Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real" safida Zidandan keyin beshinchi raqam ostida harakat qilgan futbolchilar: ular kimlar edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘z faoliyatida katta qadam tashlagan Bellingem, "Real" futbolchisiga aylangan edi. U, endilikda, "qirollik klubi"ning afsonaviy raqami ostida to‘p tepadi. Bir qarashda 5-raqam oddiydek tuyuladi. Ammo unday emas. Negaki, bu raqam 2001 yildan 2006 yilga qadar tirik afsona bo‘lgan Zidanga tegishli edi. Uni Bellingem kabi saviyali futbolchi taqishi esa hammada havas uyg‘otgani turgan gap. Zizu taqqan raqam Bellingemga qadar kimlar tomonidan foydalanilganini bilishni istaysizmi? Unda quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Fernando Gago

"Boka Xuniors"dagi fantastik mavsumlaridan keyin, Gago 2006 yilda "Real" tomonidan xarid qiladi. U madridliklarga 20 million yevroga tushgandi. Dastlab, 8-raqamda harakat qilgan Gago, 2009 yilda beshinchi raqamni oladi. Bunga sabab Kakaning kelishi edi. 2010 yilda Mourinyoning kelishi, qolaversa, jarohatlar, Gagoni asosiy tarkibdan itqitib tashlaydi. Shunday qilib, yarim himoyachiga 5-raqam omad keltirmagandi.

Nuri Shahin

2011 yilda kutilmagan nom, "Borussiya Dortmund"da toblangan ijodkor futbolchi sotib olinadi. Shahin ko‘pchilik tomonidan yuqori baholangandi. Ammo jarohatlar va beqarorlik turkiyalik yarim himoyachini asosiy tarkibdan to‘sib qo‘yadi. Bir mavsumdan keyin Shahin "Liverpul"ga ijaraga beriladi. 2013 yilning yanvarida esa u yana jonajon klubi bo‘lgan "Borussiya Dortmund" safiga qaytadi.

Xesus Valyexo

Valyexo 2015 yilda katta umidlar bilan "Real"ga keladi. Ammo bu hayollar puch edi. Birinchi mavsumini "Ayntraxt" safida ijara asosida o‘tkazgach, himoyachi yana Madridga qaytadi. Unga 3-raqam beriladi. Ammo Pepening raqami Valyexoga baxt keltirmaydi. U rotasiya quroli bo‘lishdan nariga o‘tmadi. Futbolchi 2010 yillar oxirida ham ijaralarda yurdi. Keyin esa Xesus doimiy tarzda "Real"ga qaytdi. U 2021 yildan beri "qirollik klubi"da YECHL va La-ligani yutdi. Ammo zaxira o‘yinchisi sifatida. Endi esa u o‘z raqami bo‘lgan 5 ni Bellingemga topshirdi.

Fabiu Koentrau

Koentrauning "Real"dagi faoliyati jarohatlar sabab muvaffaqiyatsiz kechdi. Ammo portugaliyalik himoyachi Madridda ko‘plab sovrinlar yuta olgandi. Fabiuning moslashuvchanligi, uning eng katta quroli edi. Shu sababli Mourinyo undan muhim bahslarda foydalangan. 2018 yilda Koentrau Portugaliyaga qaytgan edi.

Fabio Kannavaro

Italiyani 2006 yilda Jahon chempioni qilganidan keyin, Kannavaro himoyachi sifatida "Oltin to‘p"ga loyiq topiladi. Shu yili u 7 million yevro evaziga "Yuventus"dan "Real"ga yo‘l oladi. U o‘zining uch yillik faoliyati davomida "qirollik klubi"ga ikkita La-liga va klublar o‘rtasidagi mundialdagi zafarni taqdim etgandi. 2009 yilda Kannavaro yana Turinga, "Yuventus"ga qaytadi. Shunday qilib, u qisqa davr mobaynida beshinchi raqam obro‘sini ko‘klarga ko‘taradi.

Rafael Varan

2011 yilda Varan "Lans" safidan sotib olinadi. Dastlab, unga 19 raqab taqdim etiladi. U birinchi mavsumidayoq La-ligani yutadi. Bu esa Varanning uzoq va shonli yo‘lining boshlanishi edi. Ikkinchi mavsum avvalida fransuz himoyachisi ikkinchi raqamni oladi. 2016 yilda esa Varan beshinchi raqam ostida to‘p tepa boshlaydi. O‘zining o‘n yillik "Real"dagi davrida jami 18 ta titul yutgan futbolchi, 2021 yilda "MYU"ga yo‘l olgandi. Uning sovrinlari orasida 2018 yilgi mundial g‘olibligi ham bor.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:47, 16.06.2023. O'qildi: 8632 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик