Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diksi Din - Xolandga oriyentir (!)mi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Erling Xoland Premyer-ligada gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi:

36 goli bilan Muhammad Salohning natijasini ortda qoldirdi (ligada 38 turda 32ta gol) va Endi Koul va Alan Shirerdan ham o‘zib ketdi. Ha, bu Premyer-liga davrining cho‘qqisi, ammo, lekin, biroq butun Premyer-liga tarixida hatto Xoland ham yangilay olmaydigan abadiy bo‘lib ko‘rinadigan bir rekord mavjud. 1927G‘28 yilgi mavsumda «Everton» hujumchisi Diksi Din naq 60ta gol urgan.

Din 21 yoshida «Everton»ni chempionlik sari yetaklagan o‘sha mavsumda u jamoaning deyarli 60 foiz gollarini urgan!

43ta gol - 1925G‘26 yilgi chempionatda blekbernlik Ted Xarper rekord o‘rnatgan. Bu uzoq vaqt ingliz futbolidagi rekord bo‘lib qolishi kutilgandi. Ammo ikki yil o‘tib, «Everton»dan 21 yoshli bolakay 60ta gol urib, rekordni yangiladi. Ha, ha, o‘sha paytda Din Xolanddan yoshroq edi. Qizig‘i shundaki, Din va Xoland rekord darajadagi mavsumlarni deyarli bir xil sur’atda boshlashdi: ikkalasi ham startdagi 9ta turda ketma-ket gol urishdi (angliyalikda 17ta, norvegiyalikda 15ta gol), ikkalasi ham «MYU»ni «sochib tashlagan» (Diksining penta-triki va Erlingning xet-triki). Ikkalasi ham 10-turda «Liverpul» darvozasiga yo‘l topa olishmagan.

Xoland 1-turdan so‘ng SKY Sports hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bir xil o‘yin vaqti bilan gol urishda davom etsa, mavsum oxiriga kelib, 67ta gol urishi yoki hakam tomonidan qo‘shilgan daqiqani ham hisobga olsa 72ta gol urishi mumkin edi. Nazariy jihatdan, Dinning rekordi xavf ostida edi, lekin Erling qanchalik urinmasin, 95 yillik rekordni yangilashi amaliy jihatdan imkonsiz edi.

Dinning baxtiga uning davrida hech qanday o‘rinbosar yo‘q edi. Afsuski, ular terma jamoalar o‘yinlariga pauza qilishni rejalashtirmagan. Angliya terma jamoasiga ketgani sababli hujumchi liganing uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi, ehtimol u yana o‘nlab gol urishi mumkin edi. Din yo‘qligida ham «Everton» «Vest Xem»ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi - u bo‘lganida nima sodir bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? Yana ikkita o‘tkazib yuborilgan o‘yin ham jadvalning quyi qismida joylashgan jamoalarga to‘g‘ri keldi. Balki Dinning yo‘qligi «Portsmut»ni quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qolgandir: jamoa «Everton» bilan o‘yinda durang (0:0) o‘ynab, «Tottenxem»dan atigi bir ochkoga o‘zib ketdi. Biroq, Din uchun Liverpul jamoasini chempionlik sari sudrab borishi uchun 39 uchrashuv yetarli bo‘ldi. Uning chempionatdagi hissasi juda katta. «Everton» o‘sha mavsumda 102ta gol urdi, ulardan 60tasi bitta futbolchi hisobiga (bu kosmik ko‘rsatkich - 59 foiz). Din esa qancha golli uzatma berganini hali ham bilmaymiz. O‘sha paytda bunday statistika saqlanmagan, ammo zamondoshlarining xotiralariga ko‘ra, Diksi jamoaviy o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata olgan. «U aql bovar qilmaydigan darajada fidoyi va sheriklar uchun golli vaziyatlar yaratishda usta edi» - bu hech kimning bahosi emas, balki Dinga qarshi bir necha bor o‘ynagan ser Mett Basbining fikri.

Bu mavsumga potensial parallel bo‘lgan yana bir jihat shuki, «Everton» ham «Manchester Siti» kabi uzoq vaqtdan beri 2-o‘rinni egallab kelgan. O‘shanda «Arsenal» rolida «Xaddersfild» o‘ynagan va «Everton»ning bosimiga aprel oyining oxiriga qadar dosh berolmagan. Natijada «Everton» raqibidan bor-yo‘g‘i ikki ochkoga ilgarilab ketdi.

Yana bir intriga bor edi. Bundan atigi bir yil avval «Midlsbro» futbolchisi Jorj Kamsel 2-divizionda bir mavsumda 59ta gol urgan edi, ammo Diksi Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni orzu qilgandi. Marraga 3 tur qolganida Din 9ta gol farqi bilan ortda borayotgan edi. Butun mamlakat yosh forvard mutlaq rekord o‘rnatishga ulguradimi yoki yo‘qligini muhokama qilardi. Avvaliga Diksi «Aston Villa»ga qarshi dubl, keyin «Byornli» darvozasiga poker qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Mavsumning so‘nggi o‘yinida Dinga hech bo‘lmaganda xet-trik kerak edi. «Everton» «Arsenal» bilan o‘yinga allaqachon chempion maqomida kirgan, shuning uchun butun «Gudison» faqat bitta narsani kutayotgan edi - Din bugun nechta gol urar ekan. Diksi dastlabki 10 daqiqadayoq stadionni xursand qildi: avvaliga boshi bilan gol urdi, keyin esa penalti ishlab oldi. Tabiiyki, bunday kunda faqat bitta futbolchi nuqtaga yaqinlasha olardi. Din juda tez dublni amalga oshirdi. World Football ma’lumotlariga ko‘ra, bu uning o‘sha mavsumdagi penaltidan kiritgan yagona goli ekan.

Qolgan vaqtlarda Din «Arsenal» darvozasini ha deganda ishg‘ol qila olmadi, ammo 60-gol baribir kiritildi. Bu yakuniy hushtakka 8 daqiqa qolganida sodir bo‘ldi: Diksi yana boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Abadiy rekord!

«Arsenal» va «Liverpul»ga qarshi xet-triklar, shuningdek, «Manchester Yunayted»ga qarshi penta-trik sizni ajablantirmasa kerak. 1928 yilda kuchlar nisbati hozirgidan butunlay boshqacha edi: o‘shanda londonliklar 10-o‘rinni egallashgan, qo‘shni «Liverpul» - 16, «Yunayted» - 18-o‘rin, «Tottenxem» quyi ligaga tushib ketgandi, «Manchester Siti» va «Chelsi» esa faqat 2-divizionda 1- va 3-o‘rinlarni egallashgan.

Ravshan IBROHIM tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 07.06.2023. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик