Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishbilarmon «novvoslar»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi paytlarda «RB Leypsig» uchun saviyali futbolchilarni uchirma qilish odat tusini oldi.

Ko‘plab taniqli futbolchilar aynan shu klub tizimidan o‘tishgan. Masalan, Joshua Kimmix. Hozirda Germaniya terma jamoasining yetakchilari safiga ko‘tarilgan o‘yinchini «novvoslar» 2015 yilda «Shtutgart»ga atigi 1,5 mln. yevroga berib yuborishgandi. Biroq jamoa tez orada savdo san’atini mukammal o‘zlashtirib oldi. Quyidagi material «Leypsig» tarixidagi qimmatbaho o‘yinchilar haqida.

Ibraima KONATE

Qayerga: «Liverpul»

Qanchaga: 40 mln. yevro

Konate Leypsigga 2017 yilning yozida erkin agent maqomida «Sosho»dan o‘tgandi. 4 yildan keyin u «Liverpul»ga yo‘l olib, «novvoslar»ga 40 mln. daromad keltirdi. Ibraima Germaniyada mavsumlarni barqaror o‘tkaza olmagan bo‘lsada, top-klub talabini qondiradigan saviyaga erishdi. To‘g‘ri, Konatening Angliyada ham ishi yurishmayapti - dastlabk mavsumni zaxirada o‘tkazdi, keyin jarohatlar xalal berdi. Ehtimol, 24 yoshli xavbek yangi mavsumda ishonchli o‘yinlari bilan «qizillar» va muxlislarini mamnun etar.

Dayo UPAMEKANO

Qayerga: «Bavariya»

Qanchaga: 42,5 mln. yevro

Fransiyalik navbatdagi qahramonimiz 2015 yilda 2,5 mln. yevro evaziga «Valansyen»dan «RB Zalsburg»ga yo‘l olgandi. 2017 yil yanvarida u 16 mln.ga qimmatroq bahoda Leypsigga o‘tdi. U ham Konate kabi 4 mavsumni «novvoslar» safida o‘tkazib, keyin Myunxen grandi tarkibidan joy oldi. Dayoning saviyasi oshganligi bahosining qimmatlashganidan bilib olish mumkin. Biroq u hozircha barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti. Shunday bo‘lsada, «Bavariya»dagi 3-mavsumini o‘tkazmoqda.

Timo VERNER

Qayerga: «Chelsi»

Qanchaga: 53 mln. yevro

Verner «Leypsig»ga 2016 yilda 23 mln. evaziga «Shtutgart»dan o‘tgandi. Yangi jamoadagi debyut mavsumida Timo 21ta gol urdi, eng sermahsul o‘yinlarini esa 2019|20 yillar mavsumida namoyish etdi - 28ta gol. Shundan keyin to‘purar Londonga yo‘l oldi. Biroq Londonda hujumchi 2 mavsumda jami 10ta gol urdi, xolos. To‘g‘ri, u tez-tez samarali uzatmalarni amalga oshirib turdi, lekin undan avvalo gol kutishgandi. Shu bois, 2022 yil yozida Timo 20 mln. evaziga Leypsigga qaytdi va faoliyatini davom ettirmoqda.

Nabi KEYTA

Qayerga: «Liverpul»

Qanchaga: 60 mln. yevro

Keyta ham Upamekano kabi jiddiy faoliyatini «Zalsburg»da davom ettirdi, faqat u 2014 yilda «Istr» klubidan 1,5 mln yevroga o‘tgandi. 2 yildan keyin futbolchi 20 baravar qimmatroq bahoda Leypsigga yo‘l olgandi. Keytaning Germaniyadagi 2 mavsumi samarali o‘tdi, u markaziy yarim himoyachi uchun yuksak mahsuldorlikni namoyish etdi va «Liverpul» e’tiborini jalb etdi. Gvineyalik futbolchi «qizillar» tarkibida avvalgi klublaridan ko‘proq, 5 yil to‘p surdi. Lekin baribir Klopp ishonchini qozona olmadi va erkin agent maqomida «Verder»ga o‘tib ketdi.

Kristofer NKUNKU

Qayerga: «Chelsi»

Qanchaga: 60 mln. yevro

Nkunku «novvoslar» uchun noyob topilma bo‘ldi. 2019 yilning iyulida uni «PSJ»dan 19,5 mln.ga sotib olishdi. Futbolchi debyut mavsumida15 assistni amalga oshirgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda Bundesligada 16ta gol urdi. 1 yil avval 20ta gol bilan Germaniya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgandi. Shu yil yozida Kristofer «Chelsi»ga borib, mavsumoldi tayyorgarligi davridayoq yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq tizzasidan jarohat olib, bir necha oyga safdan chiqdi. 25 yoshli xavbek hozir salomatligini tiklash bilan band.

Dominik SOBOSLAI

Qayerga: «Liverpul»

Qanchaga: 70 mln. yevro

«Qizillar» yosh iqtidorlar borasida doimo «novvoslar»­ga murojaat qiladilar. Dominik shunday o‘yinchilarning biri. Vengriyalik iqtidor Germaniyaga qadar bir necha yilni Avstriyada, jumladan, «RB Zalsburg»da o‘tkazdi. 2021 yil yanvarida u 36 mln. yevro evaziga «Leypsig» a’zosiga aylandi va 91ta o‘yinda 20ta gol va 22ta assistni amalga oshirdi. Hujumkor yarim himoyachi uchun risoladagidek ko‘rsatkich. Shu yilning yozida uni o‘z safiga jalb etgan «Liverpul» birdaniga asosiy tarkibdan joy berdi. Bir necha pozisiyalarda yuksak saviyani namoyish eta oladigan debyutantdan Yurgen Klopp ham juda mamnun. Shu ketishda Soboslai mersisaydlar bilan uzoq vaqt hamkorlik qilishi aniq.

Yoshko GVARDIOL

Qayerga: «Manchester Siti»

Qanchaga: 90 mln. yevro

Ayni pallada Gvardiol «novvoslar»ning eng qimmat sotuvi maqomida. O‘zining nimalarga qodir ekanligini namoyish etish uchun xorvatlar o‘g‘loniga 2 yil etarli bo‘ldi. Zagrebning «Dinamo»sidan 36,8 mln.ga xarid qilingan futbochi 50 mln.dan ko‘proq foyda keltirdi. Hozirda Yoshko - dunyodagi eng qimmatbaho himoyachi. Endi jamoatchilik Xosepning familiyadoshidan yanada yorqinroq o‘yinlarni kutmoqda. 21 yoshli iqtidor esa o‘tgan mavsumda treblga erishgan jamoaning qayd etilajak muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shishiga shubha yo‘q.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:37, 19.09.2023. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик