Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Katta tozalash: "Chelsi" yozda sakkizta futbolchisidan voz kechadi. Ular kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Chelsi" kelayotgan yozda sakkiztagacha futbolchisidan qutulishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. "Aristokratlar" rahbariyati moliyaviy sohani sog‘lomlashtirishi lozim. Klub 2021-22 yilgi mavsumda 121.3 million funt zarar ko‘rgan. Agar bu yilgi yo‘qotishlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, bu miqdor 274 milliongacha yetadi. Eng qizig‘i, bu raqam "Chelsi"ning transferlar uchun sarflagan 600 million funtdan tashqarida. Jamoa yangi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmasligi aniq bo‘lib bormoqda. Ayni damda ular APLning 11 o‘rinidan joy olib turibdi. YECHLda esa jamoa oldida 2-0 hisobidagi mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarish vazifasi turibdi.

Bularning hammasi qo‘shilib, klubning yangi egasi Todd Boeliga katta bosim yuklaydi. Endilikda u zararlarni qoplashi kerak. Shu bilan birga Moliyaviy qoidalarga mos harakat qilishi ham talab etiladi. Mirror nashriga ko‘ra, bu ishlarning boshi, ayrim futbolchilarni jamoadan "chopish"dir. Ushbu futbolchilar guruhi sakkiztani tashkil etadi. Jamoadagi taqdiri so‘roq ostida qolganlar orasida Meyson Maunt, Mateo Kovachich va N'Golo Kantelar bor. Shuningdek, akademiyadan chiqqan Konor Gallaxer va Ruben Loftus-CHik ham qurbonlar orasida bo‘ladi. Hujumchilar Kristian Pulishich, Xakim Ziyesh va Pyer-Emerik Obameyanglardan ham ortiq foyda yo‘q deb hisoblanmoqda.

Ketishi aytilgan futbolchilar ichida Kante o‘zi shundog‘am yozda erkin agentga aylanadi. Ammo unga yangi, uch yillik bitim taklif etilishi ham mumkin. 32 yoshli yarim himoyachi erkin agent sifatida jamoadan ketadigan bo‘lsa, u uchun asosiy da’vogar "Arsenal" bo‘lishi aytilgan.
Maunt, Kovachich, Pulishich, Loftus-CHik va Obameyanglarning shartnomasi bir yil ichida yakun topadi. Gallaxer va Ziyesh esa jamoaga 2025 yilgacha yordam berishi ko‘zda tutilgan. "MYU" va "Liverpul" Maunt uchun da’vogarlik qilishi kutilmoqda. "Manchester Siti" va "Bavariya" esa Kovachichga chang solib ko‘radi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘tgan yozda Gallaxer uchun "Everton" 45 million taklif qilgan va rad javobini olgandi. Bu safar, endi "Liverpul" 23 yoshli yarim himoyachiga da’vo qila boshladi.
Loftus-CHikka "Milan" 25 million funt taklif etgani haqida xabarlar bor. Pulishich ham "Chelsi" libosini yechadigan vaqtga yetib keldi. Ziyesh allaqachon Londondan Parijga ko‘chib o‘tishi kerak edi. Ammo yanvar oyidagi "PSJ"ga transfer amalga oshmay qolgan. Shu sababli marokashlik hujumchiga yozda eshiklar yana ochiladi. Yana bir baxtli kulmagan hujumchi Obameyangdir. U Grem Potter tomonidan asosiy tarkibga kiritilmagandi. Yozda gabonlik futbolchi "Inter" yoki "Barselona"ga o‘tishi aytilgan.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:20, 14.04.2023. O'qildi: 6129 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик