Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL tarixidagi eng yaxshi transferlardan tuzilgan ramziy terma jamoa sizni hayron qoldirishi aniq

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyaning gigant klublari tarixda ko‘plab omadli xaridlarni amalga oshirgan. Ammo shunday transferlar ham bo‘lganki, ular "Arsenal", "Liverpul" yoki "MYU"ning o‘yin uslubi va qarashlarini butunlay o‘zgartirib yuborgan. Ularning ayrimlari jamoa tarixida yangi davrni boshlab bergan. Quyida shunday futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishasiz. Biz ularni 4-4-2 taktik sxemasiga joylashtirdik.

Darvozabon: Petr Chex

"Chelsi" 2004 yilda "Renn"dan yoshgina darvozavon sotib oladi. O‘shanda 21 yoshli Chexni nimalarga qodir ekanini deyarli hech kim bilmasdi. Uning kelajagini muxlislar tasavvur ham qilishmagan. Chexiya afsonasi o‘zining debyut mavsumidayoq APLda 15 tagina gol o‘tkazib, chempionga aylangandi.

Markaziy himoyachi: Virjil van Deyk

2017-18 yilgi mavsum Klopp jamoasi uchun zo‘r boshlanadi. Jamoa g‘alabalarga erishadi. Ammo bir muammo bor edi. U ham bo‘lsa, himoyada. Shu sababli 2018 yilning yanvarida 75 million funt evaziga Virjil van Deyk olib kelindi. Mavsum yakunida hammasi darrov sezildi. "Liverpul" YECHL finaliga yetib bordi. APLda esa chempion bo‘la olmagan bo‘lsa ham, 90 dan ko‘proq ochko to‘play oldi.

Markaziy himoyachi: Sol Kempbell

2001 yilda kutilmagan voqea yuz beradi. "Tottenxem"da 300 dan ortiq o‘yinlar o‘tkazgan Kempbell "Arsenal"ga yo‘l oladi. Bu voqea Arsen Venger jamoasining 2002 yilni chempionlik bilan tugatishiga sabab bo‘ladi. Kempbell "Arsenal" himoyasini yangi darajaga olib chiqqan edi. Bu narsa 2003-04 yilgi mag‘lubiyatsiz mavsumda o‘z aksini topadi.

O‘ng qanot himoya: Kiran Trippyer

"Atletiko" bilan 2021 yilgi La-liga chempionligini yutgach, Trippyer yana APLga yo‘l oldi. 2022 yilning yanvarida ligada qolish uchun kurashayotgan "Nyukasl", himoyachini sotib oladi. Trippyer kelgach, hammasi o‘zgardi. Jamoa xavfli hududdan jadval yuqorisiga ko‘tarildi.

Chap qanot himoya: Patris Evra

Balki Evra "MYU"da unchalik katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmagandir. Ammo u, shubhasiz, Fergyuson jamoasining eng yaxshi davrlarida, eng yaxshilardan biri edi. 2005-06 yilgi mavsumning qishida xarid qilingan himoyachi, darrov jamoaga kirishib ketadi. 24 yoshli futbolchi shundan keyin 3 ta APL, 3 ta liga kubogi va YECHL bosh sovrinini 8 yarim yil davomida qo‘lga kiritdi.

O‘ng qanot hujum: Muhammad Saloh

Saloh 2017 yilning yozida "Roma"dan olib kelinadi. U Klopp "Liverpul"ida ko‘p narsani o‘zgartira olgan figuraga aylanadi. Yangi mavsumdagi mersisaydliklarning muvaffaqiyatlari asosida aynan Saloh fenomeni yotgandi. Hujumchi mavsumni jami 32 ta gol bilan tugatadi.

Chap qanot hujum: Eden Azar

Azar 2012 yilning yozida "Chelsi"ga kelgan va yetti yil davomida YECHL g‘olibligiga erisha olmagan. Ammo uning darajasi sabab London klubi boshqa sovrinlarga ega chiqadi. Belgiyalik "Chelsi" bilan 352 ta bahsda 110 ta gol va 92 ta assistga mualliflik qilgan edi. Azar sababli jamoa hujumi o‘zgacha tus oladi.

Yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne

"Manchester Siti" 2015 yilda rekord summa, 55 million funt evaziga De Bryuyne xaridini amalga oshiradi. Uning kelguniga qadar ham "shaharliklar" maydon markazida David Silva va Yaya Turelar bilan APLda g‘olib bo‘lishga ulgurgan. Biroq, butunlay dominantlik qilish De Bryuyne bilan, Gvardiola davrida boshlanadi. Futbolchi o‘z klassini namoyish etishda davom etib kelmoqda.

Yarim himoyachi: Kazemiro

Oradan atigi bir yil o‘tganiga qaramay, Kazemironi bemalol o‘zgartiruvchi effektga ega futbolchi bo‘ldi deya olamiz. Uning kelishi "MYU"ni titul yutishini ta’minladi. Bundan oldin, 6 yil davomida "qizil iblislar" hech vaqo yuta olmagandi. Kazemiro esa maydon markazida turib, ham hujumni, ham himoyani yaxshilanishiga xizmat qildi.

Hujumchi: Erik Kantona

Fransuz futbolchisining 1992 yilda "MYU"ga kelishi, ko‘p narsani o‘zgartirgan. Aynan Kantona sababli Fergyuson jamoasi may oyida APLning ilk mavsumi chempioniga aylanadi. Aytish mumkinki, Kantona kabi, 30 yilda hech bir futbolchi katta ta’sirga ega bo‘la olmadi.

Hujumchi: Tyerri Anri

1997-98 yilgi mavsum "Arsenal" uchun chempionlik bilan tugaydi. Ammo jamoaga hujumchi zarur edi. Shu sababli rekord summa evaziga 1999 yilda Anri olib kelinadi. Uning kelishi "MYU" bilan tengma-teng kurasha oladigan jamoani shakllantirdi. Anri "Arsenal"dagi 7 mavsumi davomida 370 ta o‘yinda 226 ta gol uradi. Bu davr esa klubning eng shonli paytlari edi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:55, 22.07.2023. O'qildi: 3542 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.