Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denis Zakariya: «Monako» - ayni men izlagan jamoa»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Shveysariyalik yarim himoyachi Denis Zakariya 2022 yili Menxengladbax «Borussiya»sidan ketgach, «Yuventus» va «Chelsi» klublarida qisqa, muvaffaqiyatsiz faoliyat olib bordi.

 Joriy mavsum arafasida esa «Monako» safidan qo‘nim topdi va aytish mumkinki, allaqachon Adi Xyutter jamoasining ajralmas murvatiga aylandi. Raqamlarda aytsak, Denis hozirga qadar knyazlik klubining 11ta o‘yini (906 daqiqa va 1 gol)da qatnashdi. Futbolchi yaqinda Monegask jamoasi rasmiy saytiga bergan intervyusida ham xursandligini yashirmadi: «Asosiysi, «Monako» tarkibida o‘z o‘rnimni tezda topdim». Aytgancha, Zakariya yangi jamoadagi debyut golini «Lui II» stadionida «Brest»ga qarshi kechgan o‘yin (2:0)da nishonladi.

- Denis, ayni payt «Monako»da bir necha yillardan buyon to‘p surayotgandek taassurot uyg‘otyapsiz. «Qizil-oqlar» safidagi dastlabki oylar siz uchun qanday o‘tdi?

- Jamoada meni juda iliq kutib olishdi, yigitlar va murabbiylar munosabati zo‘r. Qisqa vaqtda «Monako» ajo­yib klub ekanligini tushundim va hozirda o‘zimni a’lo darajada his qilyapman. Xullas, atrofimdagi muhit klubga tezda moslashishimni osonlashtirdi. 

- O‘zi Adi Xyutter qo‘l ostida uchinchi davrni boshdan o‘tkazyapsiz. Bu mutaxassisning boshqalardan ajratib turadigan alohida xususiyatlari ham bormi?

- Avvalo, aytishim kerak, menga professional futbol eshiklarini aynan Xyutter ochgan. Qolaversa, nimalarga qodirligimni juda yaxshi biladi. O‘z navbatida, Adi futbolchilardan avvalo, nimalar talab qilishidan xabardorman. Uning o‘yin falsafasi esa bir vaqtning o‘zida ham tajovuzkor, ham hujumkor va dinamik. Tabiatan harakatchan o‘yinga moyilman va Xyutter yo‘lga qo‘ygan futbolda yayrayapman! Ehtimolki, qarashlarning uyg‘unligi ortidan ham «Monako»da qisqa vaqt ichida o‘z salohiyatimni qayta ko‘rsatishga tushdim. Takrorlayman, hozir «qizil-oqlar» safida, ayniqsa, Adi Xyutter qo‘l ostida o‘ynayotganimdan baxtiyorman.

- Xo‘sh, Xyutter futbolchilar bilan qanday munosabat o‘rnatadi?

- O‘zini barchaga yaqin oladi, o‘zaro munosabatlarimiz juda iliq. Adini katta yurakka ega murabbiy sifatida maqtash mumkin, u shuning barobarida intizom masalasiga yengil qaramaydi aslo. Asosiysi, qattiqqo‘llik va mehribonlik me’yorini unutmaydi. Shaxsiy fikrimcha, jamoada uning uchun eng muhimi - futbolchilar bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolish.

- Tarixga nazar solsak, «Yang Boyz» libosidagi deb­yutingiz aynan «Monako»ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri kelgan. O‘sha uchrashuvni eslaysizmi?

- Ha, albatta. O‘shanda mag‘lubiyatga uchragandik (CHL-2015|2016 mavsumi dastlabki saralash o‘yini - 1:3), lekin bunaqasini unutish mumkin emas. Butun vaqt davomida rosa qiynalganimiz ham esiml­da, zero, «Monako» o‘ta kuchli tarkibga ega edi.

- Endi esa o‘zingiz «Monako» sharafini himoya qilyapsiz. Jamoaga kelishdan oldin nimalar kutgandingiz va amalda nimalarni ko‘rdingiz?

- Hammasi ajoyib! Aytganimdek, bizda ham sport, ham muhit nuqtai nazaridan ajo­yib jamoa bor. Yana tarkibda iste’dodli futbolchilar ko‘p, ayniqsa, yoshlar orasida. Oddiy ifoda etganda, bugungi «Monako»da muvozanat mujassam. To‘g‘ri, har bir o‘yinda konsentrasiyani yuqori darajada ushlab turishimiz va natija uchun bor kuch bilan kurashishda davom etishimiz kerak.

- Mana, «Brest» bilan o‘yinda jamoadagi gollaringiz hisobini ham ochdingiz...

- Tushunarliki, gol har qanday futbolchiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, unga dadillik beradi. Shunday ekan, «Monako» libosida raqib darvozasini nishonga olganim ayni muddao bo‘ldi. Umid qilamanki, bu oxirgisi emas - mahsuldorlikni sekin-asta oshirib boraman. Muxlislarni ishontirib aytamanki, jamoaga imkon boricha ko‘proq naf keltirish yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga solaman.

- E’tiborli tomoni, birinchi golni «Lui II»ga yig‘ilgan muxlislar bilan birga nishonladingiz...

- Ha, bu aql bovar qilmas onlar sifatida miyamga muhrlandi. Muxlislar «Lui II» stadionida bizni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar, ular jamoani aslo yolg‘izlatib qo‘ymaydilar. Umid shuki, ular bizni qo‘llashdan sira charchamaydilar va o‘z navbatida, ishonchni oqlash uchun o‘yindan o‘yinga harakatni kuchaytirib boramiz.

- Aytish mumkinki, muxlislar stadionga go‘zal futboldan bahra olish uchun talpinishadi...

- Shubhasiz shunday. Ochig‘i, muxlislar sust o‘ynaydigan jamoani qanday yoqtirishlarini bilmayman... Umuman, shaxsiy fikrimcha, ular avvalo, sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishadi. Agar jamoa chiroyli futbol ko‘rsatsa va ko‘p gol ursa, muxlislar chinakamiga rohatlanishadi va bu ularning missiyalarini ham osonlashtiradi.

- «Monako» uchun birinchi golni «ikkinchi qavat»dagi kurashda ustunlik qilish asnosida urdingiz. Murabbiy esa bu masalada siz bilan alohida hazillashdi.

- Ha, ozgina. Chindan ham, bo‘yim ancha baland, lekin bosh bilan o‘ynash borasida uncha maqtanolmayman. Shu ma’noda «Monako»dagi birinchi golni bosh bilan zarba evaziga urganimdan ikki hissa quvondim. Aslida Xyutter qo‘l ostida oldin ham bosh bilan bir necha marta gol urganman. Shuning uchun uning meni nega tepganini tushunolmadim. Jiddiy gapirsam, jamoaga yanada ko‘proq foyda keltirish uchun bu jihatni yaxshilashim zarur. Albatta, mavsum davomida bosh bilan yana qator gollar urishdan umidvorman.

- Bilishimizcha, yoshligingizda hujumchi rolida maydonga tushgansiz, shundaymi?

- Ha. Adashmasam, 16 yoshgacha hujumda o‘ynaganman va tez-tez gol ham urardim. Keyinchalik jamoamizda murabbiy o‘zgardi va u meni himoyaga surib tashladi (kuladi). Ochig‘i, bu o‘zgarish men uchun jiddiy zarba bo‘lgandi. Muhimi, yangi ampluaga tez moslashdim. Oradan ko‘p o‘tmay, murabbiy yana almashdi va qanotga ko‘chishimga to‘g‘ri keldi. Ammo himoyada o‘ynasam, jamoaga ko‘proq nafim tegishi mumkinligini tushundim, shuning uchun bu borada murabbiy bilan alohida gaplashdim. Yakunda u meni yarim himoya markaziga qo‘ya boshladi. Shu-shu o‘zim uchun eng munosib pozisiyani topdim. Zero, yarim himoyada hammasini birlashtirish imkoni bor - himoyaga qarashaman va gohida hujumga ham qo‘shilaman.

- Asosan qaysi yarim himoyachilar o‘yinidan ilhomlanasiz?

- O‘tmishda Patrik Viyeyra men uchun markaziy hududning benazir ijrochisi sanalgan. Menimcha, ikkimizda o‘xshash jihatlar juda ko‘p, bo‘yimiz ham deyarli bir xil. Qisqasi, Viyeyraga haqiqiy ilhom manbai sifatida qaraganman. Vaqtida «Monako» sharafini himoya qilgan Yaya Ture haqida ham xuddi shu gaplarni aytishim mumkin.

- Bugungi kungacha faoliyatinizda ro‘y bergan eng esda qolarli voqelikni bayon eta olasizmi?

- Birinchi navbatda, klub va terma jamoadagi debyut o‘yinlarimni tilga olaman! Har ikki holat futboldagi hayotimda alohida lahza sanaladi. Tushunarliki, birinchi uchrashuvda ma’lum darajada hayajonlanasiz, tanangizda o‘zgacha to‘lqinlanishni sezasiz. Xullas, har ikki darajadagi debyut alohida ahamiyat kasb etadi men uchun.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 06.12.2023. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.