Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      •   Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      •   An-Nasr (SA)
      • 1:0
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      •   Al-Ahli Doha
      • 0:0
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 4 12 25
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Shvesiya 6 6 3 15
6 Niderlandiya 6 6 1 13
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keyn, Osimxen, Balogun: "Chelsi"ning muammolarni qay bir hujumchi hal qila oladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Chelsi" o‘tgan tunda YECHLdagi ishtirokini yakunlagan edi. Londonliklar amaldagi chempion bo‘lmish "Real"ga qarshi ikki o‘yinda birort gol ura olmadi va to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Mark Kukurelya va N'Golo Kante kabi futbolchilar o‘z jamoasiga umid berishi mumkin edi. Ammo yakunda bari puchga chiqdi. Kelayotgan yoz, natija tomonlama chuqur inqirozga tushib qolgan jamoa uchun markaziy hujumchi qidirish mavsum bo‘ladi. Todd Boeli 600 million funt pul sarflab, birorta tuzukroq markaziy hujumchi sotib olmadi. Bu esa klubga qimmatga tushmoqda. Obameyang va Broya kabi hujumchilar bor. Ammo ular mavsum davomida 4 ta gol urishga erishdi xolos. Lukaku esa ijarada yuribdi. "Atletiko"dan ijaraga olingan Joau Feliks markaziy hujumga yaramaydi. Shunday holatda top-hujumchi talab etiladi. Quyida "Chelsi"ni yangi mavsumda yana katta sahnalarga qaytarishi mumkin bo‘lgan hujumchilar variantini ko‘rib chiqamiz.

Xarri Keyn – "Tottenxem"

Yozda 29 yoshli hujumchi o‘z jamoasini tark etishga juda yaqin turibdi. Antonio Konte "shporlar" bilan sovrin yuta olmadi. Shu sababdan Keyn uchun boshqa jamoa kerak. U klubda 273 ta, terma jamoada esa 55 ta golga mualliflik qilgan. Shunday ekan, u bemalol "Chelsi"dagi muammolarga yechim topa oladi. Keyn 2024 yilda erkin agentga aylanishini hisobga olsak, uni sotish "Tottenxem" uchun ham yaxshi yechim. Sotuvdan keladigan pulga esa yangi mavsum uchun yangi futbolchilar xarid qilish mumkin.

Viktor Osimxen – "Napoli"

24 yoshli nigeriyalik hujumchi mavsumning eng yorqin nomlaridan biri bo‘lib turibdi. U hozirga qadar 26 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi. Osimxenning jamoasi esa 1990 yildan beri ilk chempionlikni qo‘lga kiritishga yaqin. Futbolchining o‘zi ham APLda o‘ynash istagini yashirmaydi. Uning qahramoni esa "Chelsi" afsonasi Didye Drogbadir. To‘g‘ri, uni sotib olish oson bo‘lmaydi. Avvalo, u uchun da’vogarlar ko‘p bo‘ladi. Ikkinchidan esa katta mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.

Ayvan Touni – "Brentford"

Tauni bu mavsum davomida ilk bor Angliya terma jamoasiga jalb etilgan edi. 27 yoshli hujumchi "Brentford" safida uch yil ichida 66 ta gol urishga erishgan. Bu mavsumda esa hujumchining hisobida 19 ta gol bor. Tauni jismoniy va texnik jihatdan yetuk futbolchi. Shu sababli u "Chelsi"dagi hujumchi roliga bemalol mos keladi. Shuningdek, Tounini boshqa nomlarga qaraganda, oson sotib olsa bo‘ladi.

Markus Tyuram – "Ayntraxt"

Fransiya terma jamoasining afsonalaridan biri bo‘lgan Lilian Tyuramning o‘g‘li o‘z darajasini namoyish etmoqda. U mavsum davomida 16 ta gol urishga erishgan. Tyuram markaziy hujumdan tashqari qanotlarda ham yaxshi harakat qiladi. Futbolchi o‘z terma jamoasining ajralmas qismiga aylangandi. 25 yoshli hujumchining yaxshi tomoni, u yozda erkin agentga aylanadi va u uchun pul sarflash shart emas. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Negaki, Tyuramga "MYU", "Tottenxem", "Nyukasl" kabi boshqa mahalliy raqiblar ham da’vogar bo‘lib turibdi. Garchand, "Chelsi" futbolchi uchun keyingi mavsumda yevrokubok musobaqalarini taklif eta olmasada, katta maosh bilan o‘ziga og‘dira oladi.

Randal Kolo-Muani – "Ayntraxt"

Bu mavsumda ko‘zga tashlangan yana bir yulduz. Kolo-Muani 20 ta gol bilan nemis klubi safida o‘zini namoyon qilgandi. Tyuram kabi 24 yoshli futbolchi ham Didye Desham tomonidan terma jamoaga doimiy jalb etiladi. Bu futbolchiga erishish oson bo‘lmaydi. Negaki, unga da’vogarlar ichida "Bavariya" va "MYU" ham bor.

Olli Uotkins – "Aston Villa"

Sobiq "Brentford" hujumchisi yangi yildan beri eng yaxshi performerlardan biri bo‘lib kelmoqda. U APLning o‘zida 14 ta golga mualliflik qilib turibdi. Markaziy hujumda Uotkins o‘z jamoasiga ko‘proq foyda bera boshladi. Shu sababli, Unai Emeri jamoasi hozir yevrokuboklar uchun kurash olib bormoqda. Uotkinsda "Chelsi"ga zarur bo‘lgan hamma narsa bor. 27 yoshli hujumchi, tezlik, texnika va joy tanlashda ustasi farangdir.

Folarin Balogun – "Arsenal"

Futbolda shunday ishlar ham sodir bo‘lib turadi. "Arsenal" akademiyasi a’zosiga "Chelsi"dek jamoa muhtoj bo‘lishini hech kim o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Biroq, hozirgi vaziyat aynan shunday. Balogun Fransiya chempionatida 18 ta gol urishga erishdi. U bu borada Mbappe va Messi bilan bellashmoqda. Shunga qaramay, u "Arsenal"ga qaytganida asosiy tarkibga kirish masalasi muammoga aylanadi. Negaki, Balogunga Mikel Artetaning jamoasida hozircha joy mavjud emas. Shu bilan birga 21 yoshli hujumchi ortiq ijarada yurishni istamaydi. Masalani hal qilishni bitta yo‘li bor. U ham bo‘lsa, Balogunni sotishdir. "Chelsi" yaxshi taklif bilan yosh hujumchini o‘ziniki qilib olishi mumkin. Qolaversa, Balogun AQSH terma jamoasi sharafini ham himoya qila oladi. Bu esa amerikalik Todd Boeliga ayni muddaodir.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:06, 19.04.2023. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.