Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zgarish vaqti: yanvarda klubini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha kundan keyin qishki transfer oynasi ochiladi. Klublar bir oy davomida tarkibni kuchaytirish ustida ishlashlari mumkin. Odatda yanvar oyida katta bitimlar tuzilmaydi, lekin ba’zi o‘yinchilar o‘zgarishlarga muhtoj. Keling, yanvar oyida klubini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.

Donni van de Bek (“Manchester Yunayted”)

Van de Bekning "Manchester Yunayted"dagi butun davri falokatli o‘tdi. Donni 2020 yilda "Ayaks"dan 39 million yevro evaziga mankunianliklar safiga o‘tgan edi. O‘shandan beri u "Yunayted" safida bor-yo‘g‘i 62 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Everton”dagi ijara ham futbolchiga yordam bermadi. 26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Liga kubogida atigi 21 daqiqa, Premer-ligada esa bir daqiqa o‘ynadi. Mish-mishlarga ko‘ra, van de Bek "Ayntraxt"ga ijara asosida o‘tadi, ammo bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Kalvin Fillips ("Manchester Siti")

Fillips “Manchester Siti” bilan treblni qo‘lga kiritdi, shuning uchun uning Pep Gvardiola jamoasiga o‘tishini muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Ammo o‘yin vaqtiga kelsak, hammasi juda yomon. Kalvin endi "Etihad"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda va u uchun vaziyat unchalik o‘zgarmadi. Oxirgi mavsumda u har bir o‘yinda o‘rtacha 24 daqiqani maydonda o‘tkazgan bo‘lsa, hozirgisida - 22. Bundan tashqari, joriy mavsumda u atigi 4 marta maydonga tushdi. "Manchester Siti" Fillips uchun "Lids"ga deyarli 50 million yevro to‘lagan, ammo futbolchi "Etihad"da chuqur zaxirada. Biror narsani o‘zgartirish vaqti keldi. 28 yoshli yarim himoyachi yanvarda “shaharliklar”ni tark etishi ehtimoli yuqori. Unga "Yuventus", "Nyukasl", "Everton" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.

Ivan Touni ("Brentford")

Touni bir necha oydan beri ingliz top-klublari bilan faol aloqada. “Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank klub futbolchini yanvar oyidayoq sotishi mumkinligini tasdiqlaganidan keyin mish-mishlar kuchaydi. “Arsenal” va “Chelsi” 27 yoshli hujumchi uchun asosiy da’vogarlar. U o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 20 ta gol urib, katta klublar e’tiborini tortdi.

Timo Verner (“RB Leypsig”)

Verner "Chelsi"da yaxshi davrni o‘tkazmadi, Premyer-ligada 2 mavsum davomida atigi 10 ta gol urdi. 2022 yilning yozida Timo “RB Leypsig”ga qaytdi, u avvalroq Bundesligada 20+ gol urgan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi Bundesligada 9 ta golurdi. Nemis futbolchisi yana "Leypsig"dan ketish niyatida. Bosh murabbiy Marko Rouz futbolchiga tanlash huquqini berdi. Mish-mishlarga ko‘ra, unga "Manchester Yunayted" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.

Oriol Romeu (“Barselona”)

O‘tgan yozda "Barselona" Romeuni "Jirona"dan 3,4 million yevro evaziga sotib olgandi. Bu transfer dastlab shubhali ko‘rindi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu qo‘rquvlar tasdiqlana boshladi. Ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubida asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq sentyabr oyi oxiridan beri u kamroq o‘yin o‘tkaza boshladi. "Almeriya"ga qarshi o‘yinda 32 yoshli yarim himoyachi 23 daqiqa harakat qilgan, bungacha esa ketma-ket 3 uchrashuvni zaxirada o‘tkazgan. Jamoa Romeuga ortiqcha umid qilmayotgani aniq bo‘ldi. Shu bilan birga, "Jirona" futbolchini o‘z safiga qaytarish istagi borligini ma’lum qildi. Mavsumning faqat yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, balki "Barselona" “oq-qizillar” bilan yana bir kelishuv haqida o‘ylashi kerak.

Doniell Malen (“Borussiya D”)

Dekabr oyida Malen "Borussiya"ni tark etmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Uning yanvar oyidayoq ketishi istisno etilmadi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hattoki, “Manchester Yunayted” “bamblar”ga Jeydon Sanchoni niderlandiyalik futbolchiga almashtirishni taklif qilgani xabar qilingandi. Keyinroq nemis klubi sport direktori Sebastyan Kel “Borussiya” Sanchoni qaytarish haqida o‘ylamayotganini aytdi.

Karlos Soler (“PSJ”)

Fransiya OAVlarining yozishicha, “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Soler bilan hisoblashmayapti. Bu Karlosning o‘yin vaqtida ham seziladi. Chempionlar ligasi guruh bosqichida 26 yoshli yarim himoyachi atigi 1 daqiqa o‘ynadi. Liga 1da esa u har bir uchrashuvga o‘rtacha 34 daqiqani maydonda o‘tkazadi, bu uning faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkichdir. Ispaniyalik futbolchi yanvarda parijliklarni tark etishi ehtimoli bor. "Brayton", "Aston Villa" va bir qancha ispan klublari uni o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda, jumladan, "Valensiya" ham.

Kiritildi: 12:14, 31.12.2023. O'qildi: 3701 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик