Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lionel Messining debyutidan beri Yevropadagi eng ko‘p gol urgan hujumchilar: Ronaldu, Levandovski, Benzema...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Lionel Messi barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlardan biri sanaladi. 2004 yilda Messi "Barselona"da ilk marta maydonga tushadi va ilk o‘yinidayoq gol urishga erishadi. Yevropaning kuchli ligalaridagi futbol shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Vaqt o‘tgani sari Zidan, Shirer, Ronaldo kabi buyuklar o‘z butsalarini devorga ildi. Ammo Messi o‘z yo‘lida hamon davom etmoqda. Xo‘sh, argentinalik daho davridagi eng yaxshi to‘purar kim? Bu savolga quyida javob olishingiz mumkin.

10. Edin Jeko – 221 ta gol

Bosniyalik hujumchi 2007 yildan beri katta sahnalarda o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. Gollar borasida uning natijasi Runi, Obameyang, Immobile va Vilyalarnikidan qolishmaydi. Jeko 2008-09 yilgi mavsumda "Volfsburg" bilan Germaniya chempioni bo‘ladi, "Manchester Siti"ga ilk APL titulini taqdim etadi. U "Roma" safida ham uzoq harakat qilib, 199 ta bahsda 85 ta gol urishga erishgandi. Ayni damda 37 yosh bo‘lgan qahramonimiz "Inter" sharafini himoya qilmoqda.

9. Gonsalo Iguain – 237 ta gol

O‘z avlodining eng yaxshilaridan biri bo‘lgan futbolchi, gollar urish borasida o‘ta barqaror edi. Iguain "Real" safida 100 dan ortiq golga mualliflik qiladi. "Napoli" bilan ham 71 ta gol urishga erishadi. "Yuventus" safida argentinalik hujumchi Italiya chempioniga aylanadi.

8. Luis Suares – 248 ta gol

Suares 2011 yilning avvalida "Ayaks"ga olib kelinadi. O‘shanda u 24 yosh edi. "Liverpul"da katta sahnaga chiqqan hujumchini 2014 yilda "Barselona" xarid qiladi. Suares Kataloniyada 6 mavsum harakat qilib, klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi to‘purarga aylanib olgan edi.

7. Serxio Aguero – 259 ta gol

Messining eng yaxshi do‘stlaridan biri bo‘lgan Aguyero 2006 yilda, 18 yoshida Yevropaga yo‘l oladi. U "Ateltiko" safida 74 ta gol urishga erishgan. "Manchester Siti"dagi davri Agueroning yuqori darajasi sifatida qaraladi. Hujumchi 10 mavsum davomida 4 marta chempionlikka erishgan edi. Yurak bilan bog‘liq muammo Agueroni 33 yoshida futboldan ketishga majbur qilgandi.

6. Edinson Kavani – 267 ta gol

Urugvayning nomsiz jamoasidan 2007 yilda "Palermo" 20 yoshli hujumchini xarid qiladi. Hech kim Kavanining hozirgi darajasiga chiqadi deb o‘ylamagan. Urugvaylik futbolchi "Napoli" va "PSJ"da fantastik o‘yinlari bilan yodimizda qolgan. "Manchester Yunayted", hozir esa "Valensiya"da, u o‘z ishini davom ettirmoqda.

5. Karim Benzema – 276 ta gol

Messi singari Benzema ham professional futbolga 2004 yilda kirib kelgan. U "Lion"da o‘sishni boshlaydi. 2009 yilda "Real" fransuz hujumchisini xarid qiladi. To‘qqiz yil davomida Ronaldu soyasida yurgan futbolchi, ayni damga kelib asl darajasini namoyish etmoqda. Benzema "Real" bilan 233 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

4. Zlatan Ibragimovich – 298 ta gol

Ibragimovich "Yuventus" tomonidan 2004 yilda sotib olinadi. U bu damga qadar "Malmyo"da 16 ta, "Ayaks"da esa 35 ta gol urishga erishgandi. Shundan keyin, ushbu nom yuzlab gollar urdi. Ular Italiya, Fransiya, Ispaniya va Angliyada yuz berdi. Ayni damda 41 yosh bo‘lishiga qaramay, Ibragimovich o‘z yo‘lidan hali qaytgani yo‘q. Nafaqa u uchun begonaligicha qolmoqda.

3. Robert Levandovski – 329 ta gol

Polshalik hujumchi dunyoga Yurgen Kloppning "Borussiya Dortmund"ida tanildi. "Bavariya" tomonidan sotib olingach, Levandovski har yili Germaniya chempionligiga erishdi. O‘tgan mavsumda "Barselona"ga o‘tgan qahramonimiz, o‘zining debyut mavsumidayoq 17 ta gol urishga erishdi.

2. Krishtianu Ronaldu – 491 ta gol

Ushbu ro‘yxatdagi yagona Messidan oldin debyut qilgan futbolchi Ronaldudir. U 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga yo‘l oladi. Portugaliya yulduzi Messining debyutiga qadar APLda 4 ta gol urishga erishgandi. "Real"da afsonaga aylangan futbolchi, Italiyaning "Yuventus" klubida ham bir muddat harakat qildi. U kuchli beshlik chempionatlarida gol urish borasida rekordchi hisoblanadi. Agarda Ronalduning "Sporting" va "MYU"dagi gollarini ham qo‘shsak, u 498 ta gol bilan Messidan oshib ketgan bo‘lardi.

1. Lionel Messi – 494 ta gol

Messi bo‘lmasa, yana kim ham bo‘lardi? Bu so‘zning aytililishi har qanday solishtirishlarda deyarli muqarrardir. "Barselona" safida argentinalik afsona 520 ta o‘yinda 474 ta golga mualliflik qildi. Bu esa Yevropadagi mutlaq rekord sanaladi. Messi "PSJ" bilan ham 20 ta gol urishga erishdi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:11, 15.04.2023. O'qildi: 4202 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик