Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasi pley-offidagi eng buyuk kambeklar

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun Chempionlar ligasi chorak final ikkinchi uchrashuvlariga start beriladi. Birinchi uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lgan jamoalar kambek qilishga urinib ko‘radi. Keling, Chempionlar ligasida birinchi uchrashuvlarda yirik mag‘lubiyatlarga uchrab, javob o‘yinida g‘alaba qozongan o‘yinlarni yodga olamiz. Reytingni o‘zingizga moslab tuzib olaverasiz.

2018/2019 yilgi mavsum, yarim final

"Barselona" - "Liverpul" 3:0
"Liverpul" - "Barselona" 4:0

Birinchi o‘yinda kataloniyaliklar raqibni ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. Lionel Messining dubli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozongan 3:0. Shundan so‘ng ko‘plab mutaxassislar “Barsa”ni muddatidan avval finalga chiqqanini tahmin qilishgan edi. Ammo ular xato qilishdi! "Liverpul" javob o‘yiniga jarohat olgan Muhammad Saloh va Roberto Firminosiz chiqdi, biroq ularning tarkibida boshqa qahramonlar ham bor edi. Dastlabki daqiqalarda Divok Origi hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffusdan so‘ng darhol Jorjinyo Veynaldum dubl qayd etdi.

Finalga chiqish imkoniyatini jiddiy oshirish uchun “Barsa”ga atigi bitta gol urish kifoya edi, ammo ular bu vazifani uddalay olishmadi. Va yakunda ular halokatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Jarima maydonchasida Origi yolg‘iz qoldi. Trent Aleksandr-Arnold standartni o‘ziga xos va tezkor
tarzda amalga oshirdi, belgiyalik esa dubl qayd etdi.

Finalda “Liverpul” “Tottenxem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mavsum-2016/2017, 1/8 final

“PSJ” – “Barselona” 4:0
"Barselona" - "PSJ" - 6:1

"Barselona" Chempionlar ligasi tarixida to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lib, keyingi pley-off bosqichiga yo‘l olgan birinchi jamoa bo‘ldi. Parijdagi dahshatli o‘yindan so‘ng, umumiy muvaffaqiyatga jamoaning eng sodiq muxlislari ham ishonishmagan bo‘lsa kerak. "Barsa" bosh murabbiyi Luis Enrike mo‘’jizadan umid qildi: "Agar parijliklar to‘rtta gol ura olsalar, biz oltita gol urishimiz mumkin", - dedi ispaniyalik javob o‘yini oldidan. Lekin Enrike jamoasi qiyin vazifani baribir uddasidan chiqdi.

Luis Suaresning dastlabki goli “Barselona” muxlislariga ishonch bag‘ishladi, ikkinchi bo‘lim boshida esa mezbonlar uchta to‘p farqi bilan oldinda borishdi. Parijliklar Edinson Kavanining sa’y-harakatlari bilan bitta golni qaytarib olishdi, keyin esa intrigani yakunlagandek bo‘lishdi. O‘shanda mehmonda gol o‘tkazish qoidasi mavjud bo‘lgani uchun mezbonlar yana uch marta gol urishga majbur bo‘ldi. Va ular buni qilishdi! 88-dan 90+5-daqiqaga qadar Neymar dublga erishdi, keyin esa Serxi Robertoga golli uzatma berdi.

"Barsa" keyingi bosqichda turnirdan chiqib ketdi. "Yuventus" ularni mag‘lub etdi. Turinda kataloniyaliklar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, “Kamp Nou”da esa tomoshabinlar gol ko‘rishmadi.

Mavsum-2017/2018, 1/4 final

"Barselona" - "Roma" - 4:1
"Roma" - "Barselona" 3:0

“Barselona” uchun yana bir esda qolarli voqea. Kataloniyaliklar Rimga jiddiy ustunlik bilan yetib kelishdi. "Roma" tezda hisobni ochdi, Edin Jeko darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib gol kiritdi. Tanaffusdan so‘ng bosniyalik futbolchi penalti ishlab oldi, uni Daniele De Rossi golga aylantirdi. Uchrashuv yakunida Kostas Manolas hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

"Roma" tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va u yerda "Liverpul" bilan kurashdi. Biroq, rimliklarga yana bitta kambek uchun kuch yetmadi. Birinchi o‘yinda Italiya klubi 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, javob uchrashuvida 4:2 hisobida zafar quchgandi.

2003/2004 yilgi mavsum, 1/4 final

"Milan" - "Deportivo" - 4:1
“Deportivo” - “Milan” – 4:0

"Deportivo" 21-asr boshida aql bovar qilmas futbol ko‘rsatar edi. “San-Siro”da mezbonlar to‘rtta gol urishdi. Karlo Anchelotti shogirdlari javob o‘yinida bunday ustunlikni qo‘ldan boy berishiga ozchilik ishonardi.

Ispaniya klubi bu vazifani a’lo darajada uddaladi va tanaffusga qadar "Milan" darvozasiga uchta gol kiritdi. Uchrashuv yakunida ular yakuniy hisobni o‘rnatdi. Ispaniya klubi haqiqiy mo‘’jiza ko‘rsatdi. Yarim finalda “Deportivo” Joze Mourinoning “Portu”sidan o‘ta olmadi – 0:0, 0:1.

2003/2004 yilgi mavsum, 1/4 final

“Real Madrid” - “Monako” 4:2
“Monako” – “Real Madrid” 3:1

2004 yilda "Monako" sensasion tarzda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. O‘sha pley-offda Didye Desham shogirdlari mehmondagi gollar evaziga ikki marta keyingi bosqichga chiqdi. Avvaliga fransuz klubi Moskvaning “Lokomotiv”i bilan to‘qnash keldi (1:2, 1:0), keyin esa “Real”ni yo‘lidan olib tashladi. Madriddagi uchrashuv yakunlanishiga yetti daqiqa qolganida mehmonlar 1:4 hisobida ortda qolishayotgan edi. Biroq Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fernando Moriyentes bitta gol urdi.

Aftidan, Madridning yulduzli jamoasi javob o‘yinida muammoga duch kelmaydigandek ko‘rindi. Biroq, monakoliklar umidsizlikka tushmadi va o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirdi. Natijada Madrid klubi yarim finalda turnir chiqib ketdi va “Monako” sensasiya yaratdi. O‘shanda Dide Desham shogirdlari finalda “Portu”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Kiritildi: 20:09, 18.04.2023. O'qildi: 5396 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик