Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Haftaning asosiy transfer yangiliklari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qishki transfer oynasi yaqinlashar ekan, jahon futbol bozoridan qiziqarli ma’lumotlar ko‘paymoqda. Deyarli hamma o‘z tarkibini, jumladan, Yevropaning top-klublarini kuchaytirishga tayyor. O‘tgan haftaning asosiy yangiliklari haqida gaplashamiz.

"Chelsi" bir nechta futbolchidan qutulmoqchi

"Chelsi" asta-sekin tarkibini qisqartirib, inqirozdan chiqish yo‘lini qidirmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, London klubi qishki mavsumda himoyachilar Aksel Disasi va Mark Kukurelya hamda yarim himoyachi Konor Gallaxerni sotuvga qo‘yadi. Maqsad - o‘zining transfer byudjetini oshirish. Shu bilan birga, ESPN xabariga ko‘ra, “Chelsi” yana uch futbolchi – Noni Maduyeke, Yan Masen va Trevo Chaloba bilan xayrlashishga tayyor. London klubi tushumga yangi hujumchi sotib olishga umid qilmoqda.

“PSJ” Kazemironi “Manchester Yunayted”dan sotib olmoqchi

"Manchester Yunayted" Kazemironi sotishga tayyor, "PSJ" esa yarim himoyachini sotib olishga. Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berishicha, braziliyalik futbolchining o‘zi Parijga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Manbaga ko‘ra, Kazemironing ingliz klubini tark etishiga jamoaning Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmagani va “PSJ” unga yuqori maosh taklif qila olgani sabab bo‘lishi mumkin. Kelishuvning mumkin bo‘lgan summasi e’lon qilinmagan, ammo "Manchester Yunayted" Kazemironi 2022 yilning yozida "Real"dan 70,6 million yevroga sotib olgan edi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 4+1 ko‘rsatkichiga ega.

Van de Bekni Frankfurtning "Ayntraxt"i, Sanchoni esa "Barselona" oladimi?

Qish mavsumida yarim himoyachi Donni van de Bek va qanot yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning “Manchester Yunayted”ni tark etishi ehtimoli katta. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, van de Bek 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha Frankfurtning "Ayntraxt"iga ijaraga beriladi. Nemis klubi ixtiyoriy ravishda yarim himoyachini bonuslar bilan birga 15 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Murabbiy Erik ten Xag bilan ziddiyatda bo‘lgan Sancho esa Rafinya evaziga "Barselona"ga taklif qilingan.

“Bavariya” ispan futbolchisiga qiziqyapti

"Real Sosedad"ning yarim himoyachisi Martin Subimendiga top-klublar orasida talab yuqoriligicha qolmoqda. Bild xabariga ko‘ra, "Bavariya" futbolchiga jiddiy da’vo qilmoqda. Myunxen klubi Subimendini yozgi mavsumda nemis klubini tark etishi mumkin bo‘lgan Joshua Kimmixga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Baskning transferi Tomas Tuxelning shaxsiy tashabbusi, bu futbolchi murabbiyga yoqadi. Joriy mavsumda 24 yoshli yarim himoyachi 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" transfer tayyorlamoqda

"Red Bull Salsburg" hujumkor yarim himoyachisi Oskar Glyuch "Barselona"ning transfer maqsadi hisoblanadi. Insayder Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya klubi 19 yoshli rus millatiga mansub futbolchini qish mavsumidayoq sotib olishga harakat qiladi. Manbaga ko‘ra, iqtidorli yarim himoyachi uchun "Arsenal", "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Joriy mavsumda Glux 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning taxminiy narxi hozircha atigi 15 million yevroni tashkil etadi.

"Manchester Siti" futbolchisi Turinga ko‘chib o‘tadi

"Yuventus" "Manchester Siti" bilan himoyachi Kalvin Fillipsning transferi borasida faol muzokaralar olib bormoqda. Tuttomercatoweb sayti xabariga ko‘ra, Turin klubi 28 yoshli futbolchining o‘zi va uning vakillari bilan kelishuvga yaqin turibdi. Angliya chempioni bosh murabbiyi Pep Gvardiola bir yarim yil avval “Lids”dan 49 million yevroga sotib olingan Fillipsga ishonmasligini ma’lum qildi va bu kelishuvning amalga oshishi ehtimolini oshiradi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 9ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

"Bayer" hujumchisiga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda

Germaniya chempionatida barchani lol qoldirayotgan va hali birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan “Bayer” qimmatli hujumchisidan ayrilishi mumkin. Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Dushan Vlahovichni sotish ehtimoli bo‘lgan taqdirda "Yuventus" serbiyalik futbolchini Leverkuzen futbolchisi Viktor Bonifasga almashtiradi. 22 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi borasidagi muzokaralar tafsilotlari noma’lum. Bonifasining taxminiy narxi 40 million yevro. Joriy mavsumda Viktor barcha turnirlarda 21ta o‘yin o‘tkazib, 14ta gol va 7ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Leverkuzenlik himoyachi uchun to‘rtta klub da’vogarlik qilmoqda

“Bayer”ning kutilayotgan yo‘qotishlar ro‘yxati Bonifase bilan tugamaydi. Leverkuzen klubidan Pyero Inkapyeni birdaniga to‘rtta yirik klub sotib olmoqchi. Kristian Falk xabariga ko‘ra, 21 yoshli ekvadorlik uchun kurashga "Liverpul", "Nyukasl", "Milan" va "Roma" qo‘shilgan. Markaziy himoyachining shartnomasida tovon puli 70 million yevro qilib belgilangan. Inkapye joriy mavsumda 16ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:13, 18.12.2023. O'qildi: 4899 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.