Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasining eng hayratlanarli 10ta sensasiyasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, yevroarenaning bosh turnirida yangi mavsum saralashi asta-sekin sur’at olmoqda.

Lekin bugun hozirgi o‘yinlar emas, balki tarix haqida gaplashamiz. Futbolda aniq tushuncha bor - g‘alaba kuchli tomonga nasib etadi. «Ko‘hna qit’a» klub futbolining eng nufuzli turniri yaqin o‘tmishiga nazar solsak, aksariyat mavsumlarda eng kuchli va favorit sanalgan ishtirokchilar yaxshi natija ko‘rsatishgan. Shuning barobarida o‘z mamlakatida chempionlikka erishmagan klublarning nomdor chempionlarni tez-tez mahv etishi oddiy holatga aylandi so‘nggi yillarda. Bunga avvalo, davr taqozosi bilan turnir formati kengaytirilgani yo‘l ochdi, albatta.

№ 10.  «Nyukasl» - «Barselona» - 3:2 (mavsum-1997|1998). 1997 yili tashkilotchilar nufuzli musobaqaning 40 yillik an’anasini buzishdi va chempionlikka erishmagan klublarga ham yo‘l ochishdi. Aniqrog‘i, o‘sha mavsum kuchli milliy ligalarda 2-o‘rinni band etgan 8ta jamoaga ham CHLda qatnashish huquqi berildi. Shu tariqa «Nyukasl» va «Sporting» CHLda gol quvonchini tuygan ilk nochempion ishtirokchilarga aylandi. «Qarg‘alar» esa Faustino Asprilya 49 daqiqa ichida qayd etgan «xet-trik» evaziga «Barselona» ustidan tarixiy g‘alabani nishonlab, butun yevrofutbolni larzaga solishdi.

№ 9.  «Dinamo» K. - «Real» - 2:0 (mavsum-1998|1999). «Dinamochilar» garchi yuksak cho‘qqini ko‘zlamagan bo‘lsalarda, o‘sha mavsum «shalpang­quloq» kubok sari dalil qadam bosishdi. Ukraina klubi yarim final sari yurishida o‘ta mazmunli o‘yin ko‘rsatgani - ayni haqiqat. Lekin CHLning amaldagi g‘olibiga qarshi chorak final dovonida ko‘p narsani marhum Valeriy Lobanovskiyga xos taktik donolik hal qilgandi.

№ 8. «Deportivo» - «Milan» - 4:0 (mavsum-2003|2004). «Rossonerlar» 2004 yili chorak finalda «Deportivo» to‘sig‘idan o‘tolmadilar, vaholanki, ular dastlabki o‘yinni 4:1 hisobida o‘z foydalariga hal etib, Galisiyaga mutlaqo xotirjam yo‘l olgandilar. Chunonchi, bunga qadar nufuzli turnir tarixida 3ta gol farqini yo‘qqa chiqarish biror jamoaga nasib etmagandi. Keyin butun Yevropa «Riasor»da qudratli «Milan» qanday qilib 4ta javobsiz gol qo‘yib yuborganini tushunmay qoldi.

№ 7.  «Malyorka» - «Arsenal» - 1:0 (mavsum-2001|2002). Xalqaro musobaqalarni mag‘lubiyat bilan boshlashga odatlanmagan «Arsenal» turnir debyutanti «Malyorka» oldida ojiz qoldi. To‘g‘ri, o‘sha bahsda Eshli Koulning bitta vaziyatda penaltiga sababchi bo‘lgani va maydondan chetlatilgani hal qiluvchi omilga aylangan edi. «To‘pchilar» Afinada «Panatinaikos»ga ham imkoniyatni boy berishgach, Arsen Venger o‘ta qiyin vaziyatga tushdi. Faqat londonliklar dekabrda «Xayberi»dagi javob o‘yinida Ispaniya klubini 3:1 hisobida mahv etish evaziga nisbatan yengil tuyulgan guruhdan chiqishdi.

№ 6. «Seltik» - «Barselona» - 2:1 (mavsum-2012|2013). «Seltik Park» CHLga ko‘p marta o‘ta jo‘shqin oqshomlarni tortiq etgan, lekin mavsum-2012|2013da kuzatilgani alohida o‘rin tutadi. Nil Lennon shogirdlari o‘shanda Lionel Messi va uning jamoadoshlarini «sehr­­-lab» qo‘yishdi, go‘yo. Kataloniya klubining to‘p nazorati bo‘yicha atigi 16,4 foizlik natija qayd etganiga ishonish qiyin. Shotlandiya jamoasi ushbu g‘alaba ortidan nimchorak finalga chiqdi, ammo bu dovonda «Yuventus»ga hech qanday qarshilik ko‘rsatolmadi - 0:5 (umumiy hisob).

№ 5. «Barselona» - «Dinamo» K. - 0:4 (mavsum-1997|1998). Ukraina futboli afsonasi Valeriy Lobanovskiy o‘sha yillar «Dinamo»ni yevrostandart­lar darajasiga ko‘targandi. Ukrainaliklar oktyabr oyida Kiyevda kataloniya­liklarni 3:0 hisobida yengishganida ham, «Kamp Nou» ortiqcha tashvishlanmadi. Harqalay, Lui van Gal jamoasi javob bahsida yanada yirikroq mag‘lubiyatga duchor bo‘lishini xayoliga ham keltirgan emasdi. Amalda Andrey Shevchenko birinchi bo‘limning o‘zida «xet-trik» rasmiylashtirdi, Valeriy Vasilyevich esa tanaffusdan keyin jamoasining 4-golini xotirjam qarshi oldi.

№ 4. «Lill» - «MYU» - 1:0 (mavsum-2005|2006). «Stad de Frans»da ko‘pchilik yaxshi tanimaydigan qandaydir «Lill»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat alami «qizil iblislar»ni guruh bosqichi yakuniga qadar azoblagani rost. Eng qizig‘i, Fransiya klubi guruh bosqichida bosh­qa gol urgani yo‘q, ammo shu yagona gol unga kvartetda «MYU»dan yuqoriroq o‘rinni band etib, kurashni UYEFA kubogida davom ettirish huquqini berdi. 

№ 3. «Brondbyu»  - «Bavariya» - 2:1 (mavsum-1998|1999). «Bavariya»ning yurakni ezib yuboradigan o‘sha yevromavsumi vaqt o‘tishi bilan qoyilmaqom simmetriyaga aylandi. Deylik, finalning so‘nggi lahzalarida Ole-Gunnar Sulsher urgan gol va «MYU»ning sehrli g‘alabasi myunxenliklarga hamon tinchlik bermayotgandir... Kopengagendagi o‘yinga to‘xtalsak, aslida hammasi mehmonlar uchun risoladagidek ketayotgandi. Biroq daniyaliklar 88 va 89-daqiqalarda 2ta gol urish asnosida g‘alabani bavariyaliklardan yulqib olishdi, shuning­dek, Aleks Fergyusonga kelajak uchun ajoyib ssenariy tortiq etishdi.

№ 2. «Inter» - «Arsenal» - 1:5 (mavsum-2003|2004). 2003 yilning kuzida yuz bergan voqealar Arsen Venger uchun yechimi yo‘q muammoga aylangandi. Zero, ichki musobaqalarda 49ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani boshlagan jamoa yevrokubokda omadsizlikka yuz tutdi. Xususan, «Xayberi»ga tashrif buyurgan «Inter» 3:0 hisobida ustun kelib, valsga tushdi, hatto «Lokomotiv» ham «kanonirlar»dan ochko tortib oldi, Kiyev «Dinamo»si esa Yens Lemann maydon markazida ko‘rsatgan «hunar»dan foydalanib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Shu asnoda Venger jamoasi jadval tubiga tushdi. Ikkinchi davrada esa Eshli Koul «Xayberi»da «Dinamo» darvozasiga g‘alaba golini urgach, «Arsenal» junbushga keldi. «Juzeppe Meassa»da urilgan 5ta gol esa «to‘pchilar»ni nimchorak final sari yetakladi, yana Yevropani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.

№ 1. «Monako» - «Real» - 3:1 (mavsum-2003|2004). Qit’a giganti bo‘lishning yomon tomoni shuki, u goh-gohi tekis joyda ham halokatli umidsizlikka duch keladi. «Real» uchun 2005 yilgi chorak finalda kuzatilgan 1:3dan kuchliroq umidsizlik holati yuz bermagan. Chunonchi, «Madrid» javob o‘yini tanaffusiga 1 daqiqa qolgan pallada ham umumiy - 5:2 hisobida oldinda borgandi. «Monako» qolgan vaqtda aynan «Qirollik klubi»dan ijara kelishuvi asosida olingan Fernando Moryentes faolligi bilan hayratomuz hujumlar uyushtirdi. Yakunda Lyudovik Jyuli «dubl» qayd etish asnosida bosh qahramonga aylandi, umumiy hisob esa 5:5ga yetdi. Shu tariqa knyazlik klubi safarda urilgan gollar bo‘yicha ustunlik evaziga CHLning eng sovrindor klubini 10-kubok sari yurishdan to‘xtatdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 24.07.2023. O'qildi: 6066 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.