Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

XXI asrning eng yaxshi futbol murabbiylari. Fergyuson chindan ham birinchi o‘ringa loyiqmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) o‘tgan yillar asosida o‘z reytingini tuzdi. Shunday qilib, 1996 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda eng yaxshi uchta mutaxassis Ser Aleks Fergyuson (257 ochko), Joze Mourinyo (242) va Xosep Gvardiola (221) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ser Aleks Fergyuson

IFFHS o‘rni va reytingi: 1-o‘rin, 257 ball
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Manchester Yunayted”
Hozirgi: "MYU" boshqaruv kengashi a’zosi, 2013 yilda nafaqaga chiqqan

Unvonlar (1996 yildan): Angliya chempioni (11 marta), Angliya kubogi g‘olibi (3), Angliya liga kubogi (3), Angliya Superkubogi (7), Chempionlar ligasi g‘olibi (2), qit’alararo musobaqalar g‘olibi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.

Fergyuson 1986 yildan 2013 yilgacha “Manchester Yunayted”ni doimiy boshqargan. Bu vaqt ichida u 30 dan ortiq kuboklarni qo‘lga kiritdi, shu jumladan 13 ta Angliya chempioni. Buyuk Fergyusonning kolleksiyasi uning qanday murabbiy bo‘lgani haqida gapiradi. 20-asr oxirida unga risar unvoni berildi va 2002 yilda u Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi. 2017 yilda UEFA Yevropa futboli rivojiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan 10 nafar murabbiy ro‘yxatini e’lon qildi va Ser Aleks u yerdan o‘rin olgan edi.

Karlo Anchelotti

IFFHS o‘rni va reytingi: 6-o‘rin, 189 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “PSJ”, “Bavariya”, “Napoli”, “Everton”
Hozir: “Real Madrid”

Unvonlar: Italiya chempioni, Italiya kubogi, Italiya Superkubogi, Angliya chempioni, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, Fransiya chempioni, Germaniya chempioni, Germaniya Superkubogi (2), Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi (4) , UEFA Superkubogi g‘olibi (4), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi (3).

Yevropaning top 5 ligasining har birida g‘olib chiqqan tarixdagi yagona murabbiy. Va eng muhimi, Anchelotti 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va buni ikki xil klub (“Milan” va “Real Madrid”) bilan amalga oshirdi. Eng muvaffaqiyatli futbol murabbiylaridan biri.

Joze Mourinyo

IFFHS o‘rni va reytingi: 2-o‘rin, 242 ochko
Shu davr ichida boshqangan klublari: "Portu", "Chelsi", "Inter", "Manchester Yunayted", "Tottenxem".

Hozir: “Roma”

Unvonlar: Portugaliya chempioni (2), Portugaliya kubogi, Portugaliya Superkubogi, Angliya chempioni (3), Angliya kubogi, Angliya liga kubogi (4), Angliya Superkubogi (2), Italiya chempioni (2), Italiya kubogi, Italiya Superkubogi , Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi g‘olibi, Chempionlar ligasi g‘olibi (2), UEFA kubogi / Yevropa ligasi (2), Konferensiyalar ligasi g‘olibi.

Portugaliyalik ham xuddi Fergyuson kabi ikki marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, ammo buni ikki xil klub bilan amalga oshirgan. Avvaliga “Portu”ni muvaffaqiyatga yetakladi, keyin esa “Inter”ni. Bundan tashqari, Joze boshchiligida “Portu” UEFA kubogi, “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi, “Roma” Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi. Joze esa Portugaliya, Angliya, Ispaniya va Italiyadagi barcha ichki sovrinlarni qo‘lga kiritdi. ESPN uni barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri sifatida qayd etdi.

Yurgen Klopp

IFFHS o‘rni va reytingi: 15-o‘rin, 127 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Mayns”, “Borussiya Dortmund”
Hozir: “Liverpul”

Unvonlari: Germaniya chempioni (2), Germaniya kubogi sohibi, Germaniya Superkubogi sohibi (2), Angliya chempioni, Angliya kubogi sohibi, Angliya ligasi kubogi g‘olibi, Chempionlar ligasi g‘olibi, UEFA Superkubogi g‘olibi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.
Klopp hali tez-tez klubini almashtirmagan - 2001 yildan buyon u faqat uch xil joyda murabbiylik qilgan. Yurgen bir marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan va yana uch marta finalda mag‘lub bo‘lgan. Uning “Borussiya”sini dunyoning ko‘plab muxlislari sevib qoldi, “Liverpul”da esa Angliyada chempionlikni qo‘lga kiritmagan uzoq seriyasini to‘xtatdi.

Xosep Gvardiola

IFFHS o‘rni va reytingi: 3-o‘rin, 221 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: "Barselona", "Bavariya"
Hozir: “Manchester Siti”

Unvonlar: Ispaniya chempioni (3), Ispaniya kubogi (2), Ispaniya Superkubogi (3), Germaniya chempioni (3), Germaniya kubogi (2), Angliya chempioni (4), Angliya kubogi, Angliya liga kubogi (4), FA Superkubok, Chempionlar ligasi g‘olibi (2), UEFA Superkubogi g‘olibi (3), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi (3).

Bu murabbiy juda ko‘p turli rekordlarga ega. Gvardiola "Barselona" va "Bavariya"da muvaffaqiyatli ishladi, keyin esa "Manchester Siti" bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. U Kataloniya klubi bilan ikki marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, biroq u "Bavariya" bilan turnirda g‘alaba qozona olmagan va ingliz jamoasi bilan hali buni uddalay olmadi. U haqli ravishda futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri sanaladi.

Arsen Venger

IFFHS o‘rni va reytingi: 4-o‘rin, 211 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Arsenal”
Hozir: FIFAda ishlaydi

Unvonlar: Angliya chempioni (3), Angliya kubogi (7), Angliya Superkubogi (7)

Venger "Arsenal"ni 20 yildan ortiq boshqardi va uning qo‘l ostida klub 17 ta sovrin yutgan. O‘z avlodining eng mashhur murabbiylaridan biri. Uning puxta ishi “Arsenal”ning tiklanishiga olib keldi. 2006 yilda fransuz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga bir qadam qolganda to‘xtadi - uning jamoasi "Barselona"ga yutqazdi (1:2).

Zinedin Zidan

IFFHS o‘rni va reytingi: 38-o‘rin, 59 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Real Madrid”
Hozir: ishsiz

Unvonlar: La Liga (2), Ispaniya Superkubogi (2), Chempionlar Ligasi (3), UEFA Superkubogi (2), Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (2).

Fransiyalik murabbiy shu paytgacha faqat bitta klub – “Real”ni boshqargan. Lekin bu ajoyib ishladi. Uning qo‘l ostida Madrid klubi ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va ikki marta La Ligada zafar quchdi. 2018 yilning may oyida Zidan "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, biroq oradan bir yil o‘tmay qaytib keldi. 2021 yilda fransiyalik yana ispan klubini tark etdi.


Didye Desham

IFFHS o‘rni va reytingi: 10-o‘rin, 154 ochko
Shu davr ichida boshqargan klublari: “Monako”, “Yuventus”, “Marsel”
Hozir: Fransiya terma jamoasi

Unvonlar: Fransiya chempioni, Fransiya liga kubogi g‘olibi (4), Fransiya Superkubogi (2), Jahon chempioni, Millatlar ligasi g‘olibi.

Desham 2018 yilda Jahon chempioni bo‘ldi. To‘rt yil o‘tgach, Desham ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritishga bir qadam qolganda to‘xtadi. Didye klub darajasida ham muvaffaqiyatga erishgan. U "Marsel"ni Fransiya chempioniga aylantirdi va 2004 yilda "Monako" bilan sensasion tarzda Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

Kiritildi: 16:16, 14.03.2023. O'qildi: 5026 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.