Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joze Mourinyo bilan "sen-men"ga borib qolgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Portu", "Inter" va "Chelsi"da katta muvaffaqiyatlarga erishgan Mourinyo, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri hisoblanadi. Ammo uning sovrin yutishdan ham ko‘ra, kuchliroq bir instinkti bor. U ham bo‘lsa, qo‘l-ostidagi o‘yinchilari bilan janjallashishdir. Quyida portugaliyalik mutaxassis va u bilan urshib qolgan futbolchilardan tuzilgan jamoa e’tiboringizga havola etiladi.

Darvozabon: Iker Kasilyas

Mourinyo Kasilyas haqida aytgan yaxshi gaplarini bir chetga surib turaylik. Joze ispaniyalik afsonani yoqtirmasligiga bir qancha asoslar bo‘lgan. Xususan, Mourinyoga Kasilyasning "Bernabeu"dagi obro‘si xush kelmasdi. Mourinyoga Kasilyasning "Barselona"dagi futbolchilar bilan do‘st tutingani yoqmasdi. Mourinyoning ta’bini Kasilyasning rafiqasi jurnalist bo‘lgani xira qilardi. Eng asosiysi, Kasilyas uning "Real"da qo‘llayotgan taktikalarini yoqlamasdi. Bu esa Mourinyoning g‘azabini qo‘zg‘ardi. Aynan shu bahonalar bilan 2012 yilning yozida sotib olingan Diyego Lopes, Kasilyasning o‘rnini egallaydi. Bu esa Mourning o‘chi edi.

Markaziy himoya: Serxio Ramos

Ha, Mourinyo Madriddagi davrini klub afsonalari bilan teskari bo‘lish bilan o‘tkazib yuboradi. Hech kim tashqaridan u va Ramos o‘rtasida muammo bor deb o‘ylamasdi. Aslida esa shunday bo‘lgan. Masalan, Mourinyo Mesut O‘zilni zaxiraga olganida Ramos germaniyalik do‘stining libosini kiyib oladi. Bu esa murabbiyga kichik isyon edi.

Markaziy himoya: Rikardu Karvalyu

Afsuski, bir paytlar eng yaqin bo‘lgan odamlar orasiga ham sovuqchilik tushadi. 2005-06 yilgi mavsum oldidan Mourinyo Karvalyuni asosiy tarkibga kiritmaydi. Bundan esa futbolchi xafa bo‘ladi. O‘shanda Mourinyo shunday degandi: "Bilmadim, Rikardu nega unday qilayapti. Balki unda voqealarni anglash borasida muammolar bordir. Balki u shifoxonaga borib, ruhshunosga uchrashi lozimdir". Shunga qaramay, bu juftlik uzoq vaqt birga ishlagan.

O‘ng qanot himoya: Vilyam Gallas

Himoyachi "Chelsi"dagi oxirgi damlarida Mourinyo bilan kelisha olmay qoladi. Shunda Gallas Mourinyoga qarata, agarda jamoadan ketishiga ruxsat bermasa, o‘z darvozasiga gol urishini aytgan. 2006 yilda futbolchi "Arsenal"ga yo‘l oladi.

Chap qanot himoya: Denni Rouz

Rouzning Mourinyo bilan janjali yaxshigina esimizda. Bu narsa hatto hujjatli filmda ham o‘z aksini topadi. O‘sha sahnada Rouz Mourinyo oldiga kirib, undan ko‘proq o‘yin vaqti so‘raydi. Ruxsat olmagach, futbolchi bu masalani Daniel Levi bilan gaplashishini aytadi. 2020-21 yilda qilgan ishi uchun Rouz klubning yoshlar jamoasiga yuborilgandi. Ko‘p o‘tmay, futbolchi Mourinyoning iste’fo berishini xursandchilik bilan kutib oladi.

Yarim himoyachi: Pol Pogba

Hammasi qayerdan boshlanganini bilamiz. Pogba "MYU"da porlashi mumkin edi. Ammo Mourinyo kelib hammasini yomon tomonga o‘zgartiradi. U na klubni, na futbolchilarni yaxshilay oldi.

Yarim himoyachi: Dele Alli

Mourinyoning "Tottenxem"dagi birinchi o‘yini "Vest Xem"ga qarshi kechadi. O‘shanda Dele Alli o‘zini ko‘rsatadi. Hammasi zo‘r ketayotganday edi. Afsuski, birdaniga vaziyat o‘zgaradi. 2020-21 yilgi mavsum o‘rtasida Alli haqida portugaliyalik tanqidiy chiqish qiladi. Mourinyo uni jamoa uchun yetarlicha jon kuydirmaslikda ayblaydi.

Yarim himoya: Genrix Mxitaryan

Mxitaryan "MYU" kelganida, kelajagi porloq futbolchi sifatida ko‘riladi. Joze esa hammasini pachava qilgan. 2016 yilda kelgach, Mourinyo yangi futbolchisini tanqid qilishga tushadi. Hatto u futbolchiga qarata "sen sababli matbuotda tanqidlarga uchrayapman" degan. Shunday bo‘lsada, ular "Roma"da bir muddat birga ishladi.

O‘ng qanot hujum: Eden Azar

2014 yilning may oyida "Chelsi" YECHLda "Atletiko" tomonidan mag‘lub etiladi. Shunda Mourinyo Azar haqida shunday degandi: "Azar jamoaga o‘zini qurbon qiladigan futbolchilar toifasiga kirmaydi". Oradan ikki yil o‘tib, "Chelsi" Antonio Konte bilan chempionlik sari qadam tashlaydi. Bu Mourinyodan keyin hammasi o‘zgarganini anglatardi.

Chap qanot hujum: Jo Koul

Mourinyo "Chelsi"da Koulni hammaning oldida izza qiladi. U futbolchini shunday tanqid qilgandi: "Koul gol urganidan keyin, harakat qilmay qo‘yadi. Menga himoyalanishim uchun 11 ta futbolchi kerak. Ammo Koul gol ursa, menda 10 tasi qoladi xolos".

Hujumchi: Antoni Marsyal

2018 yilning yozida Marsyal hayotida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. U ota bo‘lishi kerak edi. Shu sababli "MYU"ning AQSHdagi mavsumoldi bahslarida ishtirok eta olmay, Yevropaga qaytadi. Bu esa Mourinyoga yoqmaydi. Shu sabab u hujumchidan xafa ekanini bildiradi. Boz ustiga, mavsum davomida bu "dilxiralik" Mourinyoni tark etmay, Marsyalni zaxirada qoldiradi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:00, 03.07.2023. O'qildi: 9235 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик