Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real» murabbiyi kosmos sari...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real»ning fitnes-murabbiyi NASA tadqiqot markazi bilan hamkorlikda ish boshlamoqda.

Endilikda uning mashg‘ulot o‘tash usullaridan kosmonavtlarni tayyorlashda ham foydalanishadi. Ha, gap jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashhur mutaxassis Antonio Pintus haqida ketmoqda. Relevo xabariga qaraganda, «Real» futbolchilarini og‘ir mashg‘ulotlar orqali tonusda ushlab turishi bilan tanilgan murabbiy yaqinda NASA tashkilotining Xyustonda joylashgan shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi.

Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik «berahm» murabbiydan astronavtlarni kosmik missiya­ga yaxshiroq tayyorlashda yaqindan yordam berish so‘ralgan. Pintus endi kosmik agentlik bilan ma’lumotlar va tajriba almashib ishlaydi. Oddiy aytganda, NASA mutaxassislari Pintus «Madrid»da yo‘lga qo‘ygan ba’zi texnik mashg‘ulotlarni kosmonavtlarni tayyorlash jarayonida sinab ko‘rmoqchilar. O‘z navbatida, murabbiy NASA agentligida mavjud usullarni yaqindan o‘rganib chiqdi va kelajakda ulardan ayrimlarini «Real Madrid» hayotiga olib kirish niyatida.

Ta’kidlanishicha, NASA rahbariyati 61 yoshli mutaxassis bilan ilk marta yozda aloqa bog‘lagan. Pintus o‘shanda «Madrid» bilan AQSH turnesiga chiqqan edi. Italiyalik murabbiy ilg‘or mashg‘ulotlar to‘plamini yo‘lga qo‘ygani bilan dunyo miqyosida e’tirofga erishganini alohida aytish kerak. Misol uchun, u futbolchilarda chidamlilikni oshirish uchun ularni maxsus nafas olish niqobida shug‘ullantiradi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 09.12.2023. O'qildi: 4132 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик