Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Voqeaga milliardlar aralashdi. Endi ham "Real"ni tanlash mumkinmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kilian Mbappe atrofidagi ulkan summalar ishtirokida yana bir yangilikdan barcha xabar topdi.

Defensa Central nashrining xabar berishicha, "PSJ" Mbappega bir milliard yevro taklif qilgan. Ha, bir milliard! Mbappe uchun milliard nimani anglatadi?

Shartnoma keyingi yozda tugaydi, shuning uchun hamma allaqachon futbolchining kelajagi haqida o‘ylamoqda - "PSJ" ko‘p pul yo‘qotmaslik uchun, raqobatchilar uni arzonroqqa sotib olmasliklari uchun turli yo‘llarni ishlab chiqmoqda. Mbappe "PSJ" bilan kelisha olmadi, lekin endi nima bo‘ladi? Bir milliard yevro taklif - o‘n yillik shartnoma. Defensa Central nashrining yozishicha, bu "PSJ"ning futbolchini saqlab qolish uchun oxirgi urinishi bo‘ladi. Shartnoma Yevropa elita futbolidagi eng uzun shartnomalardan biri bo‘ladi.

Xo‘sh, Mbappe 34 yoshgacha "PSJ"da o‘ynaydimi?

Agar hozir shartnoma imzolansa, bu 2032/33 yilgi mavsum oxirigacha hisoblab chiqiladi. Undan keyin nima bo‘ladi?

• Kilian osonlik bilan "PSJ"ning barcha vaqtlardagi rekordchisiga aylanadi, hozir olti mavsumda 260 ta gol bor, shundan yana o‘nta mavsumda bu sonlar o‘sib boraveradi. Gol urish bo‘yicha rekordni yangilash shart emas - bu allaqachon bajarilgan.

• 16 karra Fransiya chempioni bo‘lish imkoniyati bor. Biroq rekordchi Marko Verratti oldiga bor-yo‘g‘i 3 ta sovrin qoldi va uning "PSJ"dagi jamoadoshi katta ehtimol bilan klubni tark etishi mumkin, shuning uchun ham buni yaqin yillarda amalga oshirish mumkin.

• Bu vaqt ichida, agar hammasi yaxshi bo‘lsa, Mbappe parijlik futbolchi sifatida Fransiya terma jamoasi safida uchta Yevro va ikkita jahon chempionatida ishtirok etadi. Yetti yil davomida terma jamoada u allaqachon 70 ta o‘yin o‘tkazgan, Lyorisning rekordi esa 145 ta. To‘plar borasida hammasi juda yaqin: yetakchi Olivye Jiruga yetib olish uchun 14 ta gol kerak.

Bunday uzoq shartnomalar bo‘lganmi?

1990-yillar oxirida “Betis” Denilsonni sotib olib, bu jahon transfer rekordini yangiladi va u bilan darhol 11 yilga shartnoma imzolandi. Lionel Messi 2005 yilda 9 yillik shartnoma imzolagan. 2010-yillarning oxirida Saul "Atletiko" bilan shartnomasini to‘qqiz yilga uzaytirdi, xuddi shu muddat Inyaki Uilyams bilan "Atletik"da bo‘lgan.

Ayni paytda Mbappe bilan bog‘liq vaziyat qanday?

Iyul oyi boshida kelishuv quyidagicha edi: Mbappe shartnomaning so‘nggi yilida "PSJ"da o‘ynamoqchi va erkin agent sifatida ketmoqchi, klub rozi emas va futbolchi uchun pul olmoqchi - "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi hatto ultimatum ham berdi: shartnomani uzaytirish yoki uni sotish, fikr yuritish uchun ikki hafta muddat berildi. 21 iyul kuni Ispaniyaning El Debate nashri Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mbappeni hech bo‘lmaganda 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlarigacha qolishga ko‘ndirmoqchi bo‘lganini, Al-Xelayfi 200 million yevro evaziga 2025 yilgacha shartnoma taklif qilgani haqida xabar berdi.

"Real Madrid"ga o‘tish haqida nima deyish mumkin?

Serial shu yozda davom etadi. Iyun o‘rtalarida Marca ispan klubi shunchaki chetdan kuzatayotgani haqida yozgan edi. Ammo bir hafta o‘tgach, "PSJ" jamoasi insayderlari xabar tarqatdi: "Real Madrid"ga transfer yozda amalga oshiriladi, uning summasi 250 million yevro (200 darhol beriladi, 50 mln bonus ko‘rinishida bo‘ladi). Iyul oyi boshida Marca nashri "Real"ga Mbappe kerakligini, biroq klub futbolchini bir yildan so‘ng erkin agent sifatida sotib olmoqchi ekanligini xabar qilgandi. Mbappening o‘zi "Real Madrid"ga tekinga o‘tmoqchi emas - unga beriladigan pul kamida 125 million bo‘lishi kerak. Biroq bu ham transfer rivojlanishini ancha sekinlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 13:57, 22.07.2023. O'qildi: 12045 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик