«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma Fransiya kubogi 1/8 finalida «Marsel»dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida gapirdi.
«Biz «Marsel»ning kuchini bilardik va aynan shunday o‘yinni kutgandik. Bu juda tajovuzkor jamoa, bosim o‘tkazadi.
Tafsilotlar muhim. Hafsalamiz pir bo‘ldi va g‘azablandik, chunki biz ushbu turnirda g‘alaba qozonishni xohlagandik. Hafta davomida yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va «Marsel» shunday o‘ynashini bilardik.
Lekin baribir to‘pni o‘zimizda ushlab turish biz uchun qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynay oldik, ammo vaziyatni o‘zgartira olmadik. Endi boshimizni ko‘tarib, shanba kungi «Monako»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak.
Har bir o‘yinning o‘z tarixi bor. Ayni damda «Monako»ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, keyin esa «Bavariya» haqida o‘ylashimiz mumkin, ammo har bir uchrashuvga o‘zgacha yondashish kerak.
Biz Chempionlar ligasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligini bilamiz. 1/4 finalga chiqish uchun hamma narsani qilamiz», - deya Donnarumma so‘zlarini keltiradi L'Equipe.