Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Yozgi transferlar oynasidan keyin narxi eng qimmatlashgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya Premyer-ligasining eng qimmatlashgan futbolchilari nomi e’lon qilindi. Odatda, yangi sotib olingan futbolchilar o‘zi bilan noma’lumlik olib keladi. Shu sababli, hech bir transferning omadli bo‘lishiga kafolat yo‘q. So‘nggi olingan ma’lumotlarga asoslanib, xarid qilingan futbolchilarning eng qimmatlashganlari ro‘yxatini tuzdik. Undan sobiq "MYU" va "Chelsi" futbolchilar joy olganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Kuchli o‘nlikning o‘ninchi pog‘onasidan Antoni Elanga joy oldi. U "Nottingem Forest"ga ko‘chib o‘tganidan beri narxi oshdi. 21 yoshli hujumchi yozda "MYU"dan 15.2 million funtga xarid qilingan edi. U APLning 11 turida 1 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Shu sababli uning qiymatiga 3 foiz qo‘shildi va narxi 15.6 million funtga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinda sobiq "Arsenal" yulduzi Aleks Ivobi keladi. Yozda u 22.3 million evaziga "Fulxem"ga ko‘chib o‘tgandi. Ayni damda Ivobining narxi 9 foizga oshib, 24.3 million funtni tashkil qilmoqda.
"Bornmut" vakili Jastin Klyuvert navbatdagi pog‘onadan joy oldi. U 25 foiz o‘sishga erishib, o‘z narxini 9.7 milliondan 12.1 millionga ko‘tarib olgan. "Byornli" yulduzi Maykl Obafemi ham bu borada yaxshigina o‘sish ko‘rsata oldi. 23 yoshli futbolchi 25 foizga qimmatlagan.

"Chelsi"ning yirik xaridlaridan biri bo‘lgan Kristofer Nkunku kutilmaganda narx borasida o‘sishga erishdi. Garchand bu mavsumda jarohatlari sababli maydonga tushmayotgan bo‘lsada, 33 foizga qimmatlashdi. U uchun "Chelsi" 52 million to‘lagandi. Hozir esa Fransiya terma jamoasi a’zosi 69.4 million funtga baholanmoqda. "Luton Taun" yarim himoyachisi Jeykob Braun keyingi futbolchi. U yozda "Stok Siti"dan 2.5 million funtga xarid qilingan. 25 yoshli futbolchi 38 foiz o‘sishga erishib, 3.4 millionga baholanmoqda.
Meddisonni keyingi pog‘onada ko‘rasiz. U "Lester"dan 40.1 million funtga xarid qilingan edi. Ayni damda Angliya terma jamoasi a’zosining narxi 60.7 million va bu 51 foizlik o‘sishni anglatadi.

Ro‘yxatdan "Tottenxem"ning yana bir yulduzi joy olgan. Deyan Kulusevski yozda 26 million funtga olib kelingan edi. Ammo hozirda shvesiyalik hujumchi 43.4 million funtga baholanmoqda. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida "Byornli" yarim himoyachisi Luka Koleoshoni ko‘rishingiz mumkin. U 2.6 million funtga sotib olingandi. Ikki oy ichida Lukaning narxi 100 foizga o‘sib, 5.2 million funtga yetdi.
Birinchilik "Chelsi"ning sobiq futbolchisiga nasib etdi. Kallum Xadson-Odoi "Nottingem"ga atigi 3 million funtga sotilgandi. Ammo yarim himoyachi o‘ziga past baho berilganini isbotladi. 24 yoshli futbolchi 243 foizga qimmatlab, hozirda 10.4 million funtga narxlanyapti. Kallum "Chelsi"da uzoq yillar og‘ir davrlarni boshidan o‘tkazganini hisobga olsak, bu narsa u uchun katta mukofot bo‘ldi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:58, 10.11.2023. O'qildi: 2610 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик