Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umtiti nega yig‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jahon chempioni maydonda ko‘z yoshi to‘kdi - «A» seriyada katta janjal. «Lasio» muxlislari bechora Samuel Umtitini maydonda yig‘lashga majbur qilishdi.

4 yanvar kuni Italiya elit ligasi ham JCH-2022 tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan qaytdi. 16-turning markaziy o‘yini  Milanda «Inter» va «Napoli» o‘rtasida kechdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Biroq turning bosh voqeasi (afsuski. salbiy ma’noda) «oddiy»­roq uchrashuv - «Lechche» - «Lasio» to‘qnashuvida kuzatildi.

O‘ta muqobil qarashlari bilan tanilgan Rim klubi muxlislari avvaliga «Lechche»ning zambiyalik hujumchisi Lameka Banda o‘yinini izdan chiqarishga urinishdi. Undan tashqari, 2018 yili Fransiya termasi safida jahon chempioniga aylangan himoyachi Samuel Umtiti ham yetarlicha jarb ko‘rdi. Banda birinchi bo‘limdan so‘ng almashtirilgach, rimlik tiffozilar aynan Umtitini «nishon»ga olishdi. Muayyan holatda hammasi shu qadar taranglashdiki, bosh hakam Livio Marinelli o‘yinni to‘xtatishdan o‘zga chora topolmadi. «Lechche» prezidenti Saverio Stikki Damia­nining so‘zlariga qaraganda, stadion suxandoni mehmon jamoa muxlislarini tartibni saqlashga chaqirganidan so‘ng Samuelning o‘zi uchrashuvni davom ettirishni so‘ragan. «Irq­chilikka yo‘g‘rilgan haqoratlar kuchayib ketgach, hakam o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Stadion suxandoni muxlislardan tartibni saqlashni iltimos qilgach, Umtiti o‘yinni davom ettirishni so‘radi. U haqoratlarga shu tariqa javob qaytarishni istadi. Samuel bu holatda o‘zini chin chempiondek tutdi», - deya Damiani so‘zlarini keltirdi Mirror nashri.

Biroq Umtitining umumiy holati uncha yaxshi emasdi. Har holda, u final hushtagidan so‘ng maydonning o‘zida yig‘lab yubordi.To‘g‘ri, «Lechche» muxlislari futbolchini olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Yakuniy natijaga kelsak, mezbonlar irodali g‘alabani tantana qilishdi - 2:1.

Umtiti o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ixcham post qoldirdi: «Buyuk g‘alaba». U bunga #forzalecce xeshtegini qo‘shib qo‘ydi. «Lion» vakillari Jerom Boateng va Aleksander Lakazett, «Reding» a’zosi Nabi Sarr va «Lasio»­ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirgan Gabriel Espeto darhol Umtitiga tasalli so‘zlarini yuborishdi. «Irqchilik sadolari chempionimizga atalgan olqishlar ostida «bo‘g‘ilib» qoldi!» - «Lechche»ning «Tvitter»dagi sahifasida shunday yozuv paydo bo‘ldi.

Mojaroga FIFA prezidenti Janni Infantino ham befarq qaramadi: «Samuel Umtiti va Lamek Banda bilan birdammiz. Keling, baland ovozda aniq-tiniq baqiraylik: IRQCHILIKKA O‘RIN YO‘Q! Mayli, muxlislar (ular yaxshi insonlar) o‘z joylaridan turib, irqchilar guruhi og‘zini bir bora va abadiy yopib qo‘ysinlar».

Samuel Umtiti 2016 yili «Barselona» safiga qo‘shilgandi, biroq keyinchalik jarohatlar ta’sirida Kataloniya klubi tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Shu tariqa «Barselona» 2022 yilning yozgi transferlar vaqti fransiyalik futbolchini mavsum oxirigacha «Lechche»ga yubordi - sotib olish huquqisiz ijara kelishuvi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:30, 15.01.2023. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик