Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qarg‘ish tekkan «9». Nahotki?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Liboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Chelsi»da «9» raqamiga qarg‘ish tekkanmi? Har holda, hozirgi asr boshidan buyon jamoada shu raqamni olgan deyarli barcha futbolchilar omadsizlikka yo‘liqishgan.

 2022 yilning yozida «Chelsi»ning 9-raqamli formasi egasiz qoldi: Romelu Lukaku omadsiz mavsum (44ta o‘yinda atigi 15ta gol)dan so‘ng «Inter»ga qaytishni ma’qul ko‘rdi. Shundan so‘ng belgiyalikdan bo‘shagan raqamni hech kim olishni xohlamadi. Quyidagi tahliliy maqola    shu haqda.

Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel hattoki, bu borada bayonot ham bergandi: «Odamlarning aytishlaricha, «Chelsi»da «9» la’natlangan ekan. Qisqasi, bu raqamni qaysidir yangi futbolchi uchun saqlayotganimiz yo‘q, shunchaki, unga talabgor chiqmadi. Futbolchilar ba’zan o‘z raqamlarini o‘zgartirishni istashadi, lekin ajablanarli tomoni, «9» bu yerda hech kimga kerak emas. Klubda mendan ko‘proq vaqt o‘tkazganlar tez-tez takrorlashadi: «Falon hujumchi «9»ni olgandi, ishlari butunlay orqaga ketdi, gol urolmadi». Xullas, hozirgi holatda klubda hech kim bu raqam ostida o‘ynashni istamaydi...». 

Keyinchalik Pyer-Emerik Obameyang «9»ni olishga jazm etganida, Tuxel gabonlik hujumchini jasur yigit sifatida maqtadi: «Pyer-Emerik 9-raqamli futbolkani oldimi, demak, u yetarli darajada jasur va qo‘rqmas. Har holda, o‘tmishdan cho‘chimadi, klubda bu raqam nimani anglatishiga parvo qilmadi. Asosiysi, Obameyang № 9da o‘z tarixini yozishga tayyor. Auba bunday chorlovdan xursand». Amalda esa «Barselona»dagi samarali yarim mavsum (13ta gol)dan keyin Angliyaga qaytgan gabonlik to‘purar atigi 3ta gol urdi. Shu tariqa «Chelsi»da «9»ga qarg‘ish tekkani haqidagi gap-so‘zlar yana avj oldi. Nima, hammasi chindan ham, shu qadar yomonmi? Agar statistika bo‘yicha xulosa chiqarsak, shunday... «Chelsi»da «9» ostida binoyidek natija qayd etgan oxirgi futbolchi - bu Jimmi Floyd Xasselbaynk. U qatorasiga 2 mavsum 25ta gol marrasidan oshgandi. 

Niderlandiyalik futbolchidan keyin klub samarali «to‘qqiz» topish yo‘lida ko‘p pul sarfladi. Raqamlarda aytsak, 2004 yildan buyon 315,5 million yevro! Lekin bu davrda 9-raqamda eng yaxshi natijani tekinga tushgan Temmi Abraxam qayd etdi. Maqolaga ilova qilingan 1-tasvirga qarab, 9-raqam egalari qanday karomat ko‘rsatishganini baholab chiqish mumkin. O‘z o‘rnida muhim tushuntirish: statistik ma’lumotlar faqat 9-raqam ostidagi o‘yinlarga asoslangan. Deylik, argentinalik Ernan Krespo «Chelsi»da 21-raqam ostida ham to‘p surgan (mavsum-2003|2004da), Romelu Lukaku London klubidagi faoliyatini «18» ostida boshlagan, Alvaro Morata esa 2018 yilning yozida egizak farzandlari tug‘ilgani munosabati bilan «9» oldiga «2»ni qo‘shib, 29-raqamni olgan.  

** Xasselbaynk davri (mavsum-2000|2001)dan buyon «Chelsi» futbolchilari 3 marta APL «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritishdi. Biroq laureatlar orasida «9» egasi yo‘q. «Chelsi» tarixidagi eng yaxshi to‘purar Frenk Lempard esa 8-raqam ostida o‘ynagan.

** Bu davrdagi 9-raqam sohiblari orasida eng sermahsul futbolchi - Temmi Abraxam (1ta o‘yinda o‘rtacha hisobda 0,37ta gol).

2002 yildan buyon «Chelsi»dagi 9-raqam egasi faqat bir marta 20ta gol marrasida oshgan - Fernando Torres (2012|2013). To‘g‘ri, ispaniya­lik hujumchi bunday natijaga barcha turnirlar hisobidan erishgan (2-tasvirga qarang).

** O‘rtacha hisobda 3ta o‘yinda 1ta gol.

** Fernando Torres CHLda «Nordshelland» va «Shaxtyor» darvozasini ishg‘ol qilgan (guruhda «Yuventus» ham bor edi).

** APLda klassik «katta oltilik»ka mansub klublarga qarshi o‘yinlarda atigi 1ta gol («Arsenal» darvozasiga).

Bir qarashda, Obameyangda ham «qarg‘ish» kuchini kesish imkoniyati yo‘qdek. Taniqli jurnalist Pol Merson Sky Sports nashridagi ruknida bunga alohida to‘xtaldi: «Obameyang «Manchester Siti»ga qarshi birinchi o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan keyin qayta almashtirildi va endi jamoadan ketsa kerak, menimcha. Har holda, 30 yoshdan oshgan futbolchining bunday holatga jimgina qarab turishi qiyin». Umuman, Obameyangning «Barselona»ga qaytishni xohlayotgani haqida mish-mishlar bor: gabonlik «Chelsi»dagi holatidan norozi va Xavi qo‘l ostida yana yorqin o‘ynay olishiga ishonmoqda. Biroq Ispaniya klubida ehtiyoj bormi? Asosiy masala shu. Hujumchi «Chelsi»dagi dastlabki 15ta o‘yin (barcha musobaqalar hisobidan)da 2,8xG natijasini qayd etdi.

Aytgancha...    Evropaning yana bir qator klublarida ma’lum raqam la’natlangan maqomiga ega: 

«MYU»da № 7.   Aslida «qizil iblislar»da 7-raqam uzoq vaqt afsonaviy sanalgan. Har holda, Jorj Best, Devid Bekxem, Erik Kantona va Krishtianu Ronaldu «7» obro‘sini mislsiz darajada ko‘tarishgan. Biroq 2011 yili Krish ketgach, bu raqam omadsizlik belgisiga aylandi. Shundan buyon 7 nafar futbolchi «7»da kutilgan karomatni ko‘rsata olmadi. Bular - Maykl Ouen, Anxel di Mariya, Memfis Depay, Aleksis Sanches, Edinson Kavani va Krishtianu Ronalduning o‘zi. 

«Milan»da № 9. Filippo Inzagi 2012 yili jamoadan ketganidan buyon Aleshandre Pato, Alessandro Matri, Fernando Torres, Mattia Destro, Luis Adriano, Janluka Lapadula, Andre Silva, Gonsalo Iguain, Kshishtof Pyontek «9»ni olishdi, ammo... To‘g‘ri, hozir Olivye Jiru 9-raqamni qarg‘ishdan «tozalayotgandek». 

«Barselona»da № 7. David Vilya «7»ning oxirgi omadli egasi. Pedro, Filippe Koutinyo, Arda Turon, Antuan Grizmannga esa ushbu raqam «og‘irlik» qildi, go‘yo. Usmon Dembele ham boshida rosa qiynaldi, Fransiyalik iqtidor 7-raqamni endi-endi «bo‘ysindirmoqda».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 07.02.2023. O'qildi: 4156 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик