Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va texnologiya: Akademiyalarga ko‘makchi dastur

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2020 yilning fevral oyida Rossiya OAVda Aleksandr Golovin tahsil olgan Kemerovo viloyatidagi 2ta futbol maktabiga futbolchining «Monako»ga transferi ortidan birdamlik to‘lovi (futbolchini tarbiyalagan maktab yoki akademiyaga tegadigan ulush) hali berilmagani xususida xabar tarqaldi.

 Shundan so‘ng muammo darhol hal qilindi - o‘sha yilning sentyabr oyida maktablardan biri joylashgan Osinniki shaharchasida Fransiya klubi mablag‘i hisobiga yangi maydon barpo etildi. Biroq global miqyosda olsak, FIFA tomonidan belgilangan birdamlik to‘lovi masalasi hamon havoda osilib turibdi. Ya’ni dunyoda o‘z tarbiyalanuvchilari transferidan ulush olmagan (ololmayotgan) minglab maktab/akademiyalar bor. Muayyan transferdan keyin belgilangan pul avtomatik ravishda markazlashgan tizim orqali futbolchi tahsil olgan dargoh hisob raqamiga tushishi yo‘q gap. Chunonchi, FIFA barchasini nazorat ostiga ololmaydi, bunday tizimning o‘zi yo‘q. Qisqasi, aksariyat klublar o‘z tarbiyanaluvchilarining keyingi faoliyati va transferini mustaqil kuzatib boradi, ehtimolki, bu ishga alohida xodimlarni ham biriktirar... Tabiiyki, doimiy kuzatuv ko‘p vaqt va diqqat talab etadi. Ayniqsa, tegishli resurslarga ega bo‘lmagan kichik klublarga qiyin.

Yechim bormi?

Bor. Har holda, «Sevilya» advokatlari tomonidan muayyan variant ilgari surilgan - klublarga o‘z tarbiyalanuvchilari faoliyat yo‘lini batafsil kuzatib borish imkonini beruvchi maxsus ilova. Ushbu xizmat tizimini yaratish ishlariga La Liganing barcha texnologik loyihalarini o‘zida birlashtirgan LaLiga Tech kompaniyasi jalb qilingan. Ispaniyada allaqachon shu asnoda Transfer Tracker nomini olgan maxsus dastur ishga tushirilgan. «Ilova klublar va federasiyalarga transferlarni kuzatish va o‘ziga tegishli ulushni olish imkonini beradi. Endi biror klub yoki akademiya o‘ziga daxli bor transferlarni o‘tkazib yubormaydi», - deydi «Sevilya»ning ma’lumotlar bo‘yicha direktori Elias Samora. To‘g‘ri, bunda bitta murakkab tomoni ham yo‘q emas: FIFA transferlar ma’lumotini uchinchi tomonga oshkor qilmaydi qonun bo‘yicha. Shuning uchun «Se­vilya» dasturni to‘ldirishda turli manbalar ma’lumotlaridan foydalanadi.

Samara bormi?

Bor. «Sevilya» ushbu ilovadan foydalanib, bir qator unutilgan transferlarni yuzaga chiqardi. Samora so‘zlariga qaraganda, andalusiyaliklar dastur yordamida qachondir klubda tarbiyalangan 700 nafardan ortiq  futbolchi faoliyatini kuzatuvga olishgan va oxirgi 18 oy davomida birdamlik to‘loviga asosan chamasi 1 million yevro ishlashgan. Eng katta summa Serxio Regilon transferidan tushgan. «Sevilya» bu futbolchining «Real»dan «Tottenxem»ga o‘tishi ortidan 150 ming yevro miqdorida ulush olgan. Yanvar oyida esa Mattias Kranevitter «Monterrey»dan «River Pleyt»ga transfer qilindi va «Se­vilya» endi uning tarbiyalagan klub sifatida 10 ming yevroga ega chiqadi.

Istiqbol bormi?

LaLiga Tech kompaniyasi menejeri Markos Gonsalesning ta’kidlashicha, 2022 yilning dekabr oyida ilova ishga tushirilganidan buyon Chili, Argentina va Braziliyaning 7ta klubi bilan tegishli shartnoma tuzildi. Shuningdek, ayni payt Angliya, Portugaliya, Xorvatiya va Polshaning chamasi 15ta klubi dasturga qiziqish bilan qaramoqda. «Biz har qanday klubga xizmat ko‘rsatishimiz mumkin. Buning uchun turli shablon va algoritmlar ishlab chiqilgan bo‘lib, klub ular yordamida o‘ziga tegishli ma’lumotlar va ulushni nisbatan osonroq oladi. Yaqinda ushbu tizimdan mutlaqo bexabar va biror marta birdamlik to‘lovi olmagan Afrika klublaridan birining vakillari bilan gaplashdim. Agar mamlakat futbol federasiyasi ruxsat bersa, o‘sha klub nomidan sudga murojaat qilishimiz mumkin. Chunki bizda buning uchun asos ham, ma’lumotlar ham yetarli», - deydi Gonsales.

Kutilishicha, Transfer Tracker dasturchilari endilikda FIFA birdamlik to‘lovi tizimini kuzatish mexanizmi yaratish ustida shug‘ullanishadi. «FIFA birdamlik to‘lovini tartibga solish uchun o‘z tizimini amalga tatbiq etishi shart. Bu butun futbol uchun yaxshi yangilik bo‘ladi. Umuman, har qanday holatda ham, futbolchilarni tarbiyalagan klublarga o‘z ulushini olishida yordam beraveramiz, baribir» - bu LaLiga Tech kompaniya­si menejeri Markos Gonsalesning qat’iy gapi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:11, 18.02.2023. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик