Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lempard «Real»ga qarshi kuchli motivasiya bilan harakat qilishi uchun sabab bor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha Frenk Lempard kamtarlik qildi hamda «Chelsi»ning 2011-12 yillardagi tartibsiz kechgan, ammo yakunda g‘alaba bilan tugagan Chempionlar Ligasi mavsumi va joriy mavsum o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida gapirishni istamadi. Ammo Enso bunga to‘xtalib o‘tdi. 

«U bizga 2012 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqani haqidagi voqeani aytib berdi va «Chelsi»dagi eng yomon damlarini o‘tkazganini aytdi. Bu biz uchun ajoyib o‘rnak», dedi Fernandes.

Garchi Lempard bunday gaplar bilan ehtiyotkorlik qilayotgan bo‘lsada, hozir sodir bo‘layotgan voqealar o‘sha 2012 yilga o‘xshab ketadi. bilan ular ajoyib ketma-ketlikdan so‘ng birinchi marta evrokubokni qo‘lga kiritgan favqulodda mavsumda aniq taqqoslash mumkin. «Chelsi» o‘shanda «Napoli», «Benfika» va «Barselona» kabi raqiblarini yengib, finalda Myunxenda «Bavariya»ga qarshi o‘ynashiga qaramay, g‘alaba qozondi. Lempard uchun o‘sha payt eng yomon lahzasi bo‘ldiki, Andre Villash-Boash iste’foga chiqqar ekan (mart oyida Neapoldagi 1/8 finalning birinchi o‘yinida 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi) Frenkning klubdan ketishini xohlardi. Villash-Boash bor-yo‘g‘i sakkiz oy ishladi va uning yordamchisi Roberto Di Matteo qolgan vazifani bajardi. Qolgan voqealar esa tarixga aylandi, chunki Lempard o‘z qaytishini finalda jamoa sardori bo‘lib o‘tkazdi.

Lempard o‘zi va Di Matteo haqida shunday deydi: «Oddiy ma’noda o‘xshashliklar bor, biz sobiq o‘yinchilarmiz. Ammo Robbi bu yerda bo‘lgan yili u yordamchi edi va jamoani avvaldan yaxshi bilardi hamda mendan ko‘ra ertaroq ishga kirishdi. U ajoyib ish qildi. Hozir mening ahvolim boshqacharoq. O‘ylaymanki, men tarixni takrorlashda ehtiyot bo‘lishim kerak. Shunday qilib, hali qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘plab ish bor, lekin biz imkon qadar o‘z tariximizni yaratishga intilamiz», – dedi Frenk.

To‘g‘risi, hech bir klub «Chelsi» kabi mavsum davomida murabbiylarni hadeb o‘zgarishdan cho‘chimaydi - ayniqsa Yevropada. Mavsum davomida almashtirilgan murabbiy kamida to‘rtta sovrin yutgan, jumladan, Chempionlar ligasidagi ikki g‘alaba va buni Lemparddan boshqa hech kim to‘laqonli his qila olmaydi, uning o‘zi 2021 yil yanvar oyida Tomas Tuxelga o‘rnini bo‘shatib bergan edi. Tomas esa o‘sha mavsum ajoyib taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdi hamda YECHLni yutib oldi. 

Lempard Tuxelga ishini boy bergunga qadar «Chelsi»ni 1/16 finalga olib chiqdi. «Men ularni hozirgi holatimga qiyoslab, daholik qilmoqchi emasman. Men so‘nggi muvaffaqiyatda qanday rol o‘ynaganimni bilaman va bu men klubni tark etganimda tugagan va tamom. Mening hissam, ehtimol, o‘sha yili qiyin mavsumda yosh tarkib bilan pley-offga yo‘llanma olganimdir. Men qaytib kelganimdan juda faxrlanaman. Bilaman, avval ham bu musobaqada muvaffaqiyat qozonganman. Bilaman, avval ham bu musobaqada katta jamoalarga qarshi kurashganman. Demak, men umuman qo‘rqmayman. Aslida men hamma narsadan hayajondaman», – dedi Lempard.

«Chelsi» - 1998 yilda Rud Gullit bilan (Janluka Vialli o‘rniga) Kubok egalari Kubogi g‘olibi bo‘lgan va 2013 yilda Di Matteo yordamida (Rafael Benites o‘rniga) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Endi Lempard «Real»ga qarshi bahs oldidan «Stemford Bridj»da ushbu o‘yinlarni eslab maydonga tushadi.

«Real Madrid favoritmi? Ha, va men nima uchun bu yerga kelganligimni tushunaman. Mavsumning qiyinchiliklari ham aynan shunda ko‘rinadi. Men buni muammo deb o‘ylamayman. Futbolda autsayder bo‘la turib yaxshi natijaga erishish yoqimliroq. Bu mening eng yaxshi o‘yinlarimdan biri bo‘ladi deb umid qilaman», – dedi Lempard.

Kiritildi: 02:26, 12.04.2023. O'qildi: 2420 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик