Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajak yulduzlari yoxud U20 Osiyo kubogini «yondirishi» kutilayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U19) OCh
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun yurtimizda boshlangan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasi arafasida OFK rasmiy sayti turnirda porlashi kutilayotgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tdi. Uni e’tiboringizga havola etamiz.

Gabriyel Popovich (Avstraliya)
Pozisiyasi: Hujumchi
Saralash bosqichi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: Xorvatiya chempionati 2-ligasi vakili "NK Rudesh"
Qit’a birinchiliklardagi ishtiroki: U-16 Osiyo Kubogi-2018 finalchisi, OCHL-2020 "Pert Glori" safida guruh bosqichida ishtirok , U-20 Osiyo kubogi O‘zbekiston-2023 saralash bosqichi.

Avstraliya termasi hujumchisi Gabriyel Popovich hozirda Xorvatiyaning "NK Rudesh" klubi vakili. Popovich Osiyo Kubogi U-20 saralash bosqichida 3 ta gol urib terma jamoasining qit’a birinchiligi final boshqiciha chiqishi uchun o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Angliyada tug‘ilgan Popovich qit’a sahnasiga ilk bor 2020 yilgi Osiyo Kubogi U-16 saralash bosqichida chiqdi va o‘sha yili "Pert Glori" safida OCHLda ilk bor ishtirok etdi.

Ayfiyerding Ayskayer (Xitoy)
Pozisiyasi: Hujumchi
Saralash bosqichi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: ayni vaqtda hech qanday klubda faoliyat olib bormayapti
Qit’a birinchiligidagi ishtiroki: 2018-yilgi Osiyo Kubogi U-16 saralash bosqichi, 2020 yilgi Osiyo Kubogi U-19 saralash bosqichi, 2023 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan turnir saralash bosqichi.

U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichida Xitoy Olimpiya terma jamoasida Ayfiyerding Ayskayer to‘purar bo‘ldi. Hujumchi Myanmaga qarshi bahsda 2 ta, Maldivga qarshi uchrashuvda esa 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ayskayer turli yosh toifalarida saralash bahslarida ishtirok etgan: Osiyo Kubogi U-16 hamda U-19 da lekin birortasida final bosqichida ishtirok etmagan.

Xokki Karaka Brilliant (Indoneziya)
Pozisiyasi: Hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: "PSS Sleman" Indoneziya 2-ligasi

Xokki Karaka Brilliant Osiyo Kubogi U-20 O‘zbekiston-2023 turniri saralash bosqichida Sharqiy Timorga qarshi bahsda xet-trikka erishdi. "PSS Sleman" klubi forvardining saralash bosqichidagi harakatlari Indoneziya futbolida ham yana bir yulduz yetishib chiqishidan dalolat.

Abdulrazzoq Qosim (Iroq)
Pozisiyasi: Yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 1 ta gol
Hozirgi klubi: "Ash-SHorta" Iroq Premyer-ligasi

Abdulrazzoq Qosim Iroq terma jamoasining Osiyo Kubogi U-20 O‘zbekiston-2023 final bosqichiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi va saralash bosqichida kuchli o‘yin ko‘rsatdi va Hindistonga qarshi o‘yinda gol urdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi hamda o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Quvayt ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Iroq iqtidorli yarim himoyachining O‘zbekistonda o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Amir Ibrohimzoda (Eron)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 6 ta gol
Hozirgi klubi: "Traktor" Eron Pro ligasi

COVID-19 pandemiyasi 2020 yilgi final o‘yinini bekor qilishga majbur bo‘lishidan oldin Amir Ibrohimzoda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2020 saralash bosqichida Maldiv orollari darvozasiga beshta gol urdi. Keyin Ibrohimzoda 2021 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga qarshi 16-tur o‘yinida o‘rinbosar sifatida “Traktor FK”da debyut qildi. CAFA U-19 chempionati g‘olibi Osiyo kubogi U20 Osiyo kubogi saralashida ajoyib o‘yin bilan yakunlandi. Ibrohimzoda Bruney Darussalomga qarshi o‘yinda beshta va Birlashgan Arab Amirliklari darvozasiga bitta gol urgan.

Isa Sakamoto (Yaponiya)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 6 ta gol
Hozirgi klubi: "Fagiyano Okayama" Jey-2 ligasi
Qit’a birinchiligidagi ishtiroki: OCHL "Gamba Osaka" tarkibida guruh bosqichi, Osiyo Kubogi U-20 saralash bosqichi.

Isa Sakamoto 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi marta "Gamba Osaka" bilan Jey-2 ligasi vakili "Fagiyano Okayamaga" o‘tishdan oldin mashhur bo‘lgan. Osiyo Kubogi-2023 saralashida Sakamoto oltita gol urib, Yaponiyaga guruhda g‘alaba qozonishda yordam berdi.

Mohannad Abu Taha (Iordaniya)
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 5 ta gol
Hozirgi klubi: "Al-Vahda" Iordaniya Pro ligasi

"Al-Vihdat" jamoasining asosiy tayanchi bo‘lgan Mohannad Abu Taha Iordaniya Pro-ligasi jamoasi uchun ichki o‘yinlarda hamda 2021 va 2022 yillardagi OCHL guruh bosqichida ko‘p o‘ynadi. Himoya va yarim himoyada o‘ynay oladigan serqirra futbolchi Osiyo Kubogi U-23 musobaqasida ham ishtirok etdi va O‘zbekiston U-20 Osiyo Kubogi–2023 saralash bosqichida o‘z iqtidorini namoyish etib, beshta gol urdi.

Li Yon Jun (Janubiy Koreya)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 6 ta gol
Hozirgi klubi: "Gimcheon Sangmu"
Qit’a birinchiligidagi ishtiroki: Osiyo Kubogi U-20 saralash bosqichi.

Li Yon Jun Osiyo Kubogi U-20 O‘zbekiston-2023 saralashida o‘zining ajoyib o‘yinlaridan orqali o‘z mamlakati uchun oltita gol urgan gol muallifi bo‘lganidan so‘ng Koreya Respublikasi uchun qit’a sahnasiga ilk qadamini qo‘yadi. "Gimcheon Sangmu" o‘yinchisi "Taeguk Warriors"ning 2012 yilda g‘alaba qozonganidan buyon ilk Osiyo Kubogi U-20 g‘olibligini qo‘lga kiritish yo‘lida muhim yordamchi bo‘ladi.

Mirlan Bikberdinov (Qirg‘iziston)
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: "Irbis Bishkek"

Qirg‘izistonlik Mirlan Bekberdinov 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2020 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichidagi ishtirokidan so‘ng ancha nom qozondi. Yarim himoyachi nafaqat o‘zining ijodkorligini, balki gol urishga ham mohir ekanligini ko‘rsatdi. Bekberdinovning U-20 Osiyo Kubogi saralashida urgan uchta goli uni O‘zbekiston-2023 da e’tibor qaratadigan futbolchiga aylantirdi.

Ahad al-Mashayxiy (Ummon)
Pozisiyasi: Yarim himoyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 1 ta gol
Hozirgi klubi: Hech qanday klub safida faoliyat olib bormaydi

Ahad al-Mashayxiy O‘zbekiston-2023da qit’a miqyosida debyut qiladi va iqtidorli yarim himoyachi o‘zining ajoyib formasini finalgacha olib chiqishga harakat qiladi. Musobaqga yo‘llanma olgan Almashayxi Tailandga qarshi o‘yinda Ummonning 2023 yilgi O‘zbekistonga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yagona golga mualliflik qildi.

Ahmad ar-Roviy (Qatar)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 5 ta gol
Hozirgi klubi: "Ar-Rayyan", Qatar Yulduzlar ligasi

Ahmad ar-Roviy O‘zbekiston-2023da taassurot qoldirmoqchi, Qatar musobaqada 15-marta ishtirok etadi. Ar-Roviy saralash bosqichida o‘zining yorqin o‘yinlarini ko‘rsatib, beshta gol urdi va hujumchi Bangladesh va Butanga qarshi o‘yinlari uchun ikkita eng yaxshi o‘yinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Alravi, shuningdek, 2020 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Ar-Rayyan” safida to‘rt marta maydonga tushgan.

Abdulloh Radif (Saudiya Arabistoni)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 5 ta gol
Hozirgi klubi: "At-Tavun", Saudiya Pro ligasi

O‘zbekiston-2023 da kutilayotgan yulduzlar orasida Abdulla Radif eng tajribalisi bo‘lsa kerak. Futbolchi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Al-Hilol”ning pley-off bosqichiga qadar maydonga tushdi, shuningdek, Osiyo saralash bosqichi – Qatarga yo‘l final bosqichida va U-20 Osiyo Kubogi–2023 saralashida o‘z mamlakati sharafini himoya qildi va u yerda beshta gol urdi.

Hozan Ravan Usmon (Suriya)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 4 ta gol
Hozirgi klubi: "De Graafshap" Niderlandiya ikkinchi ligasi

Suriya U-20 Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichida Hozan Ravan Usmon bilan to‘rtta gol urdi. Niderlandiyaning ikkinchi divizioni vakili "De Graafshap" safida faoliyat olib borayotgan Usmon, shubhasiz, Suriyaning eng ishongan futbolchisi bo‘lishi aniq.

Abdulfattohiy Xudoydodzoda (Tojikiston)
Pozisiyasi: hujumchi
Saralash bosqichidagi natijalari: 2 ta gol
Hozirgi klubi: Hech qanday klub safida faoliyat olib bormaydi

Xudoydodzoda saralash bosqichida ikkita gol urdi va boshlanajak turnirda ham gol urishni davom ettirishga harakat qiladi.

Shahzodbek Rahmatullayev (O‘zbekiston)
Pozisiyasi: Yarim himyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: "Olimpik", O‘zbekiston Superligasi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonidagi ustunlik bilan birga bir nechta iqtidorli futbolchilarga ega, masalan, Shahzodbek Rahmatullayev. Toshkentning “Olimpik” klubi futbolchisi U-20 Osiyo Kubogi–2023 saralash bosqichida uchta gol urdi va mezbonlarning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Din Xuan Ten (Vetnam)
Pozisiyasi: Yarim himyachi
Saralash bosqichidagi natijalari: 3 ta gol
Hozirgi klubi: "Song Lam Nge An" Vetnam 1- ligasi

Din Xuan Ten O‘zbekistondagi turnirda yorqin namoyon bo‘ladigan ko‘plab iste’dodli Vetnam futbolchilaridan biri bo‘ladi. V Liga 1 jamoasi "Song Lam Nghe An" klubida to‘p surayotgan mehnatkash yarim himoyachi U-20 Osiyo kubogi O‘zbekiston-2023da uchta gol urdi. Saralashda, jumladan Gon kongga qarshi dubl qayd etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:52, 01.03.2023. O'qildi: 2689 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.