Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Chelsi»ni tark etgan futbolchilar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Chelsi» ko‘plab yulduzlari bilan xayrlashmoqda.

Allaqachon klubga o‘n millionlarga tushgan yulduzlar jamoani tark etib ulgurdi. Sotilgan futbolchilar rahbariyat uchun 323 millionga tushgan edi. Quyida ulardan tuzilgan ajoyib ramziy jamoani havola etamiz.

Darvozabon: Eduar Mendi

2022-23 yilgi mavsum «Chelsi»ga o‘ta og‘ir keldi. Shuningdek, Eduar Mendiga ham. Ammo u o‘z cho‘qqisida butun dunyoni lol qoldira olgandi. 2020 yilning sentyabrida Mendi jamoaga qo‘shib olinadi. 2021 yilda u YECHL g‘olibi bo‘ladi. Afsuski, Mendini Yevropada bosh­qa ko‘rmaymiz. Negaki, u «Al-Ahli» bilan yiligi 10 million funtlik shartnomaga imzo chekkan.

Markaziy himoyachi: Sesar Aspilikueta

Jamoaga 11 yillik xizmatlaridan keyin, Aspi ketishga qaror qildi. O‘z vaqtida ispaniyalik himoyachi APLning eng zo‘ri edi. Uni muxlislar sog‘inishi aniq. 33 yoshli futbolchi 2012 yilda 7 million funt evaziga xarid qilinadi. Aytish mumkinki, Aspilikueta o‘ziga sarflangan pullarni to‘liq oqlay oldi. Endi uning yangi manzili «Ateltiko» bo‘ladi.

Markaziy himoyachi: Kalidu Kulibali

Aspilikueta haqida aytilgan gaplarni Kulibaliga ham ishlata olmaymiz. Himoyachi o‘tgan yozda «Napoli»dan 33 million funt evaziga sotib olinadi. U «Al-Hilol»ga 20 millionga sotib yuborildi. «Chelsi» esa bu xariddan hech qanday foyda ko‘rmagan edi.

O‘ng qanot himoya: Dyujon Sterling

Sterling 2017 yilda jamoada debyutini o‘tkazadi. O‘sha paytda murabbiylar uni yorqin kelajak kutayotganini aytadi. Yosh himoyachi orada to‘rt mavsum ijarada yurdi. «Chelsi» asosiy tarkibiga kira olmagach, 23 yoshli futbolchi «Reynjers»ga sotib yuborildi.

Chap qanot himoya: Abdul-Rahmon Baba

Gana terma jamoasi a’zosi «Chelsi»da 8 yilni birga o‘tkazdi. Shu davr mobaynida Rahmonga faqat 23 marta maydonga tushish imkoniyati berildi xolos. 2015 yilda himoya­chi 22 million funtga xarid qilinadi. Bosh­qalar singari, Rahmon ham vaqtini asosan ijaralarda o‘tkazdi. U yaqindagina «PAOK» safiga yo‘l olgandi.

Yarim himoyachi: Tyemue Bakayoko

Bakayoko «Monako»ning gullab-yashnagan, 2016-17 yilgi mavsumida jamoa bilan birga edi. U Kilian Mbappe, Bernardu Silva, Fabinyo va Joau Moutinyolar bilan bir jamoada harakat qilgan. Afsuski, yarim himoyachi boshqa sheriklari kabi omadli emasdi. «Chelsi» uni 40 million funtga sotib oladi. Bu pullar esa o‘zini oqlamadi.

Yarim himoyachi: Mateo Kovachich

Kovachich haqida uning sobiq murabbiyi Tomas Tuxel shunday deydi: «Odamlarga ochiq, xushchaqchaq va samimiy yigit. Uni hammamiz yaxshi ko‘ramiz. Men Kovachichni «Real»dagi davridan beri kuzatib kelaman. Uning iste’dodiga tan berganman». Xorvatiya terma jamoasi a’zosi yaqindagina «Manchester Siti»ga ko‘chishni amalga oshirgan edi.

Yarim himoyachi: N~Golo Kante

Uni shunchaki yaxshi ko‘rish kerak. Kante «Chelsi» uchun nima yaxshi bo‘lsa, hammasini qildi. Ta’riflash uchun uning birgina «Lester»dagi ishlarini eslash kifoya. «Chelsi»da esa bu narsa qaytarilgandi.

O‘ng qanot hujum: Kristian Pulishich

2019 yilda 58 million funtga sotib olingan hujumchi, bor-yo‘g‘i 20 million evaziga sotildi. «Milan» AQSH terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma tuzdi. Hamma Pulishichning bu ko‘chishini omadli bo‘ladi deb hisoblamoqda. Ketish har ikki tomon va futbolchining o‘ziga ham yaxshilik keltirdi. Biz ham Pulishichga Italiyadagi sarguzashtlarida omad tilaymiz.

Chap qanot hujum: Meyson Maunt

Bu sotuv hali ham jamoa muxlislarini xafa qilmoqda. Maunt «Chelsi» uchun 195ta o‘yinda maydonga tushib, 33ta gol va 37ta assist qayd etgan. Ketishi haqida futbolchining o‘zi shunday deydi: «Bilaman, bundan xurand bo‘lmaysizlar. Ammo hozir shunday qilishim kerak». Maunt evaziga «MYU» 60 million funt to‘lab beradigan bo‘ldi.

Hujumchi: Kay Xavers

«Chelsi» muxlislari Xaversdan YECHL finalida gol urgani uchun bir umr minnatdor bo‘ladi. Afsuski, futbolchi oxirgi paytlarda qiynaldi. Klub uni sotishi kerak edi. «Arsenal»dan yaxshi taklif keldi. 2020 yilda 71 million funtga olingan Xavers, 65 millionga qayta sotildi. Germaniya terma jamoasi a’zosi esa APLdagi faoliyatini davom ettiradi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 30.07.2023. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.