Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ga to‘rt gol! Valentin Kastelyanos kim o‘zi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

25 aprel kuni hafta o‘rtasiga qo‘yilgan La Liga 31-turi katta sensasiya bilan boshlandi - «Jirona» o‘z maydonida «Real»ni 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bosh qahramon - argentinalik hujumchi Valentin «Tati» Kastelyanos. U «Qi-rollik klubi» darvozasini bir soat oralig‘ida 4 marta o‘qqa tutdi: 

12-daqiqa - jarima maydoniga oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

24-daqiqa - Eder Militao bilan kurashda ustun keldi, jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni Andrey Lunin oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi.

46-daqiqa - «Jirona»ning ikkinchi bo‘limdagi birinchi hujumida penalti nuqtasi hududidan zarba berdi, Lunin qutqarolmadi.

62-daqiqa - darvozabon hududiga yana bir uzatma va «Tati»dan 4-gol. «Poker»!

Orzu oqshomi

Tabiiyki, Valentin Kas­telyanos o‘yindan keyin o‘z quvonchini yashirib turolmadi: «Orzu oqshomi. Axir bugun eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va bunaqasini hattoki, tasavvur ham qilolmasdim. Ha, «Real» darvozasini nishonga olish orzum yo‘q emasdi, ammo 1ta o‘yinda 4ta gol urish... Ochig‘i, «poker» xayolimning bir chetiga ham kelmagandi. G‘alaba qozonganimizdan xursandman, albatta. Ayniqsa, muxlislar va sheriklarimdan minnatdorman». Ayni holatda «Jirona» - «Real» uchun La Ligadagi eng noqulay raqib. Binobarin, Kataloniya jamoasi oxirgi o‘zaro 6ta o‘yin­ning 3tasida g‘alaba qozondi, yana birida durang qayd etdi. Bu davrda Ispaniyaning boshqa biror klubi «Real» bilan bahslarda bunday samara ko‘rsatgan emas. Yana bir tomoni, «Jirona» shu 6ta o‘yinda 13ta gol urdi - bunisi ham «Madrid» bilan hisob-kitobda eng yuqori ko‘rsatkichdir.

75 yil badaliga ilk marta!

Oxirgi 10 yilga qarasak, La Ligada «Real» bilan o‘yinda atigi 4 nafar futbolchiga «xet-trik» qayd etish nasib etgan. Bular - Xabi Priyeto («Real Sosyedad»), Lionel Messi, Luis Suares («Barselona») va Karlos Soler («Valensiya»). Kastelyanos esa La Ligada 75 yil badali (1947 yildan buyon)ga «Real» darvozasini bir o‘yinda 4 marta nishonga olgan ilk futbolchi bo‘ldi. Umuman, «Madrid»ning butun tarixini olsak, «Tati» «Qirollik klubi»ni «poker» bilan «siylagan» 10-futbolchiga aylandi.

«Siti» tizimi bo‘yicha: Urugvay - AQSH - Ispaniya

Kastelyanos 24 yoshli hujumchi. «Jirona» argentinalik futbolchini o‘tgan yili yozda «Nyu-York Siti»dan ijara shartnomasi asosida oldi. «Tati» aslida uncha ko‘p gol urmaydi: «Real»ga «poker» «tortiq» etishiga qadar chem-pio­nat doirasidagi 28ta o‘yinda raqiblar darvozasini 7 marta nishonga olib, yana bir bora assistent rolini bajargandi. Hujumchining bo‘yi nisbatan past (178 sm.). Shuning uchunmi, bolaligida Argentina akademiyalari tomonidan rad javobi olgan ekan. Xususan, Valentin 14 yoshida «River Pleyt» maktabiga kirolmagan, «Lanus» murabbiylari esa jismoniy ko‘rsatkichlari to‘g‘ri kelmasligini ochiq aytishgan. «Jussam kichik va ancha oriqligim tufayli talabga javob berolmasligimni yashirishmagandi, - deydi «Jirona» hujumchisi. - 14 yoshli bolakayga bunday javobni eshitish og‘riqli edi. Shundan so‘ng qadrdon shahrim - Mendosaga qaytim va onamdan pul olib, shug‘ullanish uchun trinajyor zaliga bordim. Gavdamni o‘stirish va kuchliroq bo‘lishni xohlagandim». Aftidan, Leo Messi tarixi Argentina klublariga hech qanday saboq bermagan ko‘rinadi. Oddiy aytganda, Valentin katta futbolga City Group tizimi orqali, Urugvay - AQSH - Ispaniya yo‘nalishi bo‘yicha kirib keldi. Ya’ni u Argentina chempionatida biror marta maydonga tushmagan. Urugvayning «Montevideo Siti Torke» klubi safiga qo‘shilishiga qadar esa ma’lum vaqt Chilida tajriba oshirdi. Bu - taqdir. Valentin shu-shu faqat City Group tizimi tarkibidagi klublarni ko‘rdi. Bilamizki, bu tizimning yuqorisida «Manchester Siti» turadi. 

MLSda olovli o‘yinlar

«Tati» Urugvay chempionatidagi tajribadan keyin 2018 yili MLSga yo‘l oldi. Aynan «Nyu-York Siti»dagi davr yosh hujumchi uchun juda samarali o‘tdi. Jumladan, 2021 yili MLS muntazam mavsumida eng yaxshi to‘purarga aylangan Kastelyanos «pley-off» bosqichida ham har bir o‘yinda gol urdi. Deylik, finalda Maksi Morales uzatmasidan foydalanib, jamoasining g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi. Umuman, «Tati» MLSni juda yoqtirardi: «Jamoamiz o‘yinlariga chamasi 35 ming muxlis tushardi. AQSHda futbol rivojlanmoqda va soha atrofidagi madaniyat ham o‘zgarmoqda. Ya’ni amerikaliklar o‘yinga tobora kuchliroq ehtiros bilan yondashishmoqda. Endilikda MLS nafaqaxo‘rlar ligasi emas, chempionat iqtidorli yoshlarga to‘la va u ko‘pchilik uchun tramplin vazifasini o‘tamoqda». O‘tgan mavsum Kastelyanosning MLS darajasidan o‘zib ketgani ko‘rindi.  Bunga Shimoliy Amerika futbolidagi statis­tikasi dalil: 134ta o‘yin­da 59ta gol va 24ta assist. Shu tariqa City Group «Tati»ni «Jirona»ga yuborishni ma’qul ko‘rdi. 

«Real»lar - sevimli raqiblar

Kastelyanos faoliyatida ikkinchi marta «poker»ga erishdi. Birinchisini 2022 yilning aprelida MLSda nishonlagandi - «Real Solt-Leyk» bilan bahsda 4ta gol. Ikki «Real»ga «poker» - chiroyli tasodif. O‘zi 2021 yildayoq Valentinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Manchester Siti»da paydo bo‘lishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. O‘shanda Xosep Gvardiola ham argentinalik hujumchi haqida ijobiy fikr bildirgandi: «Bu yigit katta ehtimolki, Yevropaga keladi va bu faoliyatida oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Uning o‘yinini o‘zim ko‘rganman, skautlarimizdan ham yetarlicha ma’lumot oldim. Kas­telyanos navbatdagi qadamni tashlashga tayyor, faqat endi qayerga yo‘naltirishni ko‘rib chiqishimiz kerak». «Tati» ham Gvardiola qo‘l ostida o‘ynashni orzu qilishini allaqachon bayon etgan. «Real» bilan o‘yindagi «poker» uning «Manchester Siti»ga yo‘l olish imkoniyatini oshirgani tayin. Lekin katta ehtimolki, yana bir mavsum «Jirona»da qoladi. Aytish o‘rinli, Valentin yanvarda «Brayton» taklifidan bosh tortgandi.

Sharq amaliyotiga e’tibor

Kastelyanosning e’tirof etishicha, asosiy kuchi - bu maydonda fikrlash qobiliyati. Argentinalik futbolchi o‘yinlardan oldin energiya to‘plash uchun meditasiya musiqalarini eshitadi. U shuning barobarida yapon tibbiyoti amaliyoti sanalgan reyki bilan shug‘ullanadi. Bu jarayon kaftlar yordamida tiklanishga qaratilgan.

Tarixda «Real» bilan o‘yinda «poker»|«flesh»GA 

erishgan futbolchilar

1926 yil - Xosep Samityer («Barselona»), Ispaniya kubogida

1929 yil - Karlos Bestit («Evropa»), chempionatda

1935 yil - Karlos Vantolra («Barselona»), chempionatda

1940 yil - Martines Katala («Ovyedo»), chempionatda

1944 yil - Emilin («Ovyedo»), chempionatda

1947 yil - Esteban Echevarriya («Ovyedo») - chempionatda (yagona «flesh»)

1957 yil - Eulogio Martines («Barselona») - Ispaniya kubogida

2006 yil - Diyego Milito («Saragosa»), Ispaniya kubogida

2013 yil - Robert Levandovski («Borussiya» D.), CHLda

2023 yil - Valentin Kastelyanos («Jirona»), chempionatda

«Jirona» hujumchisi «Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandesning ashaddiy muxlisi. Buning isboti bor - Kastelyanos 17 yoshida sobiq futbolchi bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Valentinning gollari Ispaniya chempionatida Xavi jamoasiga rosa qo‘l kelgani o‘z-o‘zidan tushunarli. «Tati» shuning barobarida Lionel Messini alohida maqtadi: «Aynan Leo tufayli hamisha «Real»dan ko‘ra, «Barsa»ni ko‘proq yoqtirganman. Messi - men uchun bosh kumir. U kechagi o‘yinni ko‘rgan-ko‘rmaganini bilmayman. Gap dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida ketmoqda. JCH payti uning meni yig‘lashga majbur qilgani esa - haqiqat».

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 14.05.2023. O'qildi: 4057 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик