Bugun 2 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • 1:2
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

02/05/26 Dinamo - Mash’al
02/05/26 Buxoro - So‘g‘diyona
03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio Ramos terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Uning bayonoti Ispaniya futbol federasiyasiga yoqmadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. 36 yoshli himoyachi terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuente qo‘ng‘iroq qilganidan keyin shunday qarorga keldi. 61 yoshli mutaxassis 2022 yilning dekabrida Luis Enrike o‘rniga Ispaniya terma jamoasiga kelgan edi. Luis de la Fuente o‘zining ilk matbuot anjumanida futbolchining ahvoli yaxshi bo‘lsa, Serxio Ramos terma jamoaga qaytishi mumkinligini inkor etmadi. Endi esa hammasi o‘zgardi.

“Terma jamoa bilan xayrlashish vaqti keldi. Bugun ertalab menga hozirgi murabbiyim qo‘ng‘iroq qildi, u qaysi saviyada o‘ynashimdan qat’i nazar, men bilan hisoblashmasligini aytdi. Afsuski, bu men uchun uzoqroq va yaxshi yakunlanishiga umid qilgan sayohatimning oxiri bo‘ldi", dedi Ramos.

Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani e’lon qilingandan so‘ng, Serxio Ramos nafaqat jamoadoshlaridan ta’sirli xabarlar oldi. Mark Bartra ochiqchasiga shunday dedi: “Men terma jamoadagi birinchi kundanoq do‘stona munosabatingiz uchun doim minnatdor bo‘laman. Siz ko‘p jihatdan tengsizsiz. Afsona". Undan tashqari, ispaniyalik futbolchiga hayrat so‘zlarini Xaver Ernandes va Jon Terri bildirgan. Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Neymar, Luka Modrich, Rafayel Varan, Toni Kroos, David de Xea va boshqa futbolchilar bu postga jo‘shqin izohlar bilan munosabat bildirishdi.

“Yosh yoki katta bo‘lish - bu vaqtinchalik xususiyat bo‘lib, u ish faoliyatida ta’sir qilmaydi. Men Modrich, Messi, Pepega hayrat va havas bilan qarayman... Ularda futbol an’analari va qadriyatlari, uning mohiyati va adolati aks etgan. Afsuski, mening faoliyatim ular bilan bir xil bo‘lmaydi, chunki futbol har doim ham adolatli bo‘lavermaydi. Bularning barchasini men siz bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lgan qayg‘u bilan boshdan kechiraman.

Boshimni baland ko‘tarib ketaman. Men bu yillar uchun va sizning qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun juda minnatdorman. Qo‘lga kiritgan barcha unvonlarimizni, g‘alabalarni qanday nishonlaganimizni eslayman. Ispaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi ekanligimdan juda faxrlanaman. Bu gerb, bu futbolka - bularning barchasi meni xursand qildi. Men vatanimni 180 marta g‘urur bilan namoyon eta olgan insonning his-tuyg‘ulari bilan vatanimni olqishlashda davom etaman. Menga doim ishongan barchaga chin dildan rahmat”, - deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Ramosning soo‘zlari Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga yoqmadi. Relevo xabariga ko‘ra, ular Ramos o‘z bayonotida de la Fuyente bilan suhbat haqida gapirishini kutishmagan, bunda mutaxassis 36 yoshli himoyachiga u bilan hisoblashmasligini aytgan. RFEF futbolchining postidagi bu parchani noto‘g‘ri deb hisobladi, chunki federasiya rahbariyati ataylab hamma narsani shunday tartibga solib qo‘ydiki, Ramos terma jamoadan chetlatilganini qandaydir matbuot anjumanidan emas, shaxsan murabbiydan bilib oldi.

Serxio Ramosning Ispaniya terma jamoasidagi yutuqlari

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan rekordchidir (180 o‘yin). Uning eng yaqin taqibchisi Iker Kasilyas (167), hozirgi o‘yinchilar orasida Serxio Buskets 143 o‘yin o‘tkazgan. Serxio Ramos terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini 2021 yilning mart oyida o‘tkazgan. O‘shanda himoyachi JCH-2022 saralashida Kosovo bilan o‘yinda to‘rt daqiqa maydonga tushdi. Bundan uch kun oldin u Gruziya bilan o‘yinda zaxirada qolgan, biroz oldin esa Gresiya bilan o‘yinda sardorlik bog‘ichida 45 daqiqa harakat qilgandi.

Ramos jahon chempionatida 17 ta (Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p) va Yevroda 15 ta o‘yin o‘tkazgan. Himoyachi JCH-2010, Yevro-2008 va Yevro-2012 musobaqalarida g‘alaba qozongan, biroq ayni paytda u hech qanday yirik turnirda gol ham, golli uzatma ham amalga oshirmagan. U Ispaniya terma jamoasi safida jami 23 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ramos o‘z terma jamoasining eng yaxshi to‘purarlari o‘ntaligiga kiradi va himoyachilar orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Serxio terma jamoa safida 100ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh yevropalik futbolchi hisoblanadi.

Himoyachi JCH-2010 va Yevro-2012dagi g‘alabalarni 2007 yilda yurak xurujidan vafot etgan marhum do‘sti Antonio Puerta tasviri tushirilgan futbolkada nishonladi. U bilan Serxio "Sevilya"da birga o‘ynagan. Ramos Ispaniya terma jamoasida o‘ynab, uchta dubl qayd etdi - San-Marino, Rossiya va Ukrainaga qarshi o‘yinlarda.

Bu mavsum Ramosning “PSJ”dagi so‘nggi mavsumidir. Mish-mishlar uni tobora ko‘proq "An-Nasr"ga Krishtianu Ronaldu yoniga yubormoqda. Agar o‘tish amalga oshsa, Yevropa futboli yana bitta afsonani yo‘qotadi.

Kiritildi: 10:03, 25.02.2023. O'qildi: 4629 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик