Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Romantik kashfiyotchi murabbiy

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Roberto De Zerbi boshqaruvidagi «Brayton» o‘z tarixida ilk bora YEL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Italiyalik murabbiy doimo xayolparast inson bo‘lgan. «Sassuolo»ga ustozlik qilgan davrida to‘shagi yaqinidan bloknot va ruchka arimasdi. Hatto uyqusida ham futbolni o‘ylar, qiziqarli g‘oya paydo bo‘lsa, darrov yozib qo‘yardi. Albatta, vaqt o‘tishi va to‘plangan tajriba ta’sirida munosabat o‘zgaradi, uslub takomillashib boradi. Biroq Roberto hanuzgacha xayolparastlik xislatidan mosuvo bo‘lgan emas.

«Jamoam doimo ishtiyoq va izzattalablik bilan to‘p surishini, o‘yinning bosh qahramoni sifatida orzu sari intilishini istayman», - degandi murabbiy o‘z intervyularidan birida. De Zerbi «Brayton»ining shiddatli parvozi 2022G‘23 yillar mavsumidagi bosh mavzularning biri bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarda «Siti»ning chempionligiyu APLni tark etadigan 3 klub sovuqqonlik bilan qayd etilgan. Biroq chempionatni diqqat bilan kuzatgan ashaddiy muxlislarga «Brayton» olam,olam zavq ulashdi. 8 oylik faoliyatida De Zerbi jamoani tarixiy cho‘qqiga olib chiqdi - «chaykalar» YEL ishtirokchisiga aylanishdi.

Natija sari yo‘l

Ildam harakatlarga odatlangan De Zerbi startni o‘ta vazminlik bilan o‘tkazdi. Uning «Brayton»dagi faoliyati 2 durang va 3 mag‘lubiyat bilan boshlandi. Keyin jamoa «Chelsi»ni 4:1 hisobida mahv etdi, Robertoning uslubi bo‘y ko‘rsata boshladi. «MYU», «Liverpul» kabi grandlar mag‘lubiyatlarini tan oldilar, yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy bergan «Arsenal» chempionlikdan umidini uzdi. Ke­yin «Brayton» g‘oliblikni rasmiylashtirgan «Siti» bilan durangga imzo chekdi, hatto YECHL yo‘llanmasiga da’vogarlik qildi.

De Zerbi yetakchiligidagi janubliklar mavsum davomida raqib jamoalar murabbiylarining eksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Mart oyida Gvardiola Robertoni ingliz futbolining islohotchisi va ajoyib uslub sohibi ekanligini tan olgandi. Aprelning oxirida Lopetegi «Brayton» jahon futbolida eng saviyali o‘yinni namoyish etayotganligini e’tirof etgan, 2 kundan keyin «chaykalar» «Vulverxempton»ni 6 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur etishgandi. Hayratini yashira olmagan Yurgen Klopp mazkur bahsni o‘z faoliyatidagi eng mazmunli o‘yinlardan biri ekanligini ta’kidladi, «Brentford» ustozi Tomas Frank esa Roberto ijodiga a’lo baho bergandi. Eng qizig‘i, Mikel Arteta ham aynan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilish arafasida «Brayton»ning shaydosi bo‘lib qolganligini tan olgandi. Italiyalik mutaxassis barcha maqtovlarni o‘ta kamtarinlik bilan qabul qiladi: «Uslubimizni muhokama qilish chog‘ida mutaxassislar meni nazarda tutmaydilar. Men maydonda to‘p surmayman. Ular ajoyib shogirdlarimni maqtaydilar. O‘zim futbolchi bo‘lganim bois, maqtovlarni shogirdlarim xizmatlariga berilgan munosib baho, deb bilaman».

Murabbiylik yo‘li

De Zerbining futbolchilik davri kamtarona o‘tdi. 15 yillik faoliyatida u Italiyaning 10ta jamoasida ishladi, Ruminiyada omadini sinab ko‘rdi. 2013 yilda «D» seriyasi vakili «Darfo Boario»ni qabul qildi. Keyin «S» seriyasida «Fodja»ni boshqarib, 2016 yil sentyabrida «A» seriyasidagi «Palermo»dan taklif oldi. Biroq 13ta o‘yindan keyin jamoani tark etdi. Keyinchalik Roberto elitadan joy olish uchun yagona imkoniyat, deb o‘ylagani va juda barvaqt uringanligini tan oldi. «Benevento»da bosiqlik bilan ishlagan bo‘lsada, jamoani «V» seriyaga tushib ketishdan qutqara olmadi. Lekin hujumkor uslub murabbiyi maqomiga ega bo‘ldi. 2018 yilda u «Sassuolo»dan chorlov oldi. Kevin-Prins Boateng bunga quyidagicha munosabat bildirdi: «Men u bilan hamkorlik qilishni istagandim. Menimcha, De Zerbi o‘yinni his etish bobida tengsiz mutaxassis. Hamma uni maqtaydi, bu yaxshi emas. Meni 50 kishi maqtasa, boshqa 50 nafari salbiy baho beradi».

«Sassuolo»dagi 3 mavsum davomida Roberto 4x2x3x1 va 4x3x3 sxemalaridan foydalangan holda hujumkorlikka zo‘r berdi, 2- va 3-mavsumlarni jamoa 8-o‘rinda yakunladi. 2021 yilda murabbiy Doneskning «Shaxtyor» klubiga keldi va o‘tgan yilning yoziga qadar ishladi. Qizig‘i, iyul oyida u Sinisha Mixaylovichga bo‘lgan hurmati tufayli «Bolonya» taklifini rad etdi. Leykemiya xastaligi bilan kurashayotgan Sinisha sentyabrda «Bolonya»ni, dekabrda yorug‘ dunyoni tark etdi. De Zerbi esa muayyan rejalarsiz «Brayton» taklifiga rozilik bildirdi.

Har jabhada ehtiros muhim

Ehtiros? Agar siz futbolda ehtirossiz ishlasangiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Muxlislar hammasini yaxshi tushunishadi, qanchalik ehtirosli ekanligingizni 1-2 o‘yinda bilib oladilar. De Zerbining hissiyotlari ba’zan chegaradan chiqib ketadi. So‘ng­gi mavsumda u 2ta qizil va 4ta sariq kartochkalar bilan jazolandi. Buni murabbiy risoladagidek ko‘rsatkich, deb hisoblaydi: «O‘tgan mavsumda bundan ham yomonroq bo‘lgandi. Hozir ancha bosiq bo‘lib qoldim. Huda-behudaga kuyunavermaslik kerakligini tushunib turgan holda, ba’zan asablarimni jilovlay olmay qolaman».

Murabbiyning o‘yinlardan keyin yoki tanaffuslar paytida kiyinish xonasidagi ehtirosli nutqlari tez-tez OAV mulkiga aylanib turadi. Ularni alohida sitatalar yoki jo‘shqin motivasiya roliklari shaklida uzatish mumkin. Roberto jamoasi Angliya Kubogi turniri chorak finalida «Grimsbi»dan 1:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo‘l olgandi. Quyi liga vakili ustidan qayd etilayotgan minimal ustunlik murabbiyni qoniqtirmagan, u o‘z shogirdlaridan 5 yoki 6ta gol kutgandi. O‘sha o‘yin 5:0 hisobida yakunlandi. Robertoning jo‘shqin nutqi ta’sirida, albatta. Endi Denni Uelbekning e’tirofi bilan tanishing: «Birinchi kundayoq u futbolga bo‘lgan ishtiyoqi va malakasi bilan lol qoldirgandi. Biron-bir harakat, hatto ikir,chikirlar ham murabbiy e’tiboridan chetda qolmaydi. U juda ko‘p o‘yinchilarning mahoratini oshirdi. Barcha shogirdlariga o‘yin amaliyotini berib, iqtidorini namoyish etishni talab qiladi».

Yuksak baho

Darhaqiqat, De Zerbini hamma maqtaydi, hurmat qiladi - o‘yinchilar, murabbiylar, ekspertlar va muxlislar ham, albatta. Italiyalik mutaxassis bunday hurmatga faqat bitta yo‘l - halollik orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi: «Men har doim o‘zligingni saqlab qolish kerakligiga ishonaman, doimo halol va tushunarli bo‘lishga intilaman. Har qanday vaziyatda, g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham shu qoidaga amal qilishga intilaman».

259ta o‘yinda 103ta gol urgan «Brayton» afsonasi Glenn Myurrey shunday degandi: «Undagi o‘zini ayamaslik xislati, kuch,quvvat va jamoa o‘z murabbiyida ko‘rishni orzu qilgan barcha fazilatlarni ko‘rgach, menda uning jamoasida to‘p surish istagi paydo bo‘ldi. Jamoaning uslubi o‘ta ta’sirchan, hujumchi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bunday jamoada to‘p surish juda yoqimli».

Uelbekning qo‘shimchasi: «Unga qadar biz malakali murabbiy rahbarligida o‘ynagan bo‘lsakda, Roberto ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Maydonda siz uning ishlaridan 20 foiziga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Murabbiyning barcha jabhalarda hissasi bor. Maydonda u bilan sinxron ravishda harakat qilishimiz shart. U xatoga yo‘l qo‘yishimizni istamaydi, lekin xato qilsak, kechiradi. Xatoliklardan hech kim kafolatlangan emas. Bizda har bir o‘yinchi o‘z vazifasini biladi, murabbiy ajoyib uslubni yaratgan, ammo mukammallik hali oldinda. Mashg‘ulotlarda uslubni me’yoriga yetkazish ustida ishlayapmiz».

De Zerbi maksimalizm tarafdori va imkoniyatlarga xolisona baho beradi. Jamoa yevrokuboklar hududiga chiqa olishiga ishonch hosil qildi va YEL qo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oldinda Roberto De Zerbi va «Brayton»ni yangi cho‘qqilar kutmoqda. Murabbiy bu borada o‘ziga xos kamtarlik bilan shunday dedi: «Mukammallik yo‘q emas, qayerdadir mavjud. Biz unga yaqinlashmog‘imiz lozim. Maqsadim shuki, jamoam men ketganimdan ke­yin yanada yuqoriroq saviyada to‘p surganini ko‘rish».

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 01.07.2023. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик