Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yuventus»ga berilgan jazo Ronalduning uzoq muddatli diskvalifikasiyasiga sabab bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Yuventus» o‘z tarixidagi qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda. Jamoa sobiq rahbariyat qilgan ishlar bilan bog‘liq janjalga aralashib qoldi. Andrea Anyelli va uning rahbariyati lisenziyalash va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda: futbolchilar va xodimlarning maoshini oshirib yuborishda ayblandi. Koronavirus pandemiyasi davrida klub futbolchilarga yashirin tarzda to‘lovlarni amalga oshirib kelgan. Turinliklar rahbariyati o‘yinchilar maoshlarining bir qismini hujjatga belgilashdan bosh tortganliklari va qonunni chetlab o‘tib, bu pulni o‘zaro to‘lashga rozi bo‘lganliklarini ochiqchasiga aytishdi. Krishtianu Ronaldu ham bundan azob chekdi. Portugaliyalikning qarzi hamon 19,9 million yevroligicha qolmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, «Yuventus» 15 ochkodan mahrum etildi, klubning barcha rahbarlari, shu jumladan, klubni tark etganlar ham uzoq muddatga diskvalifikasiya qilindi. Jamoaning sobiq direktori Fabio Paratichi ikki yarim yilga futbol faoliyatidan chetlashtirildi, sobiq prezident Andrea Anyelli ham ikki yil davomida futbol maydonida ishlay olmaydi. «Yuventus»ning boshqa sobiq direktorlari Federiko Kerubini va Pavel Nedved mos ravishda bir yil-u to‘rt oyga diskvalifikasiya qilindi. Paratichi Angliyada «Tottenxem» tarkibida ishlaydi va taqiq Italiyadagi turnirlarga ham tegishli. Biroq, agar ishni UYEFA ko‘rib chiqsa, u o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalarida allaqachon futbolchilar bilan bog‘liq bo‘lgan janjalning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi. Taniqli italiyalik jurnalist Paolo Ziliani ijtimoiy tarmoqlarda yashirincha maosh olishga rozi bo‘lgan o‘yinchilarning ismlari ko‘rsatilgan hujjatlarning skrinshotlarini tarqatib yubordi. Hujjatlar koronavirus pandemiyasi davrida futbolchilarning maoshlarini yashirish holatiga tegishli. Ro‘yxatdan 22 nafar futbolchi, jumladan, Krishtianu Ronaldu, Janluidji Buffon, Paulo Dibala va Leonardo Bonuchchi, shuningdek, «Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Sarri o‘rin olgan. «Hujjatlarda «Yuventus»ning 2019/2020 yilgi mavsumdagi 23 nafar vakili va 2020/2021 yilgi mavsumdan 17 nafar a’zosining ismlari ko‘rsatilgan, ular «Yuventus» balansi kattalashib ko‘rinib ketmasligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maoshlardan voz kechish taklifini qo‘llab-quvvatlaganlar. Sobiq prezident Anyellining jamoa sardori Kyellini bilan kelishgan holdagi noqonuniy operasiyalari tergovchilar tomonidan aniqlangan», deb yozadi Ziliani. Qayd etilishicha, so‘roq paytida voqeaning ayrim ishtirokchilari firibgarlik faktini tan oldi. «Yuventus»ning sobiq futbolchisi Matteys de Ligt va jamoa himoyachisi Mattia De Shilyolar WhatsApp orqali «Yuventus»ning o‘sha paytdagi sardori Jordjo Kyellinining barchaga puldan voz kechish ma’nosini tushuntirib, jurnalistlarga bu haqda gapirmaslikni taklif qilgan suhbatini taqdim etdi.

Zilianining so‘zlariga ko‘ra, aybdorlar o‘z harakatlarining noqonuniyligini tan olishsa, ular kamida bir oy muddatga diskvalifikasiya qilinadi. Bu nafaqat «Yuve» futbolchilariga, balki umuman hujjatda ko‘rsatilgan barcha futbolchilarga ta’sir qiladi. «An-Nasr» Krishtianu Ronaldudan bir oyga ayrilishi mumkin. Yoki «Parma» 45 yoshli Buffonni yo‘qotadi. Noqonuniy sxema tufayli «Yuventus»da har bir futbolchi maoshining uch barobarigacha jarimaga tortilishi mumkin (masalan, Ronaldu hisobotda deyarli 20 million yevro ko‘rsatkichi bor). Italiya futboli qonunchiligiga ko‘ra, oxirgi chora sifatida, ayniqsa jiddiy qoidabuzarliklar uchun klub quyi divizionga tushirib yuboriladi yoki so‘nggi chempionligidan mahrum qilinadi («Yuventus» 2020 yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan).

Kiritildi: 19:55, 25.01.2023. O'qildi: 4369 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик