Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1861 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mehdi Rahmatiy: “Navbahor” tarkibida jismoniy jihatdan baquvvat futbolchilar bor”

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Intervyular
A A A

Osiyo Chempionlar ligasi “D” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Nassaji Mazandaran” o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Rahmatiy va tajribali himoyachi Said Beygi ishtirok etishdi.

OAV xodimlarining savollariga javob berishdan oldin “Nassaji Mazandaran” ustozi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mehdi Rahmatiy: — Barchaga assalomu alaykum! Ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va yaxshi o‘yin namoyish etishga umid qilgan holda, Namanganga tashrif buyurdik. Bo‘lajak raqibimiz “Navbahor” haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, jamoa tarkibida jismoniy jihatdan baquvvat futbolchilar bor. Mezbonlar OCHLning avvalgi 2 ta bahsida yaxshi natijalar qayd etgan holda, ayni paytda 4 ochkoga ega bo‘lib turganligi ham “Navbahor”ning qanday kuchga ega ekanligini aytib turibdi. Bo‘lajak bellashuvning qiyin kechishi oldindan ma’lum. Shunday bo‘lsada, ertangi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda keldik hamda bo‘lajak bellashuvning shunday tarzda kechishiga tayyormiz va muxlislarimiz kutgan o‘yinni namoyish etish, ularni xursand etib, g‘alaba qozonish umidida bu yerga tashrif buyurganmiz.

O‘z jamoamiz borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, “Nassaji   Mazanadaran” ham ham kuchli hamda yaxshi shakllangan jamoa va biz buni OCHL guruh bosqichining oldingi 2 ta o‘yini, ya’ni, “Mumbay Siti” hamda “Al-Hilol”ga qarshi kechgan bahslarda isbotlashga intildik. Agar o‘sha o‘yinlardan birida jamoamiz tomonidan urilgan toza gol inobatga olinganida, bellashuv umuman boshqacha kechgan bo‘lardi. Shunday bo‘lsada, “Nassaji Mazandaran”ni kuchli jamoa deb hisoblayman.

— Namanganning ob-havosiga moslasha oldinglarmi? Jamoada yo‘qotishlar yo‘qmi? Eron chempionatining so‘nggi 2 ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchradinglar. Shu bois, bo‘lajak bahs oldidan futbolchilarning kayfiyatlari qanday? OCHLning oldingi 2 ta uchrashuvida himoyaviy o‘yin namoyish etdinglar. Bu jamoaning falsafasimi?

Mehdi Rahmatiy: — Namangandagi ayni paytdagi ob-havo xuddi Eronning hozirgi havosiga o‘xshash. Bu tomondan hech qanday tashvish yo‘q.

Endi bahslar borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Eron chempionati va OCHLdagi o‘yinlar darajasi har xil hamda ular bir-biridan judayam farq qiladi. Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, milliy chempionatimizda endigina 6 yoki 7 ta tur bahslari o‘tkazildi. O‘zbekistonda esa adashmasam, 22 yoki 23 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Shuning uchun jamoalarning ayni paytdagi  holati har xil. “Nassaji” ham Eron chempionatining  22,23-turlariga kelib, xuddi “Navbahor” singari holatda bo‘ladi.

Endi natijalarga keladigan bo‘lsak, jamoamiz tarkibiga ko‘plab yosh o‘yinchilar qo‘shilgan. Shuning uchun bellashuvlar ham boshqacha tus olyapti.

O‘yinimiz falsafasiga keladigan bo‘lsak, ertangi bahsdan keyin jamoamiz himoyaviy o‘yin namoyish etadimi yoki hujumkormi, buni bilib olishingiz mumkin.

— “Navbahor” safarda “Al-Hilol”ga qarshi kechgan bahsda ham himoyaviy o‘yin ko‘rsatib, natijaga erishdi. Ushbu raqibga nisbatan qanday reja tuzgansizlar?

Mehdi Rahmatiy: — Himoyaviy va hujumkor uslublar bir-biridan farq qiladi. Bu raqibning kuchidan kelib chiqib, tanlanadi. Misol uchun, “Navbahor” “Al-Hilol”ga qarshi himoyaviy o‘yin namoyish etib, ko‘plab  imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, bo‘lajak raqibimiz “Mumbay Siti” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsada, o‘sha bahsda hujumkor o‘yin namoyish etdi, deya olmayman. Jamoamizning qanday o‘ynashiga esa ertangi bahsda guvoh bo‘lasizlar.

— “Al-Hilol”ga qarshi kechgan bahsda, ijobiy natijaga erisha olmadinglar. Shundan kelib chiqib, bo‘lajak bellashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rdinglar?

Said Beygi: — Ertangi o‘yinga yaxshi reja tuzib, keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun biroz imkoniyat bor va ertaga yaxshi o‘yin namoyish etamiz, deb ishonaman.

— O‘zbek futboli bilan qanchalik tanishsizlar?

Said Beygi: — Eron olimpiya hamda milliy terma jamoalari tarkibida O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi ko‘p marotaba maydonga tushganman.  

So‘nggi 15 yilni oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda futbol juda rivojlandi. Infratuzilmada ham o‘zgarishlar yuz berdi.

O‘zbekiston termasining so‘nggi o‘yinlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘zbek futboli oxirgi  yillarda judayam rivojlandi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:14, 23.10.2023. O'qildi: 2995 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик