Jahon chempionati oldidan faqat Premyer-ligani yaqindan kuzatib boradiganlargina MakAllister haqida bilishardi. Argentinalik futbolchi Qatardagi musobaqani zahirada boshlagan bo‘lsa, Lionel Skaloni Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng (1:2) tarkibga tuzatishlar kiritdi va «Brayton» futbolchisiga asosiy tarkibdan muqim joyni ishonib topshirdi. 23 yoshli Aleksis sifatli o‘yin uchun murabbiyga minnatdorchilik bildirdi va turnir yakuniga qadar asosiy tarkibdan tushmadi. Va eng muhimi, endi Mak Allisterning tarjimai holida faxriy unvon - jahon chempionligi mavjud.

«Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Atletiko» - bu klublarning har biri argentinalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. APL yetakchisi bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, Aleksis jamoaning o‘yin tizimiga juda mos tushadi. «Brayton» rejaga yaroqli futbolchiga bunday qiziqishni ko‘rib, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Makallister joriy mavsumda Premyer-ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi. U 2019 yilda «Brayton»da o‘ynagan, ammo shundan so‘ng vataniga bir necha bor ijaraga ketgan.

Emiliano Martines: «Aston Villa» — «Bavariya» yoki Chempionlar Ligasining boshqa klubi

Martines hali ko‘tarilishi aniq, axir «Aston Villa» top klublar qatoriga kira olmaydi. Darvozabonning agenti mijozi Chempionlar ligasi klubida o‘ynashga tayyorligini aytdi. Bir variant - «Bavariya». Nemis grandi mavsum yakuniga qadar Noyerni yo‘qotdi va endi uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda. To‘g‘ri, «Bavariya»ning qisqa ro‘yxatida yana bir nechta munosib nomzodlar bor. «PSJ» zaxira o‘rindig‘ida vaqtini o‘tkazib yuborgan o‘sha Keylor Navas yoki JCH-2022 kashfiyotlaridan biriga aylangan Dominik Livakovich.

Martines 2010 yildan beri Angliyada o‘ynab kelmoqda. U «Arsenal» safida ham harakat qilgan, hozir esa «Aston Villa»da o‘ynaydi. Bir necha bor u «Oksford» yoki «Sheffild Uensdey» kabi oddiyroq klublarga ijaraga berildi. Jahon chempionatida Emiliano Argentina terma jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi, biroq ayni paytda u bir necha bor provokasion xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. 

Sofyan Amrabat: «Fiorentina» — «Liverpul»

Marokash terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida qatnashdi va Amrabat o‘z narxini sezilarli darajada oshirdi. «Fiorentina» 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashadi, agar kimdir uning uchun 40 million yevro to‘lay olsa. Obro‘li insayder Janluka Di Marsio Amrabatning agenti uni «Liverpul»ga o‘tishga harakat qiladi, deb taxmin qilmoqda.

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Volid Regragi bir oy oldin Sofyan Yevropaning yetakchi klublaridan biriga o‘tishini bashorat qilgandi. «Liverpul» bu ta’rifga juda mos keladi. Futbolchiga yana bir da’vogar «Tottenxem»dir. Joriy mavsumda Amrabat Italiya chempionatida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi – bir marta zaxirada qolgan, ikkinchi holatda kartochkalari tufayli maydonga tushmadi.

Kiritildi: 18:52, 22.12.2022. O'qildi: 5404 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Челси Joao Pedro 10
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.