«Palmeyras»ning 16 yoshli futbolchisiga «Barsa», «PSJ», «MYU», «Siti» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda
«Palmeyras»ning 16 yoshli futbolchisiga «Barsa», «PSJ», «MYU», «Siti» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.
Braziliyaning «Palmeyras» klubi 16 yoshli hujumchisi Estevan «Barselone», «PSJ» va APLning top-klublari qiziqish doirasiga tushgan.
Futbolchining o‘zi «Barsa»ga o‘tishni istamoqda, ammo kataloniyaliklar bu ishni ortga surishmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"dagi moliyaviy muammolar tufayli o‘yinchini Yevropaning boshqa jamoalari qo‘lga kiritishi mumkin.
"Kichik Messi" laqabini olgan futbolchini «PSJ», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari kuzatib borishmoqda.
Estevan avvalroq «Barselona»da o‘ynashni orzu qilishini aytib o‘tgandi. 16 yoshli futbolchining shartnomasi tovon puli 60 million yevro etib belgilangan
Estevan «Palmeyras»ning asosiy jamoasida debyut qilishga ulgurdi. U Braziliya U17 terma jamoasi safida Indoneziyadagi JCHda 5 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.
Estevan 18 yoshga to‘lmaguncha Yevropaga kela olmaydi. «Palmeyras» esa uning transfer huquqini sotib, futbolchi 18ga kirguncha o‘zida olib qolmoqda.
Oktyabr oyida Estevanning otasi Manchester («Man Siti»), London («Chelsi»), Parij («PSJ») va Barselona shaharlarida bo‘ldi. U ham o‘g‘lining «Barsa»ga o‘tishini istamoqda.