Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 31 49
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 31 46
8 Everton 31 46
9 Bornmut 32 45
10 Fulhem 31 44
11 Brayton 31 43
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 31 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruben Loftus-CHik: «A» seriya xuddi shaxmat taxtasi kabi...»

Baho:
+ | -
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Milan»ning yangi a’zosi - «Chelsi»dan turli bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, 20 million yevro evaziga sotib olingan Ruben Loftus-CHik transfer rasmiylashtirilganidan so‘ng Milan TV mehmoni bo‘ldi

 27 yoshli markaziy yarim himoyachi yangi klub futbolchisi sifatida bergan birinchi intervyusida «rossonerlar» safiga qo‘shilishiga aynan kim turtki berganini oshkor qildi. Ruben shuningdek, bolalikda qaysi yulduzga havas qilganiyu, universallik xususiyatini qanday o‘zlashtirgani haqida gapirdi.

- Ruben, «Milan»ga xush kelibsan. Aytchi, bu klub haqida aynan nimalarni bilarding?

- Albatta, hozir g‘ayrioddiy tuyg‘u ichidaman. Zero, 20 yil davomida «Chelsi» bilan birga bo‘ldim - bu o‘zim uchun alohida tarix. Taqdir ekan, jonajon klubimdan ketishimga to‘g‘ri keldi. Hayotda yangi bobni «Milan»dek jamoada boshlash hammaga ham nasib etavermaydi. «San Siro»da o‘ynash imkoniyati, katta tarixga ega buyuk klub libosini kiyish... Bunga birdan ishonish qiyin. «Milan» afsonalarini eslashning o‘zi har kimni to‘lqinlantirib yuboradi. Qisqasi, «Milan» formasini qo‘lga olish va kiyish men uchun ham sharaf hisoblanadi. Do‘stim Fikayo Tomorining klub safiga oldinroq qo‘shilganini hisobga olsak, xursandchiligim ikki hissa baland...

- Demak, Milanga seni Tomori chorladi, shundaymi?

- O‘ylaymanki, Tomorining faoliyati Angliyadan tashqarida yangi chorlovni qabul qilgan futbolchi uchun ajoyib namuna hisoblanadi. Har holda, u bu yerda o‘sishga erishdi, katta muvaffaqiyat sari qadam tashladi. Qisqasi, Fikayoning «Milan» bilan qayd etgan g‘alabalari va umumiy taraqqiyoti meni o‘zgacha ilhomlantirdi, shu asnoda jamoa taklifiga ijobiy javob berdim. Binobarin, Tomori bilan akademiya jamoalaridayoq birga o‘ynaganmiz. Endi «San Siro»da ham bir xil libosda maydonga tushishimiz juda yoqimli. Yashirmayman, oxirgi 1, hattoki 2 oy davomida u bilan juda ko‘p gaplashdim. Ayniqsa, OAVda muzokara jarayoni boshlangani haqida xabarlar chiqqanidan keyin Tomorining o‘zi tez-tez aloqaga chiqib, yana klubdosh bo‘lishimiz imkoniyati qandayligi bilan qiziqib turdi. To‘g‘ri, ma’lum vaqtgacha undan to‘liq va batafsil ma’lumot olishdan tiyildim. Ishlar nisbatan jiddiylashgach esa, Fikayodan klub haqida so‘rayverib, joniga ham tegdim, shekilli. Aniqroq aytganda, «Milan»ning kundalik hayoti haqida hammasini bilishni istadim - o‘zi qayerda yashaydi, qolgan futbolchilar-chi, mash­g‘ulotlar bazasi qanday va hokazo... Do‘stim esa barcha savollarimga lo‘nda javob berdi: «Agar kelsang, klub naqadar kattaligini ko‘rasan, uning tarixi va libosida o‘ynash nimani anglatishini tushunasan». Shundan keyin «Milan»ga o‘tish vasvasasiga tushib qoldim ochig‘i...

- O‘tgan mavsum o‘yinlarini nazarda tutsak, «San Siro» muhitini allaqachon his qilgansan...

- Ha, Chempionlar Ligasida «Milan»ga qarshi o‘ynash asnosida «San Siro» haybati bilan tanishdim, qaynoq muhit jamoaga nechog‘li ta’sir qilishini ma’lum darajada tushundim. To‘g‘risi, garchi «Milan» raqibi sifatida maydonga tushgan bo‘lsakda, stadionda yuzaga kelgan manzaradan o‘zgacha rohatlandik - hammasi ajoyib! Yoshligimda Kakaning «Milan» libosidagi o‘yinlari tomoshasiga oshufta edim, uni tom ma’noda yaxshi ko‘rardim. Ayniqsa, to‘p bilan muomalasini aqlimga sig‘dirolmasdim. O‘ylaymanki, maydonda eng kuchli tomonlarimdan biri - bu to‘pni olib qo‘yish va raqibdan qochish. Ochiq aytaman, bu xususiyatning shakllanishida Kaka o‘yiniga muxlislik qilganim ta’siri katta. Zero, u o‘yinning ushbu elementlariga ega eng kuchli ijrochilardan biri edi o‘z vaqtida.

- Endi jahonning eng yaxshi vingerlaridan biri hisoblangan Rafael Leau­ga qarshi emas, balki u bilan birga o‘ynaysan. Bu qanday bo‘larkin...?

- O‘tgan mavsum doirasidagi o‘zaro o‘yinlar yakunida Leau bilan qo‘l berib ko‘rishdik. Ayni payt u mutlaq boshqa darajada, global yulduzga aylanib ulgurdi. Rafael hali faqat va faqat yanada kuchayishi mumkin. Birinchidan, nisbatan yosh, ikkinchidan, o‘sish uchun barcha zarur xususiyatlari bor. Aytgancha, Rafa ham bir necha hafta burun menga xabar yuborib, yoniga chorladi. Shunday ekan, muammo yo‘q, o‘ylaymanki, maydonda o‘zaro hamkorligimiz juda yaxshi chiqadi.

- O‘zi aynan qaysi pozisiya­da o‘ynashni ma’qul ko‘rasan? Aniqroq so‘raganda, qayerda o‘zingni suvdagi baliqdek his qilishing mumkin?

- Shu kunga qadar turli pozisiyalarda o‘ynab ko‘rdim, barchasida harakatlanish bobida ozmi-ko‘p ko‘nikmaga egaman. «Chelsi»ning hamisha turli sxemalarga tayangani universal bo‘lishni taqozo etardi. Turli pozisiyalarda to‘p surish o‘zimga ham yoqadi. Savolga lo‘nda javob berishim kerak bo‘lsa, yarim himoyada, box-to-box pozisiyasida erkinroq harakatlansam kerak. Chunki oldinga intilish va gol urishni yoqtiraman. Menimcha, jismoniy imkoniyatim vaqtida ortga qaytib, himoya ishlariga ulgurishimga imkon beradi. Qisqasi, fikrimcha, box-to-box rolida ko‘proq naf keltirishim, o‘yinga kuchliroq ta’sir o‘tkazishim mumkin. Sir emas, APLda bosim katta, o‘yinlar jismoniy kuch va mehnat talab qiladi. Ko‘rganlarim va bilganlarim asosida aytsam, «A» seriyada boshqacha - taktika birinchi o‘rinda. Italiya chempionati xuddi shaxmat taxtasiga o‘xshaydi. Demak, taktik bilimni oshirishim, barchasini o‘yin ichida his qilishim kerak. Yaxshiki, taktikaga urg‘u qaratadigan italiyalik murabbiylar qo‘l ostida ishlaganman va bu borada muayyan tajribam yo‘q emas.

- Ruben Loftus-CHik odatiy hayotda qanday yigit?

- Tabiatan ancha xotirjam va qiziquvchan insonman. Futboldan tashqarida, do‘stlar bilan hordiq chiqarishni xush ko‘raman, bo‘sh vaqtda ko‘proq tennis bilan shug‘ullanaman - bu men uchun futboldan ke­yinda turuvchi sport turi. Qaysidir masalada tashabbus ko‘rsatish talab etilsa, barchasini qo‘lga olishim mumkin. Lekin asliyat o‘zgarmaydi - futbolni boshqacha yaxshi ko‘raman, asosiysi shu.

- «Milan» muxlislariga nimadir deyishni xohlasang, marhamat...

- Avvalo, hammaga salom. Muxlislarga yana bir bora takrorlayman: bu klub safiga qo‘shilish men uchun sharafdir. Hozir «Milan» libosini kiyish va ko‘z oldingizda o‘ynash onlarini sabrsizlik bilan kutyapman. Iliq qabul va qo‘llab-quvvatlov uchun tashakkur, barchangiz bilan ko‘rishishga ilhaqman.

Ruben Loftus-CHik ke­yinchalik «Chelsi»dan nega ketgani xususida alohida to‘xtaldi: «Albatta, jonajon klubimni hamon yaxshi ko‘raman. Ammo «Stemford Brij»da yetarli amaliyot va imkoniyatga ega bo‘lmadim. Aslida ko‘proq imkoniyatga munosib edim, ammo buni menga ravo ko‘rishmadi. Vaholanki, menda jismoniy tomondan qandaydir muammo sezilmayotgan va maydonga tushganimda o‘z darajamni namoyish etayotgandim. Qisqasi, shu munosabat o‘laroq, ketish vaqti yetganini tushundim...».

MUHAMMADXON tayyorladi

Kiritildi: 00:07, 24.07.2023. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 19
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик