Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benazir. «Barselona»da tarjimon bo‘lgan Joze Mourinyoning Kataloniyadagi sarguzashtlari

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa futbolining yetuk mutaxassislaridan biri Joze Mourinyo 26 yanvar kuni 60 yoshni qarshi oldi. Ushbu maqola tarjimonlikdan dunyoning eng buyuk murabbiylaridan biriga aylangan insonning Barselonadagi hayoti haqida hikoya qiladi.

2006 yilning mart oyida “Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida “Barselona”ga qarshi o‘ynash uchun Kataloniyaga keladi. Uni katalon muxlislari “Tra-duc-tor! Tra-duc-tor!”, — deya kuylagan holda kutib oladi. Tarjimon. “Barselona” prezidenti Xosep Luis Nunyes portugaliyalik mutaxassisni shunday atardi. Garchi, Mourinyo Kataloniya poytaxtida o‘tkazgan to‘rt yilining bor-yo‘g‘i bittasida tarjimon bo‘lib ishlagan bo‘lsa-da.

Bir necha yillar avval o‘shanda hech kim tanimaydigan Joze juda mashhur Bobbi Robsonning ortidan Barselona shahridagi El Prat aeroportiga kelib qo‘nadi. Mourinyo ingliz mutaxassisi bilan Portugaliyada birga ishlagandi. Joze tarjimonlikdan tashqari, raqib jamoa haqida hisobotlar tayyorlardi, eski maktab vakili hisoblangan Robson uning ishiga qoyil qolar, biroq hisobotlarga deyarli e’tibor qaratmas edi. Angliyaning shimoli-sharqidan bo‘lgan mutaxassis hujumkor futbolga ishonar va uning maydon chetidan “Qani, olg‘a yigitlar! Qani, qani harakat qilamiz!”, degan hayqirig‘idan keyin barcha taktik chizmalar bir pulga qimmat bo‘lib qolardi.

Barselonada Mourinyo Robson jamoaga kirishib keta olmayotganini darhol sezdi. Gap taktika yoki tilda emasdi. Stoichkov, Gvardiola, Nadal, Bakero, Amor, Ferrera va Serxilar uchun yangi murabbiy juda oddiy ko‘rindi. O‘zining birinchi mashg‘ulotida Bobbi Robson tizzalab oldi va taktik qo‘llanmani polga chiza ketdi. Futbolchilar shok holatiga tushib qolgandi: Yoxan Kroyfning shohona tarbiyasini olgan futbolchilar uchun “mister”ning (Ispaniyada bosh murabbiylarni shunday atashar edi) bunday harakatlari noodatiy hol edi.

Shu sabab jamoa bilan aloqalarni Mourinyo yo‘lga qo‘yardi. U futbolchilarning hayoti bilan qiziqar va har bir kichik detalni ham e’tibordan chetda qoldirmasdi. Buni kiyinish xonasi “senatorlari”, ayniqsa Pep Gvardiola yuqori baholardi. Bundan tashqari, Joze katalon tilini o‘rganishni boshladi, bu unga OAV bilan bo‘ladigan muloqotni osonlashtirardi. Bobbi Robson matbuot anjumanlarida detallarga to‘xtalishni yoqtirmasdi va savollarga juda qisqa javob berardi. Mourinyo esa uni boyitib tarjima qilar, buni ingliz tilini tushunadigan jurnalistlar alohida e’tirof etardi.



Mou yosh Ronaldoning jamoaga moslashishiga yordam berdi, bundan tashqari tarjimonning futbolchilarni himoya qilishi jamoaga xush kelardi. Kroyf “Barselona”dagilarga murabbiy doim o‘z o‘yinchilarini himoya qilishi kerakligiga o‘rgatgandi. Masalan, o‘yinlarning birida Alberto Ferrer ortidan ikki oyoqlab tashlangan “podkat”dan keyin og‘ir jarohat oladi, Kroyf esa maydonga tushib keladi va shogirdiga nisbatan qo‘pollik qilgan o‘yinchiga tarsaki tortadi. Albatta, murabbiy diskvalifikasiya qilinadi, biroq jamoa uning bu harakatini yuqori baholaydi. Mourinyo ham shunday harakat qilishga intilardi.

1996 yilning noyabrida “Barselona” Primerada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oladi. Bilbaodagi bahsda “Atletiko” himoyachilari Aytor Karanka, Serxio Korino va Inigo Larrainsar “Barsa” hujumi vakillari Ronaldo, Jovanni, Figu va Luis Enrikeni sindirib tashlagandi. Navbatdagi qo‘pollikdan keyin Gvardiola “Atletik” bosh murabbiyi Luis Fernandes yuzida tabassumni ko‘radi va unga baqira ketadi: “Sen nimaga kulyapsan?!”. Shundan keyin ikki jamoa zaxira o‘rindig‘idagilar o‘rtasida tortishuv boshlanadi. Luis Fernandes o‘sha vaqtda Robson bilan gaplashmoqchi bo‘ladi, ingliz mutaxassisi esa xuddi hech nimadan xabari yo‘q odamdek bee’tibor turardi.

Biroq Fernandesning yoniga Mourinyo  keladi va uni turta boshlaydi. “Sen o‘zi kimsan?! — baqiradi Fernandes. — Men seni tanimayman! Men Robson bilan gaplashyapman, uning tarjimoni bilan emas!”.

“Men tarjimon emasman!” — undan qolishmagan holda baqiradi Mourinyo.

Jamoa bunday lahzalarni yodda saqlab qoladi. O‘yinchilar Robsonning chetda qolganini va Mourinyoning jazavaga tushganini eslab qoldi. Ular tarjimonni o‘z davralariga qo‘shdi. Yoxan Kroyf ketganidan keyin taktika haqida gaplashadigan odam qidirayotgan Gvardiola uchun Joze mukammal suhbatdosh bo‘ldi. Xose Mariya Bakero Mourinyoning xonasiga keladi va undan Meksikaning “Varakrus” jamoasiga o‘tishi va xayrlashuv o‘yini o‘tkazishi haqida gaplashadi. Ancha jur’atli bo‘lishga ulgurgan Mourinyo rasmiy bayonotlar berishni boshlaydi. Xususan, “Barselona” futbolchilari qizil kartochka oladigan vaziyat “Real”da bo‘lsa, ularga sariq kartochka berilishi haqidagi gaplari katalon matbuotida juda mashhur iqtibosga aylanadi.

Oxir-oqibat Mourinyo maydon chetidan futbolchilarga mustaqil ravishda ko‘rsatma bera boshladi. Bobbi Robson esa Mouning bu harakatlariga hasad qilmas — har o‘yin oldidan raqib haqida taktik hisobotlar tayyorlaydigan tarjimonda murabbiylik qalbi yashayotganini his qilardi. Robson himoya chizig‘iga katta e’tibor qilmasdi, shu sabab, 1997 yildan boshlab Mourinyo “Barselona” himoyasiga javob beradigan shaxsga aylandi.

1996/97 yilgi mavsumda “Barselona” Kubok egalari Kubogi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, milliy chempionatda 102 ta gol urdi, biroq yakunda Primera oltin medallaridan quruq qoldi.

Barcha o‘yinlar yakunlangach, Mourinyo Barselonadan 36 kilometr narida joylashgan Robsonning uyida mehmon bo‘ldi. U vaqtda Xosep Luis Nunyes Lui van Gal bilan muzokaralar olib borayotgani va Bobbi Robson jamoani tark etishi ayon bo‘lgandi. Robson Mouga “ko‘k-anorranglilar” jamoasida qolishni, van Gal bilan aloqa o‘rnatish va bu “jin urgur”dan saboq olishni maslahat berdi.

Istiqbolli portugaliyalik tezda van Galning ham e’tiboriga tushdi. Mourinyo niderlandiyalik mutaxassisning yordamchilaridan biriga aylandi (Nunyes uni hali hamon tarjimon deb atardi). Joze ko‘pincha o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida emas, tribunadan kuzatib borardi: van Gal o‘yinning borishi yuqoridan aniqroq ko‘rinadi va yordamchi kerakli maslahatlarni berishi mumkin deb hisoblardi. “Juda kibrli, biroq juda aqlli. U men bilan tortishishdan qo‘rqmasdi va oxir-oqibat men unga qolgan yordamchilarimdan ko‘proq quloq solardim”, — deya eslaydi van Gal. Ishonch shu darajaga yetib bordiki, Mou Kataloniya Kubogi va Ispaniya Kubogining dastlabki bosqichlarida jamoani boshqaradigan bo‘ldi.



Mourinyoning maqsadlari o‘sib boraverdi va u 1999 yilda “Barselona”ni tark etish haqida o‘ylay boshladi. Rasmiy aloqalarning uzilishi 2000 yilga to‘g‘ri keldi, Mourinyo o‘sha kuni Gvardiola, Abelardo, Figu, Serxi va Luis Enrike bilan tushlik vaqtida ketishini ma’lum qildi. U yoz davomida ishsiz yurdi, Robbi Bobsonning taklifini rad etdi — ingliz mutaxassisi uni “Nyukasl”da o‘ziga yordamchi qilib olmoqchi bo‘lgandi. Joze esa “Benfika”dan taklif kutardi.

Mourinyo “Benfika”da bor-yo‘g‘i uch oy ishladi, u klub prezidenti bilan tortishib qoladi va ishdan bo‘shaydi. Keyin esa o‘rtamiyona “Leyriya”da ish boshlaydi. Joze jamoa bilan Portugaliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, sensasiya qayd etadi va “Portu”dan taklif oladi. Mutaxassis “Portu” boshqaruvida Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadi.

Special One’ning keyingi tarixini juda yaxshi bilasiz va unga bafurja to‘xtalib o‘tishning hojati yo‘q deb hisobladik.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:08, 27.01.2023. O'qildi: 2573 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик