Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Endrik: «Men uchun «Real»dan boshqasi muhim emasdi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

15 yoshida Endrik allaqachon katta jamoalar orzusidagi futbolchiga aylandi - uning futboli barchaning e’tiborini tortdi.

 U o‘zidan ancha katta futbolchilar bilan raqobatlashishga qarshi emas edi. Braziliyalik iqtidor leksikonida «qo‘rquv» so‘zi yo‘q. Buni 10 yoshida uyini tark etib, San-Pauluga - «Palmeyras» jamoasiga ko‘chib o‘tganidayoq isbotlagan. O‘tgan yilning dekabr oyida - 16 yoshida esa hujumchi Madridning «Real» klubi bilan 60 million yevroga shartnoma imzoladi - Braziliyada bu tarixdagi eng muhim transfer hisoblanadi. Hozir Endrik San-Paulu asosiy jamoasining a’zosi va 2024 yil yozida «qaymoqranglilar» lageriga o‘tishini kutmoqda.

- 16 yoshli oddiy yigit - Endrik kim? O‘zingizni qanday ko‘rasiz?

- O‘zimni amalga oshirish uchun orzularga to‘la bola sifatida ko‘raman. Futbolda o‘z o‘rnini qidiradigan, orzularini ta’qib qiladigan bola. Avvalo, «Palmeyras» bilan unvonlarni qo‘lga kiritmoqchiman. Hozir miyamda bitta fikr bor - Libertadores Kubogini, Jahon Kubogini yutish... - bu mening eng katta orzularimdan biri. Men rekordlarni yangilamoqchiman. Ishlashni davom ettirishim kerak, chunki atigi 16 yoshdaman va yanada takomillashish uchun ishlashim kerak, lekin har doim ham barchasi silliq kechmaydi.

- «Palmeyras» bilan mashq qilmaganingizda nima qilasiz?

- Braziliada ko‘plab do‘stlarim bor, bu yerda ham, lekin poytaxtda ular ko‘proq. Dam olish kunlariga ega bo‘lishim bilan u yerga borishga va ular bilan, oilam bilan birga bo‘lishga harakat qilaman. Uyda ko‘proq video o‘yinlar o‘ynayman - bu men uchun alohida narsa. Mening akam bor va u bilan o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Xullas o‘zimni xursand qiladigan narsani qilaman.

- 15 yoshingizda odamlar siz haqingizda ko‘p gapira boshladilar, qo‘rqdingizmi?

- Yo‘q, chunki men juda yosh edim. Bularning barchasi men uchun hayratlanarli edi. Men hech narsani bilmasdim, begunoh boladek futbol o‘ynardim. Keyin odamlar men haqimda nima deyishlarini angladim. Men gol urdim va odamlar men haqimda gaplashishdi. Atigi 15 yoshda edim, kelajakda bu qanday oqibatlarga olib kelishini bilmasdim, lekin umuman qo‘rqmadim. bu yoshda o‘zimni yaxshi deb o‘yladim, o‘zimni xotirjam va yaxshi ish qilyapman deb o‘yladim. Ammo vaqt o‘tishi bilan o‘zimni yaxshi boshqarishni o‘rgandim.

- Doim o‘zingizdan kattalar bilan o‘ynagansiz, teng­doshlar bilan o‘ynashni sog‘indingizmi?

- 15 yoshimda 21 yoshlilarga qarshi o‘ynadim. Ha, men haqiqatdan ham ajralib turdim, lekin jamoadoshlarimning yordami bilan, albatta. Yolg‘iz hech narsa qila olmasdim. Kopinyada men bilan birga o‘ynagan jamoadoshlarimdan juda minnatdorman.

- Dekabrda «Real»ni tanladingiz, bu qarorni qabul qilishga nima majbur qildi?

- «Real Madrid» - bu men sevadigan jamoa. «Real» afsonalarining o‘yinini tomosha qilib ulg‘ayganman va jamoa yanada ko‘proq yoqa boshlagan paytda, men ular haqida ko‘proq hikoya izlashga tushdim. Hatto kulgili voqea ham bor, lekin uni ota-onam aytib berishlari mumkin, to‘g‘rimi? Xo‘p, mayli o‘zim aytaman. Meni Endrik emas, balki Madridning «Real» klubi o‘yinchisi bo‘lgan Di Stefano deb atashni xohlashdi. Shunday qilib, men bu haqda ma’lumot qidirishga bordim. Shuningdek, Ronaldo, Vinicius, Rodrigo, Eder Militao kabi braziliyaliklarga qaradim... Keyin, kumirlarimning u yerda o‘ynayotganini ko‘rganimda, «Real Madrid» hikoyasini ko‘rganimda, yanada qiziqib qoldim. Men Yevropadagi eng katta klubga qiziqdim. Shuning uchun «Real Madrid»ni tanladim.

- Vinisius sizga nima deydi?

- Vinisius mening do‘stim. Ta’tilni u bilan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldim. U menga «Real» haqida juda ko‘p qiziqarli narsalarni aytib berdi. Va hammasi joyida bo‘lishini, xavotir olmasligimni aytdi. Uning bu so‘zlari menga «Madrid» bilan shart­noma tuzishda katta kuch berdi.

- «Real»ni «Palmeyras» bilan taqqoslash mumkinmi?

- «Palmeyras» Braziliyadagi eng katta klub, «Real» esa Yevropadagi. Men ikkita eng katta klub safida o‘ynash imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman. «Palmeyras» - bolaligimda, yo‘lning boshida bo‘lgan paytim meni qidirib topdi. Ular bilan birga o‘sishga muvaffaq bo‘ldim. Men baxtliman va aytganimdek, hozirgi kun haqida o‘ylayman. Bu yerda albatta, sovrinlar qo‘lga kiritish haqida o‘ylayman, chunki bu barchani xursand qiladi va men har doim yangi qiyinchiliklarni qidiraman. «Palmeyras»da juda ko‘p buyuk narsalar mavjud. Meni u kashf qildi va buning uchun juda minnatdorman.

- «Real»da so‘nggi braziliyalik «to‘qqizlik» Ronaldo edi...

- «To‘qqizlik» juda ramziy raqam. Yaxshi raqam. Aytishim mumkinki, «Palmeyras»ning 9-raqamli libosini kiyganim uchun men ham shundayman. Xudoga shukur, «to‘qqizlik»ni olib, bu raqam bilan o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim. Bolaligimdan aynan shu raqamda o‘ynaganman, lekin bunga unchalik ahamiyat bermayman. Men shunchaki o‘ynashni xohlayman.

- Endrikni tanimaganlarga o‘zingizni tanishtiring.

- O‘zingiz haqingizda gapirish qiyin. Lekin... Men juda o‘jar o‘yinchiman, osonlikcha taslim bo‘lmayman. Har doim oldinga, ishlashga, yaxshilanishga intilaman. Hozir sifatlarimni yaxshilash ustida ishlayapman... shuning uchun o‘zimni qanday tasvirlashni bilmayman. Biroz vaqt o‘tgach, fazilatlarim yaxshilanadi, albatta, lekin o‘z ustimda ishlashni davom ettirishim kerak.

- «Bernabeu»da bo‘lganingizda nimalar haqida o‘yladingiz?

- Ta’til payti u yerga o‘yin tomosha qilishga bordim. «Bernabeu»da katta va yaxshi o‘yin guvohiga aylandim. Karim Benzema va Vinisiuslarning gollarini ko‘rdim va muxlislarning qahramonlar ismlarini aytib hayqirganlarini ko‘rdim. O‘sha kuni juda baxtli edim. U yerga oilam, onam va akam bilan birga bordim.

- «Real» bilan kelishuvdan keyin birinchi bo‘lib kimga qo‘ng‘iroq qildingiz?

- Otamga, chunki shartnoma imzolashimiz bilan u yig‘lab chiqib ketdi. U juda ko‘p yig‘ladi. Menimcha, birinchi bo‘lib meni tabriklagan otam yoki onam edi.

- «Barselona», «PSJ», «Chelsi» va boshqa ko‘plab muhim takliflarni rad etdingiz...

- Men uchun «Real»dan bosh­qasi muhim emasdi. Rostini aytsam, biron bir jamoa paydo bo‘lganida, men o‘ylab qolardim: «Real»dan taklif tusharmikan? Uni tanlash imkonim bo‘larmikan?... Hamisha faqat «Real»ga o‘tishni xohlardim. Shunchaki ular menga qiziqishadimi yoki yo‘qligini bilmoqchi edim. Men uchun qiymat muhim emasdi. Faqat bolalik orzuimni amalga oshirishni xohlardim. Otamning orzusini, butun hayotim va oilamning orzusini amalga oshirishni xohlardim. Yevropadagi eng katta klubda va kumirim Krishtianu Ronaldu o‘ynagan jamoada o‘ynashni xohlardim.

 M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:45, 29.07.2023. O'qildi: 3977 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик